Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:22

Qirg‘iziston kinolardagi “o‘pishish”ni nazoratga olmoqchi


Estoniyada o‘tgan qirg‘iz kinosi haftaligi afishasi.
Estoniyada o‘tgan qirg‘iz kinosi haftaligi afishasi.

Qirg‘iziston parlamentida kinofilmlardagi ahloqsiz holatlar, pornografik lavhalarni aniqlash va ta‘qiqlash bo‘yicha ekspertlar guruhi tashkil etishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi tomonidan parlamentga taqdim etilgan qonun loyihasida ekspertlar guruhiga kinofilmlardagi ahloqsiz va pornografik lavhalarnita‘qiqlash huquqi beriladi.

Madaniyat vaziri Altinbek Maksutov qonun parlament tomonidan tasdiqlansa, har bir film namoyish etilishidan oldin ekspertlar guruhi elagidan o‘tkazilishini aytdi:

-Har bir film davlat nazoratida bo‘lishi kerak. Asarni baholaydigan ekspertlar bu ishni amalga oshiradi. Ayniqsa, ko‘chada sotilayotgan disklarni qattiq nazorat qilish kerak. Chunki pornografiya o‘smirlar ongiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmoqda, -dedi vazir.

Bundan tashqari maxsus ekspertlar guruhi mamlakatda suratga olinayotgan yangi filmlarda ham er va ayol munosabatlari to‘g‘risidagi har bir kadrni nazorat qilishi qayd etilgan.

Ayni paytda Qirg‘izistonda pornografik mahsulotlarga cheklov mavjud emas. Mutaxasislar buning oqibatida qirg‘iz internet tarmog‘ida parnografik video va audioyozuvlar, filmlar, suratlar ko‘payib ketganini aytmoqda. Buning ustiga Qirg‘iziston shaharlarida 1 dollarga yetmagan narhda pornografik kinolarni sotib olish imkoniyatlari mavjud.

Biroq qirg‘izistonlik kinochilar Madaniyat vazirligining filmlarni nazoratga olish tashabbusini tsenzura sifatida baholab, bu g‘oyaga qarshi chiqmoqdalar.

Taniqli kinorejsissyor Temir Birnazarov hukumat kinolarni nazoratga olish o‘rniga, foxishalarni tugatish bilan shug‘ullansin, deb fikr bildirdi.

-Qonunni qabul qilishdan oldin ko‘chadagi pornografiyani yo‘q qilish kerak. Qizlar ko‘chada ochiqdan-ochiq badanini sotmoqda. Bu pornografiya bo‘lmay nima? Hozir savdogarlar non sotsa ham qizlarning yalong‘och suratini yopishtirib sotayapti. Bu bir tovar belgisiga aylandi. Kinoni nazorat qilguncha, mana shularni yo‘q qilsin, -dedi Temir Birnazarov.

Qizig‘i shundaki, Qirg‘iziston parlamentida pornografiya va ahloqsiz filmlarga qarshi kurash tashabbusi bir necha marta ko‘tarilgan, ammo bu urunishlarning barchasi samarasiz yakunlangan edi. Qirg‘iziston militsiyasi ham ahloqsiz filmlarga qarshi kurashni boshlagan va mag‘lub bo‘lgan.

Mutaxasislar Qirg‘izistonning o‘zida suratga olingan va jahon kinofestivallarida ko‘plab sovrinlarga ega bo‘lgan mashhur “Maymun”, “Svet aka”, “Bo‘m-bo‘sh uy” kabi filmlarni ham oilaviy bo‘lib ko‘rmaslikni tavsiya qiladilar. Mazkur filmlarda er va ayol o‘rtasidagi jinsiy aloqlar ochiq oydin namoyish etilgan.

XS
SM
MD
LG