Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:22

Toshkent byudjetining 70 foizi ijtimoiy-madaniy tadbirlarga sarflanadi


O‘zbekistonda birinchi marta poytaxt Toshkent byudjeti parametrlari e’lon qilindi. Toshkent shahar hokimiyati tomonidan tasdiqlangan byudjetning kirim va chiqim qismlari teng ravishda 1 trillion 803 milliard 663 million so‘mdan ko‘proqni tashkil qiladi. Byudjetning chiqim qismi harajatlarining 70 foizi ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan.

Boshqaruv idoralariga 37 milliard, kambag‘alga 3 milliard

2016 yil byudjeti parametrlari Toshkent shahar hokimiyatining rasmiy saytida e’lon qilindi.Mazkur byudjet 25 dekabr kuni Toshkent shahar deputatlar kengashi tomonidan qabul qilingan va 30 dekabrda hokim tomonidan tasdiqlangan.

Hujjatda qayd etilishicha, Toshkent shahar byudjetining kirim qismi 1 trillion 803 milliard 663 million 725 ming so‘m miqdorida belgilangan. Chiqimlar ham ayni mana shu raqamni tashkil etadi.

Hujjatga asosan, Toshkent shahar byudjetiga eng ko‘p mablag‘ obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘idan tushadi. Bu soliq miqdori 472 milliard 68 million so‘mdan ko‘proqni tashkil qiladi.

Chiqimlarning asosiy qismini, ya’ni deyarli 70 foizini esa ijtimoiy-madaniy tadbirlar harajati tashkil etadi. Bu maqsad uchun byudjetdan 1 trillion 408 milliard 883 ming so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratilgan.

Qolgan 395 milliard so‘m esa boshqaruv idoralari, o‘z-o‘zini boshqarish idoralarini saqlash harajatlari, markazlashtirilgan invetstitsiya hamda bolali oilalarga va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalarni tashkil etadi. Masalan, boshqaruv va o‘z-o‘zini boshqaruv idoralariga 37 milliard so‘mdan ko‘proq, nafaqalarga esa 3 milliard 866 million so‘m ajratilgan. Byudjetning 118 milliard so‘mdan ko‘prog‘i markazlashtirilgan investitsiya harajatlaridir.

"Poytaxt byudjeti Toshkent hokimiyati vakolatlari naqadar tor ekanini anglatadi"

Toshkent byudjetining asosiy kirim qismi obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishdan olinadigan soliq ekaniga qaramay, bu soha uchun byudjetdan mablag‘ ajratilmagan.

O‘zbekiston hukumatiga qarashli moliya idoralaridan birida ishlovchi Ozodlik manbasi Toshkent shahar byudjeti parametrlarini sharhlar ekan, mazkur parametrlar shahar hokimiyatining vakolatlari naqadar tor ekanini anglatishini aytdi:

“Byudjet parametrlaridan kelib chiqib, Toshkent hokimiyatining vakolatlari asosan ijtimoiy-madaniy tadbirlar bilan cheklanib qolayotganini anglash mumkin. Bundan kelib chiqadiki, boshqa masalalar, ya’ni shahar infratuzilmasini rivojlantirish kabi muhim masalalar hamon markazning ixtiyorida qolmoqda. Ya’ni, masalan, bir yo‘lni ta’mirlash uchun ham markazning ruxsatini olish, markaziy hukumatdan bu ish uchun mablag‘ ajratishni iltimos qilish kerak bo‘ladi”, dedi Ozodlikning moliya idoralaridan biridagi manbasi.

Pul taqchilligi byudjet parametrlari yanada aniqlashtirilishini talab qiladi

Toshkent shahar hokmining byudjetni tasdiqlash to‘g‘risidagi 1156 - sonli qarorining 3 - bandida shahar Moliya boshqarmasiga byudjet mablag‘larini aniqlashtirish huquqi berilgan. "Poytaxt deputatlar kengashi tomonidan qabul qilingan va hokimiyat tomonidan tasdiqlangan byudjet parametrlarini aniqlashtirish huquqi moliya idorasiga byudjetni o‘zgartira olish huquqini bera oladimi?" degan savolimizga Ozodlik manbasi quyidagicha javob berdi:

“Aniqlashtirish byudjetni o‘zgartirish degani emas. Bu birinchi navbatda zarur bo‘lgan sohalarga pul ajratilsin, ikkinchi darajali narsalarga keyinroq pul berilsa bo‘laveradi, degan ma’noni beradi. Masalan, birinchi navbatda nafaqalar, oyliklar, pensiyalar kechiktirilmay berilishi zarur. Moliya boshqarmasi esa pul taqchilligi mavjud bo‘lgan paytda boshqa sohaga ajratilgan pulni berishni to‘xtatib turib, bu mablag‘ni oylik, nafaqa va pensiyalarga yo‘naltirishi mumkin”, dedi Ozodlik manbasi.

2015 yilda mamlakatda pul taqchilligi bois pensiya va oyliklar o‘z vaqtida berilmay qolgan vaqtlar ko‘p kuzatilgan. Pensionerlar va ishchi-xizmatchilar, o‘z haqlarini bir necha oylardan beri ololmayotganlari haqida Ozodlik radiosiga ko‘plab shikoyatlar qilgan edi. Rasmiylar bu holatlarni naqd pul yo‘qligi bilan izohlagan.

Toshkent byudjeti Respublika byudjetining taxminan 3 foiziga teng

O‘zbekistonda 2015 yilgacha byudjet aholiga faqat foiz hisobida oshkor etilar, byudjetning puldagi nisbati esa sir tutilar edi. O‘zbekiston hukumati birinchi marta 2015 yilda byudjetning pul hisobidagi rejasini e’lon qildi. Toshkent shahar byudjeti esa birinchi marta ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmoqda..

O‘zbekiston parlamenti daromad qismi 40,5 trillion so‘m (YaIMning 18,4 foizi darajasida), chiqim qismi 42,7 trillion so‘m (YaIMning 19,4 foizi darajasida) hisobida rejalangan 2016 yil byudjetini 3 dekabrьkuni tasdiqlagan edi.

Shendan kelib chiqilsa, Toshkent shahri byudjeti O‘zbekiston byudjetining taxminan 3 foiziga barobardir.

XS
SM
MD
LG