Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:23

"O‘ztransgaz aholiga berilishi kerak bo‘lgan gazni ohak sexlariga sotmoqda"


Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lgan Burgandi vodiysi hududidagi o‘nga yaqin qishloq aholisi gazsiz qolganidan shikoyat qilmoqda. Mahalliy aholi iddaosicha, o‘zbek gazchilari kelishib olgan holda aholi uchun beriladigan “zangori olov”ni ohak sexlariga sotmoqda.

Qadamjoy tumanining Burgandi vodiysida gazsiz qolgan xalqning soni 13 minga yaqin. Mahalliy turg‘un Abdumannop Tursumatov O‘zbekistondan olinadigan gazning asosiy qismini ohak kuydiruvchilari noqonuniy olib qo‘yayotgani sababli, mahalliy aholi gazsiz hayot kechirishga majbur bo‘lmoqda.

“Ilojsizlikdan o‘riklarni va boshqa daraxtlarni kesib, o‘tin qilib yoqamiz. Sababi gaz yo‘q. Gazning hammasini ohakchilar olib ko‘ydi. Odamlar necha marotaba ohak kuydirganlarning gazini qirqib tashladi, biroq oradan 2-3 kun o‘tgach qayta ishlayverishadi. Shunday qilib bizga gazni bermay qo‘yishdi”, – deydi Abdumannop Tursumatov.

Mahalliy aholiga ko‘ra, aholining gazsiz qolishiga ohak kuydiruvchilarning “O‘ztransgaz” shirkati xodimlari bilan o‘zaro kelishib, aholiga beriladigan gazni o‘zlariga burib olgani sabab bo‘lgan.

Qishloqning yana bir yashovchisi Abdukarim aka, ohak kuydirish tijorati izga solinsa, mahalliy aholi avvaldagiday tabiy gaz bilan ta’minlanadi, deb hisoblaydi:

“Oqturpoq qishlog‘idaggi barcha daraxtlar kesilib tugadi. Bu degani ekologik ofatga olib keladi. Qirg‘izistonda qachon tartib bo‘ladi, qachon xalq normal yashaydi. Qirg‘izlar qirg‘iz bo‘laylik-da endi, pul bilan hokimiyat quli bo‘lmay”,-deydi gazsiz qolgan oqturpoqliklardan biri Abdukarim aka.

Burgandi hududida O‘zbekiston sobiq Sovet Ittifoqi davridan buyon foydalanib kelayotgan gaz va neftь konlari bor. Uzoq yillardan buyon bu konlarni O‘zbekistondan Qirg‘izistonga o‘tkazish masalasi ko‘tarilib kelinadi.

Oqturpoq qishloq hukumati raisi o‘rinbosari Mamajunus Satibaldiev ta’kidicha, aholining gazsiz qolishiga hududdagi gaz ishxonalarining Qirg‘izistonga o‘tkazilmagani sabab bo‘lmoqda.

“Biz o‘zboshimchalik bilan gaz olayotgan ishxonalarni sudga ham berdik. Biroq hal bo‘lmadi. Sababi, hudud bizniki bo‘lgani bilan yer ostidagi gaz O‘zbekistonniki bo‘layapti. Ular O‘zbekiston bilan kelishib oladimi, qanday bo‘lsa ham ohak pishiraverishadi. Ular hech kimning gapiga kirishmaydi, ularga hech qanday chora ham ko‘rolmadik”, - deydi Mamajunus Satibaldiev.

Burgandi hududidagi neft quvirlari, yer ostidagi gaz saqlovchi quduqlarni ishlatish uchun o‘zbekistonliklar Qirg‘iziston hududiga o‘tib ishlashadi. Burgandida O‘zbekiston foydaplanayotgan gaz va neft konlari ming gektardan ko‘proq hududda joylashgan.

XS
SM
MD
LG