Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:34

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi "qora ro‘yxat" borligini rasman inkor qildi


O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Ekspert komissiyasining 2016 yil 7 yanvarda uyushma a’zolaridan biriga uning uyushma a’zoligidan chiqarilgani to‘g‘risida jo‘natgan bildiruv xati.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Ekspert komissiyasining 2016 yil 7 yanvarda uyushma a’zolaridan biriga uning uyushma a’zoligidan chiqarilgani to‘g‘risida jo‘natgan bildiruv xati.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 26 yozuvchi va shoir Ekspert kengashi qarori bilan birdaniga uyushma a’zoligidan chiqarilgani to‘g‘risida xalqaro matbuotda paydo bo‘lgan xabarlarni inkor qildi. Yozuvchilar uyushmasi bu borada rasmiy ma’lumotnoma tayyorlanayotgani va yaqin kunlarda bu ma’lumot e’lon qilinishini bildirdi.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси "қора рўйхат" борлигини расман инкор қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:48 0:00

12 fevral kuni Ozodlik ixtiyoriga kelib tushgan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Ekspert kengashi qarorida uyushma tarkibi sifat jihatidan qayta ko‘rib chiqilgani qayd etilgan edi. Mazkur qarorga muvofiq 7 yanvardan boshlab, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi 26 yozuvchi va shoirni rasman o‘z safidan chiqargan.

Ekspert kengashi qarorida aytilishicha¸ bu ijodkorlar prezident bergan ko‘rsatmaga amal qilib¸ “istiqlol yillarida mamlakatda kechayotgan ulug‘vor ishlarga daxldorligini his etmagani uchun” a’zolikdan chiqarilgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari G‘ofur Eshmurodov Ozodlik bilan suhbatda yuqorida aytilgan ma’lumotlarni rad etdi. Uning aytishicha, 26 yozuvchi va shoir uyushma a’zoligidan bir vaqtning o‘zida chiqarilmagan, ular yillar davomida uyushma safidan chiqarilgan.

-Men kecha mana shu masalada qiziqib ko‘rdim. Ular yillar davomida uyushma a’zoligidan chiqarilgan ekanlar. Bu borada tarqatilgan ma’lumotlarni ko‘rib, biz ham juda hayron bo‘layapmiz. Bularning hammasi asossiz gap-so‘zlardir. Men shaxsan o‘zim xolis bir odam sifatida aytmoqchiman, bu tarqatilayotgan ma’lumotlarning barchasi, Yozuvchilar uyushmasi atrofida bo‘layotgan gap-so‘zlarning hammasi asossiz, - dedi G‘ofur Eshmurodov.

Ozodlik radiosi 12 fevral kungi dasturida Ekspert kengashi qaroriga asoslangan holda Yozuvchilar uyushmasi a’zoligidan yaqinda chiqarilgan ijodkorlar orasida O‘zbekiston Xalq shoiri Xurshid Davron, yozuvchi Salomat Vafo, shoirlar Norto‘xta Qilich, Hamroqul Asqar, Sulaymon Rahmonlar borligini xabar qilgandi. Ayni paytda¸ 20-asr o‘zbek adabiyotining eng taniqli namoyandalari Evril Turon (Mamadali Mahmudov) va Muhammad Solih¸ shuningdek¸ muxolif qarashlari bilan hukumat tazyiqiga uchrab xorijga chiqib ketgan Botir Norboy¸ Yodgor Obid va Yusuf Juma kabi ijodkorlar ham uyushma a’zoligidan chiqarilgan.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari G‘ofur Eshmurodov nomi zikr qilingan ijodkorlar qanday sabablarga ko‘ra uyushma a’zoligidan chiqarilgani yuzasidan rasmiy ma’lumotnoma tayyorlanayotganini aytdi:

-Bu ancha avvalgi yillarning gapi. Endi bularning hammasini aniqlashtirib, so‘rab-surishtirish kerak bo‘ladi. Hozir buning sabablari va boshqa jihatlari haqida yozma ma’lumotlar tayyorlanayapti. Bu masalada qonunchilikka tayangan holda bizga rasman yozma murojaat qilsangiz, bu haqdagi ma’lumotlarni sizga taqdim etamiz. Hozir bu ma’lumotni tayyorlayapmiz, - dedi G‘ofur Eshmurodov.

Yozuvchilar uyushmasidagi manbaga tayangan holda tarqatilgan ayrim xabarlarda Sobit Madaliev, Norto‘xta Qilich va Sulaymon Rahmon uyushma a’zoligidan chiqish haqida o‘z ixtiyorlari bilan ariza yozgani, Salomat Vafo “o‘zbek odob-axloqiga to‘g‘ri kelmaydigan asar yozgan”, degan bahona bilan yuqorining buyrug‘i asosida uyushmadan chetlatilgani, O‘zbekiston Xalq shoiri Xurshid Davronning uyushma a’zoligidan chiqarilgani to‘g‘risidagi xabar asosiz ekani aytilgan.

12 fevral kuni Ozodlikning “Qurultoy” dasturida ishtirok etgan Mamadali Mahmudov¸ Muhammad Solih¸ Dilorom Ishoqova va Hamroqul Asqar bugungi rejim mafkurasini yoyish quroliga aylangan uyushma safidan chiqarilganliklarini o‘zlari uchun sharaf bilajaklarini aytgan edilar.

- Bu Yozuvchilar uyushmasini maddohlar uyushmasi¸ laganbardorlar uyushmasi deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Bizning na maddohlikka¸ na laganbardorlikka aloqamiz yo‘q va shu bois¸ bizni bunday uyushmadan chiqarishgani biz uchun sharafdir¸- degan edi, jumladan, Muhammad Solih Ozodlikning “Qurultoy” dasturida.

XS
SM
MD
LG