Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:37

Moskvada o‘zbeklar va armanilar o‘rtasidagi janjalda 6 kishi jarohat oldi (VIDEO)


Ommaviy janjal surati
Ommaviy janjal surati

Moskvada 1 avgust kuni O‘zbekiston va Armanistondan kelgan mehnat muhojirlari o‘rtasidagi ommaviy mushtlashuvda jarohat olgan 6 kishi Moskva shahar kasalxonalariga olib ketildi. Internet tarmog‘ida esa ommaviy janjal aks etgan video paydo bo‘ldi.

Moskvaning Troitskiy va Novomoskovskiy ma’muriy okrugiga qarashli Kommunarka qo‘rg‘onidagi “Buninskie luga” turar-joy kompleksi qurilishida quruvchilar orasida ommaviy janjal kelib chiqdi.

Moskva shahar ichki ishlar boshqarmasida Ozodlik so‘roviga Kommunarka qo‘rg‘oni politsiya bo‘limiga to‘qnashuv borasidagi xabar kunduzgi soat 12:40larda kelib tushganini bildirishdi.

Mushtlashuvda 40 odam qatnashgani, ulardan 6 nafari shifoxonaga yotqizilgani aytildi.

- Hodisa joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari qurilish ob’ektining ikki brigadasi o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgani va janjal oqibatida 6 kishi og‘ir jarohatlar bilan tibbiy muassasalarga keltirilganini aniqladi. Janjalga O‘zbekiston va Armaniston ishchilari ishtirok etgani aniqlandi, dedi ismini oshkor qilmagan Sosenskoe tuman politsiya bo‘limi vakili.

Politsiya to‘qnashuvga quruvchilardan biri tomdagi axlatni pastda turgan hamkasblari ustiga tashlagani sabab bo‘lganini taxmin qilmoqda. Og‘zaki tortishuvga ikki brigada ishchilari qo‘shilgan va ommaviy mushtlashuv boshlanib ketgan.

Quruvchi muhojirlar bir-birlarini belkuraklar, bolg‘alar, bosqonlar va armaturalar vositasida kaltaklagan.

“Buninskie luga” kompleksida yashovchilar forumida ushbu ommaviy mushtlashuv aks etgan videoyozuv paydo bo‘ldi. Unda 40 yaqin ishchilarning bir birlariga tosh, temir-tersak va boshqa qurilish buyumlarini otayotganini ko‘rish mumkin.

(“Buninskie luga” kompleksida yashovchilar Forumi videosi)

Moskvadagi O‘zbeklar va o‘zbekistonliklar kongressida Ozodlikka ommaviy mojaro natijasida baxtli tasodifga ko‘ra o‘lganlar yo‘qligi, diaspora rahbariyati Rossiya armanlari ittifoqi bilan muloqotda bo‘lib turganini aytishdi.

- Haqiqatan, armanlar bilan o‘zbeklar urushgan. Axlat orqasidan – qimdir mumkin bo‘lmagan joyga tashlagan ekan, o‘zbeklar “onangni...” deyishgan, armanilar javob qaytargan... Xullas, keyin lopatkalar bilan davom ettirishgan. Asosiysi o‘lim bo‘lgani yo‘q. Kecha kechqurun Rossiya armanlar ittifoqi rahbari telefon qilgan edi, vaziyatni birgalikda kuzatib borayapmiz, dedi o‘zbeklar kongressi rahbari Ibrohim Xudoyberdiev.

O‘zbeklar jamoasi rahbari hozirda jarohat olganlar orasida o‘zbekistonliklar bor-yo‘qligi, ular Moskvaning qaysi shifoxonalariga joylashtirilgani aniqlashtirilmoqda, dedi.

Ozodlik shifoxonaga olib ketilgan muhojirlarga lat yeyish, yulinish va tananing ichki a’zolariga shikast yetkazish tashhislari qo‘yilganini aniqladi.

Moskva shahar politsiya boshqarmasida Rossiya Federatsiyasi jinoyat Kodeksining 213 moddasi asosida (“Bezorilik”) jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qilishdi.

Kommunarka politsiya bo‘limida Ozodlikka 1 avgust kungi bo‘lgan mojaro yuzasidan hozircha hech kim hibs etilmagani, ammo tergov olib borilayotganini bildirishdi.

Ozodlik Rossiyadagi boshqa qurilishlarda ham o‘zbek quruvchi-muhojirlar ishtirokida ommaviy janjal-to‘polonlar bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida xabar bergan.

Jumladan, joriy yilning 15 iyun kuni Yoqutiston poytaxti Yakutsk shahridagi Avtodorojnaya ko‘chasidagi “Prometey” turar-joy kompleksi qurilishida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvning 110 ishtirokchisi politsiya tomonidan hibs etilgan edi.

Leningrad viloyatining Vsevolojskiy tumani Kudrovo qishlog‘idagi ko‘p qavatli bino qurilishi maydonchasida 27 iyun kuni ommaviy tartibsizliklar ro‘y bergandi. Politsiya janjalga “oddiy maishiy kelishmovchilik” sabab bo‘lganini gapirgan.

Rossiya poytaxtining markazida qurilayotgan “Moskva-Siti” biznes-markazida ishlayotgan 50 ziyod mehnat muhojiri orasida bo‘lib o‘tgan janjal to‘g‘risida ham xabar berilgan edi.

XS
SM
MD
LG