Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 22:40

Bishkekda 6 muxolifatchi 2 yildan 14 yilgacha qamaldi


11 yilga qamalgan muxolifatchi Sadir Japarov.
11 yilga qamalgan muxolifatchi Sadir Japarov.

Bishkekning Birinchi May tuman sudi 5 muxolifatchini "hokimiyatni kuch bilan ag‘darishga urunish"da, bir muxolifatchini esa "odam o‘ldirishga urinish" kabi og‘ir jinoyatlarda aybdor deb topdi va uzoq yillik qamoq jazolariga hukm etdi.

Бишкекда 6 мухолифатчи 2 йилдан 14 йилгача қамалди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:55 0:00

Bishkek shahar Birinchi May tuman sudi 2 avgust kuni “Hokimiyatni kuch bilan bosib olishga harakat qilgan”likda ayblangan 5 muxolifatchiga hukm o‘qidi.

Sud hukmiga asosan Bekbolot Talgarbekov va To‘ro‘bay Ko‘lubaevning har bir 14 yildanga, Marat Sultanov 10 yilga qamaldi. Aleksandr Gusev va To‘ygo‘nbek Kalmatovlar esa 2 yildan shartli ravishda kesildi.

Nomi zikr etilgan muxolifatchilarning barchasi “Xalq parlamenti” harakati a’zolaridir.

Ular o‘tgan yilning may oyida “prezident Almazbek Atambaev hokimiyatdan ketishi shart”, degan bayonot bilan chiqqanlaridan so‘ng “hokimiyatni kuch bilan bosib olishga harakat qilganlik”da ayblanib qo‘lga olingan edi.

Ularning yozib olingan va keyinchalik oshkor etilgan telefon suhbatlarida Marat Sultanov: “Men ularni otaman, mashinasiga o‘t qo‘yaman, boshqa variant yo‘q, o‘ldiraman. Rossiyadan keladigan odamlar etib keldi. Hammasi joyida. Prezident 17-kuni iste’fo beradi. Bizning odamimiz bosh vazir bo‘ladi”, degan gaplarni aytgani xabar qilingan.

Birinchi May tuman sudida chiqarilgan yana bir hukmga asosan sobiq deputat Sadir Japarov odam o‘ldirishga urinish, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish, beboshlik va hokimiyat vakilini garovga olishda aybdor deb topilib, 11 yil 6 oyga qamaldi.

Sadir Japarov shu yilning 25 martida 2013 yilda Issiqko‘l viloyatida Qumtor oltin konini milliylashtirish talabi bilan tartibsizliklarga aylanib ketgan mitingni uyushtirganlikda ayblanib qamoqqa olingan edi.

Muxolifatchilarning tarafdorlari va sudlangan muxolifatchilar bu sud jarayonlarini muxolifatga qarshi hukumatning siyosiy buyurtmasi, deb baholamoqdalar.

- Men hukmga noroziman. Avval sud mening aybdorligim to‘g‘risida hech qanday dalil-isbot yo‘q, degan xulosaga keldi. Keyin esa aybdor, deb hukm chiqardi. Men oqlanishim kerak edi. Sud hukumatning buyurtmasi bilan menga nisbatan shunday hukm chiqardi, -dedi Sadir Japarov.

Biroq parlamentdagi hukumron Sotsial demokratlar fraksiyasi deputati Riskeldi Mombekov muxolifatchilarning “siyosiy buyurtma” to‘g‘risidagi fikrlarini noto‘g‘ri deb hisoblaydi.

-Bu ishlar siyosiy tazyiq bo‘lgan, degan gaplarga qo‘shilmayman. Negaki, Japarov avval ham jinoyatda ayblanib sudlangan. Issiqko‘ldagi mitinglarda gubernatorni garovga olinishi katta jinoyat. Jinoyat qilgani uchun sudlangan odamni “ta’qib qilinayapti”, deyishlik xato bo‘lar edi, -dedi Riskeldi Mombekov.

Ayni paytda Bishkekda muxolifatning eng nufuzli va ta’sirli liderlari O‘murbek Tekebaev hamda Duyshenkul Cho‘to‘novlarga nisbatan sud jarayonlari davom etmoqda. Ular o‘tgan yilning fevralida korrupsiyada ayblanib qamoqqa olingan edi.

XS
SM
MD
LG