Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:35

O‘zbekistondagi qamoqxonalar o‘zini o‘zi boqishga o‘tadi


Prezident Mirziyoev 11 avgustda imzolagan qarorda ichki ishlar idoralarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoni o‘tash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish choralari belgilab berildi.

Jazoni o‘tash muassasalarini bosqichma-bosqich byudjet ta’minotidan o‘zini o‘zi ta’minlashga o‘tkazish – qarorda belgilab qo‘yilgan choralardandir.

Ўзбекистондаги қамоқхоналар ўзини ўзи боқишга ўтади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00
Бевосита линк

Soliqdan ozod, lekin o‘zini o‘zi ta’minlaydi

Qarorning 7 moddasida uqtirilishicha, 2023 yilning 1 yanvarigacha, jazoni o‘tash muassasalari barcha soliqlardan ozod qilinadi.

Keyingi moddaga ko‘ra, 2018-2022 yillarda jazoni o‘tash muassasalarining kapital qurilishi va ularni rekonstruksiya qilish dasturi qabul qilinadi.

Prezident qarori jazoni o‘tash muassasalari qoshidagi ishlab chiqarish korxonalari yoki qishloq xo‘jalik maydonlarining kelgusida kafolatli ish bilan ta’minlanishiga qonuniy asos bo‘lishi mumkin.

Qarorda, shuningdek, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan jazoni o‘tash muassasalari kommunal harajatlarining ba’zi turlarini 2019 yildan boshlab o‘z hisobidan to‘lashi belgilab qo‘yilgan.

Istiqbolda esa, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan jazo o‘tash muassasalarining ba’zilarini davlat byudjeti tomonidan moliyalashtirish to‘xtatiladi. Ular to‘laligicha, o‘zlarini o‘zlari ta’minlashi lozim bo‘ladi.

"Allaqachon qabul qilinishi kerak edi"

Prezident qarorining biz o‘rganayotgan bandlarini nazarda tutar ekan, yillardan buyon O‘zbekiston qamoqxonalaridagi vaziyatni o‘rganib kelayotgan inson huquqlari himoyachisi Sur’at Ikromov “Bu allaqachon qabul qilinishi kerak bo‘lgan qarordir”, dedi.

- Har bir koloniyaning o‘z ishlab chiqarish korxonasi bor. Ba’zi koloniyalarning bir necha gektarlab yeri bor. Boshqasida g‘isht zavodi bor. Sement zavodi borlar bor. Hatto chorva boqadiganlari bor, deydi Sur’at Ikromov.

Uning fikricha, har bir jazo o‘tash muassasasi o‘sha korxonalar hisobidan o‘zini o‘zi ta’minlashi mumkin, lekin shu paytgacha, bu tizimda tomir otgan korrupsiya tufayli, jazo o‘tash muassasalari davlat byudjeti zimmasida bo‘lib kelgan.

10ga ishlab, 1 oladigan mahbuslar

Sur’at Ikromovning aytishicha, jazoni o‘tash tizimidagi korrupsionerlar mahbuslarning ish haqini, odatda, to‘liq to‘lmay keladi.

Bundan 2 yil muqaddam 48- manzil-koloniyada jazo o‘tagan Isroil ismli mahbus bilan bog‘liq voqeani eslar ekan, Sur’at Ikromov bunday dedi:

- Isroil ertalabdan kechgacha bir oy ishlagani uchun 5 ming so‘m pul to‘lashgan ekan. Biz uning masalasini ko‘targanimiz uchun faqat o‘sha mahbusning hisob raqamiga darrov 50 ming so‘m o‘tkazishgan.

Mahbusning mehnat huquqlari ozodlikdagilarniki bilan teng

Prezident qarorida jazoni o‘tash muassasalarini o‘zini o‘zi ta’minlash haqida so‘z borgan, lekin masalaning inson huquqlari himoyachisi aytayotgan jihati to‘g‘risida so‘z yo‘q.

- Chunki, - deydi Sur’at Ikromov, - bu masalalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksida batafsil tushuntirilgan.

Masalan, Kodeksning mahkumlar mehnatiga haq to‘lashga doir 92- moddasida bunday deyilgan: “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnatiga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq haq to‘lanadi”.

Prezident Mirziyoev 11 avgustda imzolagan qarorda jazoni o‘tash muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirishning boshqa choralari ham belgilab qo‘yilgan. Masalan, qamoqxonalarda jazo o‘tayotgan mahkumlarga o‘z yaqinlari bilan video orqali muloqot qilishga ruxsat beriladi. Lekin bu ish qachon amalga oshirilishi aytilmagan.

Qarorning 3-, 4- va 12- bandlari maxfiy ekanligi aytilgan.

XS
SM
MD
LG