Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 22:37

Emil Uzakbaev: Abdulla Aripov hamkasbini qo‘llash uchun Qirg‘izistonga kelayapti


O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini aniqlash bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi 16-yig‘ilishi 15 avgust kuni bosh vazirlari darajasida Issiqko‘lda o‘tkazilishi kutilmoqda. Qirg‘iz siyosatchilari Abdulla Aripovning mazkur tashrifini prezidentlik saylovi arafasida qirg‘iz hamkasbi So‘o‘ro‘nbay Jeenbekovga siyosiy qo‘llov ko‘rsatish qadami sifatida baholamoqda.

Эмил Узакбаев: Абдулла Арипов ҳамкасбини қўллаш учун Қирғизистонга келаяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:04 0:00

Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatining bildirishicha, Issiqko‘l viloyatidagi Cho‘lponota shahrida 15-17 avgust kuni chegaralarni aniqlash bo‘yicha o‘tadigan hukumatlararo komissiya yig‘ilishiga keladigan O‘zbekiston delegatsiyasiga bosh vazir Abdulla Aripov rahbarlik qiladi.

Rasmiy bayonotda mazkur uchrashuvda chegaralarni aniqlash jarayoni muhokama qilinishi ta’kidlangan bo‘lsa-da, qirg‘izistonlik siyosatshunoslar va siyosatchilar bu uchrashuvni mamlakatda 15 oktyabrda o‘tadigan prezidentlik saylovi bilan bog‘lamoqdalar.

- O‘zbekiston hukumati rahbarining Qirg‘izistonga tashrif qilishi ijobiy holat. Men O‘zbekistonni ichidan biladigan odam qatorida aytishim mumkinki, bu mamlakatda bosh vazir tashqi siyosatga aloqador emas. Ularning tashqi siyosatini prezident aniqlaydi. Demak, Abdulla Aripov prezidentning topshirig‘i bilan Qirg‘izistonga kelayapti. Ertaga Qirg‘izistonda kim prezident bo‘ladi, kim bosh vazir bo‘ladi, degan savol O‘zbekistonni ham o‘ylantirmay qo‘ymaydi. Shuning uchun o‘zbek hukumati rahbari Qirg‘izistonning amaldagi bosh vaziriga prezidentlik uchun kurash jarayonida siyosiy qo‘lov ko‘rsatish uchun kelmoqda, degan fikrlarda jon bor deb hisoblayman, -dedi Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Emil Uzakbaev.

Aytib o‘tish joizki, Qirg‘iziston bosh vaziri So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov nomzodi Sotsial-demokratlar partiyasi tomonidan prezidentlikka ko‘rsatilgan edi.

Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Talant Kushchubekov ham Abdulla Aripov bo‘lg‘usi prezidentlik saylovlarida qirg‘izistonlik hamkasbining prezidentlikka saylanib qolish imkoniyatlarini sezib ko‘rish uchun tashrif qilmoqda, degan fikrlarga qo‘shiladi. Shu bilan bir qatorda u so‘nggi bir yil ichida ikki davlat o‘rtasida chegara masalalarini aniqlashda olg‘a siljishlar bo‘lgani quvonarli holat ekanini ta’kidladi.

-Chegara juda og‘ir masala. Bu muammo yaqin vaqtda hal etiladi, degan fikrdan olisman. Ammo O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati bu muammoni hal qilish uchun siyosiy erklari yetarli ekanini so‘nggi vaqtlarda namoyish etmoqda. Masalan, avvallari hukumatlararo komissiya yilda bir marta uchrashsa, hozir bir oyda bir marta uchrashayapti. Chegara masalasini yo‘q deganda besh yilda hal etib olsak, O‘zbekiston ham, Qirg‘iziston ham katta yutuqqa erishgan bo‘ladi, -dedi Talant Kushchubekov.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini aniqlash bo‘yicha hukumatlararo komissiya 2016 yilning dekabridan to shu kungacha 15 marotaba uchrashib, muzokaralar o‘tkazdi. Bundan avvalgi muzokaralar Namanganda 5 avgustda boshlanib, 13 avgustda yakunlangan edi.

O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan chegarasi 1378 kilometrni tashkil qiladi. Mazkur hududning 320 kilometri ko‘plab bahsli hududlar mavjudligi tufayli shu kungacha aniqlanmagan.

XS
SM
MD
LG