Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:27

Abdulla Aripovning Bishkekka safari qirg‘iz tadbirkorlarida umid uyg‘otdi


O‘zbekiston bilan chegara yopilganidan so‘ng huvillab qolgan Qorasuv bozori.
O‘zbekiston bilan chegara yopilganidan so‘ng huvillab qolgan Qorasuv bozori.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning 16 avgustda Bishkekka qilgan amaliy safaridan so‘ng qirg‘izistonlik tadbirkorlar ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yaxshilanadi, degan umiddalar.

Botkenlik tadbirkor Janibek Arzimbetov Sovet Ittifoqi tarqalganidan so‘ng O‘zbekistonga tovar sotib, u yerdan Qirg‘izistonga mahsulot olib kelib biznes qilar edi. 2005 yildagi Andijon voqeasidan so‘ng O‘zbekiston bir tomonlama chegaralarini yopganidan keyin savdo-sotiq ham to‘xtagan. Tadbirkorning aytishicha, hozirda So‘x anklavi orqali o‘tuvchi kontrabanda yo‘llari ozroq savdo bo‘lib turishiga imkoniyat yaratmoqda.

- Faqat kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tamiz. So‘x tumani nimaga muxtoj bo‘lsa, bu mahsulotlar Qirg‘izistondan osongina kiritiladi. Masalan, ko‘mir, oziq-ovqat, un, yog‘, chorva uchun yem-hashak kontrabanda yo‘li orqali bo‘lsa ham So‘xga olib kiriladi. Biroq u yerdan mahsulot olib kelish qiyinroq. So‘xdan bizga guruch, shakar chiqadi, -deydi tadbirkor.

Qirg‘iziston -O‘zbekiston o‘rtasida 15ta chegara o‘tkazish punkti mavjud. Bu punktlarning o‘n biri avtomashina, to‘rttasi temir yo‘l chegara bekati bo‘lib hisoblanadi.

Bugungi kunda bu chegara o‘tkazish punktlaridan faqat uchtasigina ochiq. Ulardan biri bo‘lgan Botkendagi Qadamjoy chegara o‘tkazish punktidan avtomobillar qatnoviga ruxsat berilgan. Bu chegara punkti orqali O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi So‘x va Shoximardon eksklavlariga mahsulot olib o‘tiladi.

Botkenning Xalmiyon va Alg‘a qishloqlari azal-azaldan Farg‘ona, Botken, O‘sh viloyatlari aholisi uchun asosiy savdo-sotiq markazi bo‘lib kelgan. Bugungi kunda esa Xalmiyon bozorida chegaralar yopilgani sababli savdo susaygan.

Mazkur bozor rahbari Umsunay Erkinbaeva qirg‘iz-o‘zbek chegarasi ochilib, avvalgiday erkin savdo olib borish imkoniyati paydo bo‘lsa, savdogarlar uchun yaxshi bo‘lar edi, degan fikrda.

- Chegara ochilsa yaxshi bo‘ladi. Savdo-sotiq kuchayadi. Xalqqa yahshi bo‘lardi. Masalan, hozir bizning bozorda 400 konteyner bo‘sh turibdi. O‘zbekistondan meva-cheva olib kelib sotiluvchi 400 o‘rin bo‘shab qolgan. Chegara yopilganidan keyin mingga yaqin o‘rin bo‘shab qoldi, u yerdan tirikchilik qilayotgan odamlar ishsiz qoldi. Ba’zi odamlar chegaraga tovar, odam tashib ishlash uchun nasiyaga mashina olishgan edi, ular ham ishsiz qolib, kreditlarini to‘lolmay qiynalishdi, -deydi Erkinbaeva.

Bunday holat Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh boshqa hududlarida ham kuzatiladi.

Rasmiy ma’lumotlarda ta’kidlanishicha, 2009 yili ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 279 million 300 ming dollarga teng bo‘lgan. Chegara yopilganidan keyin, 2011 yili bu ko‘rsatgich ikki barobardan ko‘proqqa kamayib,132 million dollarni tashkil qildi. O‘tgan yili esa Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 170 mln dollarga etdi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati bu ko‘rsatkichni 500 mln dolarga yetkazish niyatida ekanini bildirmoqda.

XS
SM
MD
LG