Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:33

To‘ytepadan nariga o‘tolmagan senatorlar o‘zbekni To‘ytepasiz qoldirdi (Blog)


Bugun ertalab Internetga kiriboq, “dod” devordim. Chindan ham ovoz chiqarib “dod” dedim. Nimaymish, 25 avgust kuni Oliy Majlis Senati To‘ytepa shahrini Nurafshon shahri, deb o‘zgartiribdiymish.

Senatorlar majlisni boshlabdilaru darhol yeng shimarib To‘ytepani Nurafshonga aylantirishibdi.

Hayot-mamot masalasi bo‘lsa kerakda, bu masala?!

To‘ytepa degan nomda nur ozroq bo‘lsa kerakda?!

Yoki o‘zbekning chistoplyuy senatorlariga To‘ytepa qishloqicha nom ko‘rindimi?

Qaydan paydo bo‘ldi bu o‘b-o‘zbekcha nomni o‘zgartirish?

Tselinogradni Ostona qilishdi. Buni tushunish-tushuntirish mumkin.

Frunzeni Bishkek qilishdi - tushunish-tushuntirish mumkin.

O‘ratepani Istaravshan qilishdi, hatto buniyam tushunish-tushuntirish mumkin.

Lekin To‘ytepani Nurafshon qilishga nima zarurat boriydi?!

Axir TO‘Ytepa, AZAtepa emasdiku?!

Hatto Azatepa bo‘lgandayam, u ajdodlardan qolgan nomku?! 4 kunlik senatorning nima haqi bor o‘zgartirishga?

O‘zbek senatorlari haqida nimalar degim kelayotganini aytmayman – Jinoyat Kodeksini o‘qiganman.

Shuning uchun deyman:

o‘qituvchi bo‘lsam, senatorlarga bugun “ikki” qo‘ygan bo‘lardim;

do‘xtir bo‘lsam, ignaning eng kattasini sanchgan bo‘lardim;

yo‘l inspektori bo‘lsam, pravasini olib qo‘ygan bo‘lardim;

oshpaz bo‘lsam uch kun oldingi ovqatni bergan bo‘lardim…

Toki ular “ikki”ni o‘nglash bilan, og‘rigan dumbasiga muz qo‘yish bilan, yangi prava olishga yugurib-yelish bilan, buzilgan oshqozonini tuzatish bilan mashg‘ul bo‘lib qolishsin.

Bo‘lmasa, Toshkentniyam nomini o‘zgartirishvoradi o‘zbekning To‘ytepadan o‘tolmagan senatorlari.

XS
SM
MD
LG