Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:17

Mirziyoevning Bishkekka tashrifi. Muhokama qilinadigan masalalar va kutilayotgan natijalar (FOTO)


Prezident Almazbek Atambaev hamkasbi Mirziyoev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoevani (orqa planda) kutib olmoqda.
Prezident Almazbek Atambaev hamkasbi Mirziyoev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoevani (orqa planda) kutib olmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev va uning rafiqasi Ziroatxon Mirziyoevani hamkasbi Almazbek Atambaev "Manas" aeroportida rafiqasi Raisa Atambaeva bilan birga kutib oldi. Mirziyoevning 5-6 sentabr kunlariga mo‘ljallangan davlat tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasidagi chegaraning 1170 kilometri aniqlanib bo‘lingani to‘g‘risidagi oraliq shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Tashrif arafasida hukumatlararo ekspert guruhlari ayrim chegara-o‘tkazish punktlarini ochish masalasini muhokama qildi.

Шавкат Мирзиёв Бишкекда чегарага оид шартномани имзолайди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:02 0:00

O‘zbekiston prezidenti 17 yilda birinchi marta Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan kelmoqda

Qirg‘iziston prezidenti ma’muriyatining tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Ayzada Subaqo‘jaeva O‘zbekiston prezidentining 17 yilda birinchi marta Qirg‘izistonga amalga oshirayotgan davlat tashrifini tarixiy voqea sifatida baholadi.

Ayzada Subaqo‘jaevaning aytishicha, uchrashuvda imzolanishi kutilayotgan asosiy hujjat ikki davlat chegaralariga oid shartnoma bo‘ladi.

-Tashrif doirasidagi muhim hujjat O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma bo‘ladi. O‘tgan yili prezidentimiz Almazbek Atambaev O‘zbekiston prezidenti bilan Samarqandda uchrashganidan so‘ng chegaralarni aniqlash ishlarini jonlantirish to‘g‘risida har ikki davlat hukumatlariga ko‘rsatma berilgan edi. O‘shandan beri ikki davlat hukumatlararo komissiyalari 16 marta uchrashdi. Yengil kechmagan muzokaralar jarayonida chegaraning 1170 kilometri, ya’ni 80 foizdan ko‘prog‘i aniqlandi. Qolgan 217 kilometr chegarani aniqlash ishlari davom ettiriladi, - dedi Ayzada Subaqo‘jaeva.

O‘shda ekspertlar qaysi chegara-o‘tkazish punktlarini ochish masalasini muhokama qildi

Ayzada Subaqo‘jaevga ko‘ra, chegara bo‘yicha shartnoma loyihasi yuzasidan barcha tayyorgarlik ishlari yakunlangan. Mazkur hujjat qirg‘iz parlamentining uchta qo‘mitasida qo‘llov topgan. Subaqo‘jaeva shartnomaning imzolanishi Qirg‘iziston va O‘zbekiston iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishning asosiy omili bo‘lishini alohida ta’kidladi.

Mirziyoevning Bishkekka tashrifi arafasida 2-3 sentabrda O‘sh shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumati ekspertlar guruhining uchrashuvlari bo‘lib o‘tib, tomonlar konkret chegara –o‘tkazish punktlarini ochish masalasini muhokama qilgan.

Biroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan rasmiy bayonotda qaysi chegara –o‘tkazish punktlari ochilishi va qachon ochilishi borasida ma’lumot berilmadi. Qirg‘iziston tomoni esa bu masalada hozircha sukut saqlamoqda.

Qirg‘iziston bilan chegara shartnomasini imzolash O‘zbekistonga necha gektarga tushdi?

Toshkent va Bishkek chegara masalasida murosaga erishish uchun o‘zaro yer ayriboshlashgani to‘g‘risida 4 sentabr kuni Akipress agentligi Qirg‘iziston hukumatining Jalolobod viloyatidagi maxsus vakili o‘rinbosari Mamasoli Akmamatovga tayangan holda ma’lum qildi.

Rasmiyning bildirishicha, O‘zbekiston Qirg‘izistonga Jalolobod viloyati bilan chegaradosh hududlardan 476 gektar yerni berdi. Qirg‘iziston esa O‘zbekistonga 241 gektar yer bergan.

“O‘zbekiston xaritasida qayd etilgan shunday joylar bor ekan, biroq u yerda bizning odamlar yashagan. Qirg‘izistonga tegishli ekani aytilgan yerlarda esa o‘zbek xalqi yashagan. Shuning uchun ham biz o‘zimizga 476 gektar yerni olib, ularga 241 gektar erni berdik”, dedi Mamasoli Akmamatov 4 sentabrda o‘tgan brifingda.

Eng muammoli chegara hududlari bahsli bo‘lib qolaveradi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaraning uzunligi 1378 kilometrni tashkil qiladi. 16 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Bishkekka kelgan va Qirg‘iziston bilan chegaraning 1170 kilometri aniqlanib bo‘lingani yuzasidan oraliq bitimni imzolagan edi. 16 avgustgacha bu hududning 320 chaqirimi aniqlanmagani va bahsli bo‘lib qolayotgani aytilib kelingan.

Chegaraning 1170 kilometri aniqlanib bo‘lingani to‘g‘risidagi oraliq bitim imzolanganidan so‘ng 208 kilometrga yaqin bahsli hudud qolgani rasman xabar qilindi.

Biroq chegaralarni aniqlash bo‘yicha Qirg‘izistoni hukumatining maxsus vakili Qurbanbay Iskanderov 4 sentabr kuni o‘tgan matbuot anjumanida avvalgi yillarda ikki davlat o‘rtasida keskinlikni yuzaga keltirgan Ungartepa – Ungartog‘ masalasida hozircha tomonlar til topisha olmaganini aytdi.

“Ungartog‘ masalasini hal qilishning ikkita yo‘li bor. Hozircha buni oshkor qila olmaymiz. Bu masala muzokaralarda muhokama qilinadi. Hozircha tog‘ fakt bo‘yicha bizning hududimiz bo‘lib turibdi va undan biz foydalanayapmiz. Bunday uchastkalar hali juda ko‘p”, dedi Iskanderov.

Toshkent O‘zbekistonda Ungartepa, Qirg‘izistonda Ungartog‘ deb ataluvchi bahsli hududga 2016 yilning 22 avgust kuni ikkita vertolyotda militsiya desantini kiritgan edi.

Buning ortidan O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarida keskinlik paydo bo‘lgan. Qirg‘iziston keskinlik oqibatida chegaralarni bir tomonlama yopgani oqibatida O‘zbekistonnnig Qirg‘izistondagi So‘x hamda Shohimardon ekslavlari qamal holatiga tushgan.

O‘zbekiston 18 sentabrda bu hududdan o‘z desantini olib chiqib ketganidan so‘ng vaziyat bir oz yumshagan edi.

Qurbanbay Iskanderov 4 sentabrdagi matbuot anjumpida O‘zbekiston Kosonsoy suv ombori bo‘yicha 1991 yildagi shartnoma talablarini bajarmayotganini ham iddao qildi.

“1991 yildagi shartnomaga asosan suv ombori to‘laligicha bizga o‘tkazib berilishi lozim edi. Lekin bugungi kungacha bu ish amalga oshirilmadi”, - dedi Iskanderov.

Mirziyoev tashrifi doirasida biznes forum o‘tkaziladi

5 sentabr kuni Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston biznes forumi o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston tomonidan Tashqi savdo vazirligi, investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi hamda 20dan ortiq shirkatlarning vakillari, Qirg‘iziston tomonidan esa hukumat rasmiylari va tadbirkorlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Bu borada tarqatilgan rasmiy xabarda aytilishicha, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo aylanmasining 2016 yildagi holati 170 million dollarga yaqinni tashkil qilgan.

O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidovga ko‘ra,2017 yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 110 million dollarga etgan.

Rasmiylar bu holatni 2016 yilning kuzidan boshlab O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi aloqalarning iliqlasha boshlagani bilan izohlamoqdalar.

XS
SM
MD
LG