Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 19:43

O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan O‘sh orqali Xitoyga yo‘l ochmoqchi


Andijon-O‘sh-Ergashtom-Qashqar avtomobil yo‘lining sxematik ko‘rinishi.
Andijon-O‘sh-Ergashtom-Qashqar avtomobil yo‘lining sxematik ko‘rinishi.

Prezident Mirziyoev Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida O‘zbekistonni Qirg‘iziston orqali Xitoy bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘li qurish to‘g‘risida prezident Atambaev bilan kelishib olgani to‘g‘risida bayonot berdi.

Andijon-O‘sh-Ergashtom-Qashqar avtomobil yo‘lini qurish yuzasidan hozircha hech qanday hujjat imzolangani yo‘q.

O‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik mutaxassislar fikricha, har uchchala davlat uchun zarur bo‘lgan bu loyiha, amalga oshirsa bo‘ladigan loyihadir.

Ўзбекистон Қирғизистон билан Ўш орқали Хитойга йўл очмоқчи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:42 0:00
Бевосита линк

Bishkekdagi bayonot

Shavkat Mirziyoev 5 sentabr kuni Bishkekda “Biz Andijon-O‘sh-Ergashtom-Qashqar avtomobil yo‘lini qurish to‘g‘risida kelishib oldik. Bu Xitoyga olib boradigan eng qisqa yo‘ldir. Yaqin vaqt ichida barcha hujjatlarni imzolash to‘g‘risida kelishib oldik, yuridik jihatdan kelishib olamiz va amalga oshiramiz”, deb bayonot berdi.

Ўзбекистон Қирғизистон билан Ўш орқали Хитойга йўл очмоқчи
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:42 0:00

Iqtisodiy geografiya

Ergashtom – Qirg‘iziston bilan Xitoy chegarasidagi Qirg‘izistonga qarashli qishloq. Bu yerda chegara o‘tkazish-nazorat punkti bor.

Ergashtomgacha O‘shdan 240 km, Andijondan 285 km.

Ergashtom bilan Qashqar (Xitoy) o‘rtasi 250 km.

Demak, O‘zbekiston prezidenti aytayotgan loyiha kamida 285 kilometrli, agar Qashqargacha bo‘lgan masofa qo‘shib hisoblansa, 500 kilometrdan sal ko‘proq yo‘l qurish loyihasidir.

Rekonstruksiya

Qirg‘iziston hukumatining sobiq a’zosi, iqtisodchi Jumakadir Akeneevning aytishicha, gap yangi yo‘l qurish ustida emas, mavjud yo‘lni rekonstruksiya qilish ustida borayotgan bo‘lishi kerak. Chunki shu kunda ham bu yo‘l orqali Xitoydan yuk tashilmoqda.

- Gap mavjud yo‘lni tubdan rekonstruksiya qilish, 4 polosali, 30 tonna va undan ortiq yuk ko‘taradigan avtomobillar yuradigan strategik yo‘l qilish ustida ketayapti, dedi qirg‘izistonlik iqtisodchi.

Andijon-O‘sh-Ergashtom-Qashqar avtomobil yo‘li loyihasining O‘zbekiston tomoni tayyorlagan hisob-kitob bilan yaqin tanish mutaxassisning Ozodlikka ismi aytilmasligi sharti bilan aytishicha, mazkur loyihani amalga oshirishga 36-40 mln. dollar atrofida mablag‘ talab qilinadi.

O‘zbekistonlik mutaxassis o‘zidagi ma’lumotlarga tayanib, yo‘lning Xitoydagi qismi, butun infrastrukturasi bilan, qariyb 70 foizga bitgani haqida, loyihani moliyalashga Osiyo taraqqiyot bankidan kredit so‘rash uchun hujjatlar tayyorlanayotgani haqida aytdi.

Yo‘l nima uchun kerak?

Xitoydan Qirg‘iziston va O‘zbekistonga keladigan yuklar to‘g‘risida ko‘pchilikda muayyan tasavvur bor. O‘zbekistondan Xitoyga chiqariladigan yuk to‘g‘risida tasavvur hosil qilish uchun esa, o‘zbekistonlik mutaxassis aytgan mana bu taxminiy raqamlar yordam berishi mumkin:

“O‘zbekistonning Xitoyga bir yilda chiqaradigan yuki 8 mln. tonna atrofida. Bir tonna yukning transportirovkasi shu kunda 65 dollarga tushmoqda. Bu pulning 50 dollari “Qozog‘iston temir yo‘llari”ga to‘lanmoqda”.

Bu gapni aytgan mutaxassisga ko‘ra, Xitoyga avtoyo‘l qurilsa, nafaqat yuk tranziti tariflari pasayadi, balki qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi, O‘zbekistonda yuk avtomobillari ishlab chiqarishni rivojlantirishga ham qo‘shimcha impulьs bo‘ladi.

Andijon viloyat hokimligining ismi sir qolish sharti bilan gapirgan loyiha bilan tanish mulozimiga ko‘ra, Xitoyga yo‘l loyihasi tayyorlanganiga 5 yil bo‘lgan va hukumatga ko‘rib chiqish uchun o‘tgan yili topshirilgan.

Yo‘l Qirg‘izistonga kerakmi?

Qirg‘iziston hukumatining sobiq a’zosi, iqtisodchi Jumakadir Akeneevning fikricha, Andijon-O‘sh-Ergashtom-Qashqar avtomobil yo‘li loyihasi Qirg‘iziston uchun ham o‘ta zarur va foydali loyihadir.

“Bu juda yaxshi g‘oya. Tog‘li mamlakat bo‘lganimiz uchun yuklarning 95 foizi avtomobil transporti bilan tashiladi. Agar bu yo‘l rekonstruksiya qilinsa, Qirg‘izistonga faqat foyda olib keladi”, - dedi Akeneev.

"Hisob-kitobni puxtaroq qilgan yaxshi"

Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining Markaziy Osiyo bo‘yicha mutaxassisi Brus Pannierning fikricha, ikki qo‘shni davlat hukumatlarining Andijon-O‘sh-Ergashtom-Qashqar avtomobil yo‘lini qurish niyatida samimiyligi ehtimoli kattadir.

"Lekin, deydi Pannier, masala oxir-oqibat yana mablag‘ga borib taqalib qolishi mumkin, yo‘lning o‘zini qurish bitta tashvish bo‘lsa, uning infrastrukturasini qurish boshqa tashvishdir va bu ishga yana bir necha o‘n million dollar mablag‘ kerak, bo‘ladi”.

Loyihaga yondosh loyiha

Shuni aytish kerakki, Andijon-O‘sh-Ergashtom-Qashqar avtomobil yo‘li, Mirziyoevga ko‘ra, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilgunicha amalga oshirilishi kutilayotgan loyihadir.

O‘zbekiston prezidenti 5 sentabr kuni “temir yo‘l qurish bo‘yicha ishlarni imkoni boricha tezlatishga” Qirg‘iziston rahbariyati bilan kelishib olgani to‘g‘risida aytdi.

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lini qurish g‘oyasi 1995 yili paydo bo‘lgan, o‘shandan buyon yo‘l yo‘nalishining ikki varianti ustida Qirg‘izistonda bahs davom etib kelmoqda.

Birinchi variant Qashqar-Ergashtom-O‘sh-Andijon yo‘nalishi bo‘lsa, ikkinchisi Qashqar-To‘rug‘art-Baliqchi-Qorakeche-Jalolobod-Andijon yo‘nalishidir.

Qirg‘iziston hukumati mamlakat ichidan o‘tishini hisobga olib, ikkinchi variant tarafdori ekanligini aytib keladi. 6 sentabr kuni Qirg‘iziston transport va yo‘llar vaziri Jamshitbek Kalilov Azattiq radiosiga Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lining texnik-iqtisodiy asoslamasi tayyor ekanligini, Qirg‘iziston yo‘lning ikkinchi varianti tarafdori ekanligini bildirdi.

Rivojlanayotgan o‘zbek-qirg‘iz savdo aloqalari

Prezident Mirziyoev keltirgan raqamlardan kelib chiqilsa,Andijon-O‘sh-Ergashtom-Qashqar avtomobilь yo‘li nafaqat Xitoy bilan savdo uchun, balki O‘zbekiston-Qirg‘iziston savdo aloqalarini rivojlantirish uchun ham zarurdir.

“Qirg‘iziston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarimiz so‘nggi 7 oy ichida 60 foizga o‘sdi. Yaqin yillar ichida bu ko‘rsatkichni 500 mln dollarga yetkazmoqchimiz”, dedi Mirziyoev.

XS
SM
MD
LG