Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:32

Rossiyada baxtsizlikka uchragan mehnat muhojirlariga yordam berish mexanizmi yo‘q


Javlonbek Latifjonov shifoxonada
Javlonbek Latifjonov shifoxonada

31avgustda Moskva shimolidagi qurilishlardan birida 6 qavatdan tushib ketgan ikki o‘zbekistonlik muhojir og‘ir ahvolda shifoxonada qolmoqda. Birining qorni yorilib, ikkinchisi umurtqasi uzilgan quruvchi yigitlarga Moskvaning Sklifosovskiy kasalxonasida navbatdagi operatsiyalarga hozirlik ko‘rilmoqda. Bu fojeadan xabar topgan vatandoshlar esa jabrlanganlarga o‘z yordamlarini yetkazishga qiynalayotganidan so‘zlamoqda.

Shifoxonadagi muolajaga puli yetmagan muhojir ko‘chaga chiqarib yuborildi

Moskvaning Dmitrovskoe shossesidagi ko‘p qavatli uy qurilishida oltinchi qavatdan tushib ketgan ikki o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Javlonbek Latifjonov (ikkinchi yigitning shaxsini Ozodlik hozircha aniqlay olmadi) og‘ir jarohatlar bilan sanitar vertolyotda Sklifosovskiy nomidagi Tez yordam xirurgiyasi bo‘limlaridan biriga olib ketilgan edi.

Hodisadan 25 kun o‘tib tibbiy muassasada qolayotgan o‘zbek muhojirlari muolaja va operatsiyalarga pul to‘lanmagani bois muammolar boshlangani to‘g‘risida xabar chiqdi.

Sklifosovskiy shifoxonasining Tez yordam xirurgiyasi bo‘limida qolayotgan Javlonbek Latifjonov bundan bir necha kun oldin kasalxonadan puli to‘lanmagani bois chiqarib yuborilgani Ozodlikka uning yaqinlaridan ma’lum bo‘ldi.

Ozodlik bilan suhbatlashgan Javlonbekning amakivachchasi Shohruhga ko‘ra, hozirda ish beruvchi va qarindosh-urug‘ yordamida muolajaning bir qismiga pul o‘tkazilgan:

- Hozir ahvoli ancha yaxshi. Bugun o‘zgarish bo‘ldi- yiring bosib ketuvdi organizmni. Xudoga shukur, ancha yaxshi bo‘lib qoldi. To‘g‘ri, bir marotaba srochno pul topib bera olmadik – chiqarib yuborishuvdi. Ish beruvchi pul bermay qoluvdi, tashqariga chiqib ketishga majbur bo‘ldik. Pul topib kelgunimcha 5-6 soat ko‘chada qoldi, deydi Shohruh.

Ozodlik so‘roviga Skilifosovskiy shifoxonasida pul to‘lay olmagan o‘zbekistonlik bemorning ko‘chaga chiqarib yuborilgani borasida hech qanday ma’lumot yo‘qligini bildirishdi.

Javlonbekning kasalxonadan chiqarish qog‘ozi
Javlonbekning kasalxonadan chiqarish qog‘ozi

Suhbatdosh akasi bilan birga shifoxonada yana bir undanda og‘ir ahvolda qolayotgan Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanidan bo‘lgan vatandosh borligini ma’lum qildi.

- 31 avgust kuni bo‘lgandi. Stroykada ko‘p qavatli uyda ishlayotgan edik. Kimdir ataylab qilganmi, bilmadim – platformani armaturasini tortvorgan. Tepada ikki kishi bo‘lgan – qoraqalpog‘istonlik bir bola va meni akam erga qulagan. Shunda qoraqalpog‘istonlikning umurtqasi sinib ketgan – hozir belidan pasti sezmaydi, yotibdi. U ham shu erda og‘ir ahvolda, dedi Shohruh.

Farg‘onalik bu muhojir yigit, shifokorlarning so‘zlariga tayanib, Javlonbek qorin qismi bilan mayda armaturalar ustiga qulab tushgani va yiqilganda ichaklari uzilib ketganini ham aytdi.

Шоҳруҳ билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:40 0:00
Бевосита линк

Shohruh Javlonbek Latifjonov davolanish paytida moddiy qiyinchilikka uchraganini eshitgan ayrim vatandoshlardan yordam kela boshlaganini ma’lum qildi. U qo‘shni palatada umurtqasi uzilib yotgan o‘zbekistonlik migrant ham moddiy yordamga muhtoj ekani turgan gap, deydi.

Ozodlik Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina va boshqa o‘lkalarda mehnat qilayotgan va qiyin holatga tushayotgan o‘zbekistonliklar borasida ko‘p marotaba oldin ham xabar bergan.

“Muhojirlarga ko‘maklashuvchi jamg‘arma tuzish kerak!”

Ozodlikka Londondan ulangan o‘zbekistonliklardan biri Moskvadagi qurilishda og‘ir jarohat olgan muhojir yigitlarga yordam beruvchilar soni juda ko‘pligi, ammo ularga yig‘ilajak mablag‘ni horijdan etkazib berish jiddiy muammoga aylanib borayotganini bildirdi.

Angliya poytaxtida istiqomat qilayotgan Nilufar Rashidova bunday holatlarga ko‘pdan buyon guvoh bo‘layotganini aytarkan, muhtoj bo‘lgan migrantlarga yordam beruvchi jamg‘arma tuzish vaqti yetib keldi, degan fikr bildirdi:

- Men Bibisining o‘zbekcha saytida Javlonbek shifoxonada yotgani va operatsiyaga pul yetmay qolgani haqida eshitib qoldim va juda achindim. Pul yetmagani uchun Javlonbekni bolnisada operatsiyasini oxirigacha bitirishmabdi. Shundan keyin u bilan bog‘lanishga urinib ko‘rdim. O‘sha bolani hikoyasi ostida Feysbukda yordam bermoqchi bo‘lganlar kommentlari 300 oshiqligini ko‘rish mumkin. Odamlar yordam beraylik deyapti, ammo menga ham qiyin bo‘layaptiki, shu odamni yoki uni oilasini topish.

Men pul yuborib, shu bolaga tezroq pulini yetkazishga harakat qilmoqchiman. Men ikki-uch marta Rossiyadagi o‘zbeklarga yordam berganman. Odatda PayPal yoki “Vestern Yunion” orqali yuborardim. Ammo juda qiynaldim yuborishga! Menimcha, og‘ir ahvolda qolgan odamlarga yordam beruvchi qandaydir jamg‘arma tuzish kerak, degan fikr keldi. Elchixonamizdan yordam kutmasa ham bo‘ladi. Bu ish bilan o‘sha yerdagi diasporalar yoni o‘zbeklar rasmiy ittifoqlari shug‘ullanishi lozim, dedi Nilufar Rashidova.

Нилуфар Рашидова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:27 0:00
Бевосита линк

Nilufar Internet tarmoqlarida o‘z hisob raqamlariga ega bo‘lmagan ko‘plab vatandosh muhojirlarga Rossiyaga mablag‘ yuborish qiyin bo‘lmoqda, deydi.

Nilufarning fikricha, Rossiyaga kiritilgan sanksiyalar tufayli yuridik shaxslar tomonidan chet eldan mablag‘ o‘tkazilishiga jiddiy to‘sqinliklar mavjud. Shuningdek, Rossiyada tayinli yashash joyiga ega bo‘lmagan, pulsiz-ko‘maksiz qolgan, ko‘p hollarda kompyuter va boshqa aloqa vositalaridan uzilgan mehnat muhojirlari bilan aloqa qilish yoki ularga pul o‘tkazish bilan bog‘liq muammolar borligi aytildi.

Ta’kidlash joyizki, ayrim hollarda mushkul vaziyatga tushgan migrantlar Internet va matbuotda nomlari tarqalishini istamaydi va “bir amallarmiz” qabilida ish tutadi. Yuqorida aytilganga Rossiyada migrantlarga ko‘maklashuvchi jamoat va davlat tashkilotlarining ozligi, mavjud diaspora va vakolatxonalar esa yordamga muhtoj musofirlar talablarini qondira olmasligini qo‘shimcha qilmoq zarur.

Shuningdek, suhbatdosh og‘ir ahvolga tushgan yurtdosh ayol-erkaklar borasida Internet tarmoqlarida albatta sahifa bo‘lishi va istagan odam xohlagan paytda u orqali yordam so‘rashga imkoni bo‘lishini alohida urg‘uladi.

“U yerda bizning farzandlarimiz ishlayapti!”

O‘zbekiston hukumati Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar muammolariga yillardan buyon befarq qarab keldi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 2013 yilning 19 iyunida Jizzax viloyatiga qilgan safari chog‘ida o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini hatto dangasaga chiqargan edi.

Biroq, prezident Shavkat Mirziyoev Rossiyada yurgan o‘zbekistonliklar haq-huquqini himoyalash lozimligi haqida o‘z chiqishlarida tez-tez gapirishni boshladi.

- Bizning bu boradagi pozitsiyamiz aniq: odam qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar ishlashi, oilasi - bola-chaqasini boqishi kerak. Rossiya Federatsiyasi bilan qo‘l qo‘yilgan migratsiya bo‘yicha muhim kelishuv yillar davomida – 10-15 yil davomida, - bizga azob berib kelardi. Bizga yoqadimi-yoqmaydimi, bizning farzandlarimiz o‘sha yerda ishlayapti! Ularning tinchligi-osoyishtaligi bizga kerak.

Shuning uchun biz ikki taraflama shartnoma imzoladikki, rahbarlari oldida bu masalani ko‘ndalang qo‘ydik: “Xudo hayrlaringni bersin, sizlarning iqtisodiyotlaringga bizni xalq xizmat qilayapti. O‘zbekistondan kelgan har bir fuqaroni sizlar tinchligini, sog‘ligini kafolatlagan sharoitlarni yaratib bering”, deb, birinchi marotaba qo‘l qo‘ydik, deb edi Rossiyaga birinchi safaridan qaytgan prezident Shavkat Mirziyoev.

Prezident so‘zlaridan keyin O‘zbekiston hukumat idoralari ham yangi sharoitlarda mehnat migrantlari muammolariga nisbatan o‘z munosabatini tubdan o‘zgartirishi hamda muhojirlarning O‘zbekiston iqtisodiyoti hamda ular ishlayotgan mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan ulushini e’tirof etishini bildirdi.

Jumladan, vazirlik huzuridagi Migratsiya agentligining xorij mamlakatlarida vakolatxonalarini ochish masalasi ishlab chiqilgani, O‘zbekistonning qator shaharlarida mehnat migrantlariga hamkorlikda ko‘maklashishga qaratilgan turli markazlar ochilayotgani, “mehnatkash-muhojirlarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash” va ularni uyushtirilgan holda ishga jo‘natish dasturlari ishlab chiqilgani va ko‘plab boshqa ijobiy harakatlar boshlab yuborilgani aytildi.

Ammo, O‘zbekiston rasmiy idoralari faolligiga qaramasdan, Rossiyadagi muhojir ishchilar o‘z ahvolida bu o‘zgarishlarni hozircha sezmayotganini bildirmoqda.

XS
SM
MD
LG