Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:29

Nurullo Otaxonovni ikkita advokat himoya qiladi


Nurullo Otaxonov o‘g‘li Fayzullaxon va nevarasi bilan.
Nurullo Otaxonov o‘g‘li Fayzullaxon va nevarasi bilan.

Turkiyadagi muhojiratdan vataniga qaytgach Toshkent aeroportida ushlanib, to‘rt kun avval Toshturmaga qamalgan yozuvchi Nurullo Otaxonovni ikkita advokat o‘z himoyasiga oldi. Bu haqda Ozodlikka ma’lum qilgan yozuvchining o‘g‘li Fayzullaxon Otaxonov otasi Yozuvchilar uyushmasidan hibs arafasida chiqarilganini ham iddao qilib, buni “o‘zbek ziyolilarining xiyonati” deya atadi.

“Toshturmadagilar otamga yaxshi munosabatda bo‘lgan”

Yozuvchining turmush o‘rtog‘i Gulnora Otaxonova 28 sentabr kuni Ozodlikka bir necha advokatning Nurullo Otaxonovni himoya qilishdan bosh tortgani to‘g‘risida ma’lum qilgandi. 30 sentabr kuni yozuvchining o‘g‘li Fayzullaxon Otaxonovning Ozodlikka xabar qilishicha, otasini ikkita advokat o‘z himoyasiga olgan:

- Ikkita advokat topildi. Ikkinchi advokat dushanba kunidan ish boshlaydi. Birinchi advokat o‘tgan kuni kechqurin topilgan va kecha peshindan keyin soat 2da dadam bilan Toshturmada uchrashgan,- dedi Fayzullaxon.

Fayzullaxon Otaxonovga ko‘ra, advokat qamoqda yotgan Nurullo Otaxonovning ahvoli yaxshi ekanligini aytgan:

- Dadamga nisbatan qiynoq yoki unaqa boshqa ortiqcha gap-so‘zlar bo‘lmagan. Toshturmadagi xodimlar ham, xonadoshlari ham yaxshi munosabatda bo‘lishgan. Faqat yuraklari bezovta qilgan, dori berishgach, o‘zlarini yaxshi his qilishgan. Turkiyada payti ham yuragi bezovta qilib turardi,- dedi Fayzullaxon.

“Otamni hibs arafasida Yozuvchilar uyushmasidan chiqarishgan”

Fayzullaxon Otaxonov otasi Yozuvchilar uyushmasidan hibsga olingan kunlari chiqarilganini iddao qiladi:

- Onam joriy yil iyul oyida Turkiyadan Toshkentga ketdi. Borgach mazasi bo‘lmagach, Yozuvchilar uyushmasining poliklinikasiga borgan. Biz otam Yozuvchilar uyushmasida bo‘lgani bois shu poliklinikaga oilaviy borishimiz mumkin edi. Onam borgach, poliklinikaning boshvrachi Yozuvchilar uyushmasiga, Dilbar opaga qo‘ng‘iroq qilganlar: “Otaxonova keldi, nima qilaylik” deb. Keyin Dilbar opa “Siz bemalol qabul qilavering. Muammo yo‘q” degan. Keyin onamni qabul qilib, doktorlardan o‘tgan. Demak, iyul oyida otam uyushma safida bo‘lgan. Shu yaqin kunlarda buyruq bilan chiqarilgani aniq bo‘layapti. Endi uyushmada bo‘lishlari sharaf keltirmaydi. Lekin uyushmadagilarning bu hiyonati hisoblanadi,- dedi Fayzullaxon Otaxonov.

28 sentabr kuni yozuvchini tergov qilayogan Yashnobod tuman IIB tergovchisi Muzaffar Karimov Ozodlikka Nurullo Otaxonov 2013 yildan beri hech qaerda ishlamagani va u kishining “delosida ish joyidan va Yozuvchilar uyushmasidan tavsifnoma yo‘q”ligi haqida gapirgan edi.

Fayzullaxon Otaxonov bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Файзулла Отахонов: Ёзувчилар уюшмасининг отамга нисбатан қилган иши ҳиёнатдир
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:04 0:00
Бевосита линк

Rasmiy: Adib 159-modda bilan ayblanmoqda

Nurullo Otaxonov prezident Mirziyoevning “chetdagi vatandoshlar O‘zbekistonga qaytsin” degan chaqirig‘idan ruhlanib¸ O‘zbekistonga birinchi bo‘lib qaytgan va qaytishi bilanoq hibsga olingan ilk taniqli shaxsdir.

U 26 sentabr kuni Istanbuldan Toshkentga qaytgach, aeroportda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan xibsga olindi va qo‘ldagi kishanlari bilan militsiya bo‘limiga olib kelindi.

Мирзиëевга ишониб ватанга қайтган ўзбек адиби Тоштурмага олиб кетилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:31 0:00

Tergovchilarning so‘zlariga qaraganda, Otaxonovning ushlanishiga uning “Bu kunlar” kitobidagi g‘oyalar sabab bo‘ldi. O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi qoshidagi Din ishlari qo‘mitasi xulosasiga ko‘ra, kitobda «ekstremistik» g‘oyalar mavjud.

Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda yozuvchi Nurullo Otaxonovning qo‘lga olinganiga izoh berib, adibning joriy yil 11 may kuni qidiruvga berilganini ma’lum qildi:

«Otaxonov Nurulloga nisbatan 11 may kuni 159-modda bo‘yicha [Jinoyat kodeksi — O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish] jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Mazkur jinoiy ish bo‘yicha qator tergov harakatlari amalga oshirildi va unga nisbatan 159-modda 1-qism, 244-modda 3-qism „g“ bandi bo‘yicha sirtdan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish ko‘rinishidagi chora tanlangan va qidiruv e’lon qilingan», dedi Toshxo‘jaev.

Dissident yozuvchi

Nurullo Otaxonov Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi Oyimcha Qaqir qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi bo‘limini tamomlagan. “Yo‘l boshida” “Dunyo keng”, “Shu yerlik kishi” kabi qissa va hikoyalar to‘plamlari orqali tanildi.

Yozuvchining sevgi mavzusidagi “Oq bino oqshomlari” hikoyasi “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgach, “Yilning eng yaxshi hikoyasi” deb topilgan edi.

Ushbu hikoya asosida “Oq bino oqshomlari” badiiy filmi suratga olingan. Yozuvchi turk, gurji, xitoy va rus adabiyotidan bir qator asarlar tarjima qilgan. Jumladan, yozuvchi Temur Po‘latovning “Taroziy toshbaqasi” (“Cherepaxa Tarazi”) romani hamda “Shinavanda” (“Zavsegdatay”) qissasi ham Otaxonov tarjimasida o‘zbek kitobxoniga yetib borgan yozuvchi keyingi 25 yil mobaynida “Yoshlik” (Bo‘lim mudiri), “Mushtum” (Mas’ul kotib), “Sharq yulduzi” (Bo‘lim mudiri), “Hidoyat” (Bosh muharrir) kabi turli jurnallarda hamda “Movarounnahr” nashriyotida (Bosh direktor) ishlab kelgan.

Otaxonovning “Ozodlik”ka aytishicha¸ 2013 yil oxirida ochiq aytilmagan sabablarga ko‘ra birdan “Movarounnahr" nashriyoti Bosh direktorligi hamda “Hidoyat” jurnali Bosh muharrirligidan bo‘shatilgan va shuning ortidan iqtidor uchun istalmagan kishiga aylangan.

XS
SM
MD
LG