Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 12:22

Rossiya "O‘zavtosanoatga" Peterburgda avtomobil yig‘ishni taklif etdi (VIDEO)


Rossiya-O‘zbekiston Biznes-forumi, 03.10.2017, Toshkent. (Rossiya Sanoat va savdo vazirligi fotosurati)
Rossiya-O‘zbekiston Biznes-forumi, 03.10.2017, Toshkent. (Rossiya Sanoat va savdo vazirligi fotosurati)

Rossiya hukumati O‘zbekistonning “O‘zavtosanoat” shirkatiga mamlakat hududida avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Xususan, Rossiya Sanoat va savdo vazirligi Sankt-Peterburg shahri hududida General Motors zavodini ishga tushirish taklifini ilgari surdi.

Rossiya O‘zbekiston avtomobil sanoati ishlab chiqaruvchilariga Rossiya hududida, jumladan Sankt-Peterburgda, General Motors-ga qarashli avtomobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish taklifi bilan chiqdi.

Bu xabarni Rossiya Sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati Ozodlikka tasdiqladi.

- Kecha Denis Manturov (Rossiya Sanoat va savdo vaziri-tahr.) boshliq delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib qaytdi. Uchrashuv davomida, jumladan, “GAZ”, “KAMAZ” va “UAZ” guruhlari hamkorligida ham O‘zbekistonda, ham Rossiyada ishlab chiqarish jarayonini lokallashtirish rejalari ko‘rib chiqilmoqda. Eng avvalo, gap “GM O‘zbekiston” avtomobillari ishlab chiqarilishi haqida borayapti. Shuningdek, o‘zbek hamkorlarimiz bilan Rossiyada “O‘zavtosanoat” avtokonserni avtomobillarini yig‘ishni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rilmoqda. Birqancha muzokaralardan keyin Rossiya tarafi tomonidan “General Motors” uchun ishlab chiqarish maydonchasini Sankt-Peterburg shahriga ko‘chirish taklifi berildi, dedi tashkilot rasmiysi Zalina Kornilova.

Matbuot xizmati bergan ma’lumotga binoan, “GAZ” avtokonserni o‘z avtomobillarini, jumladan mikroavtobuslarni, Samarqand avtomobil zavodida yoki O‘zbekiston hukumati taklif etajak ishlab chiqarish maydonchasiga ko‘chirishga qiziqish bildirmoqda.

“KAMAZ” aksionerlik jamiyati rahbariyatini esa KAMAZ avtomashinalarining yirik ehtiyot qismlarini, texnik birikmalari va shassi elementlarini “O‘zavtotreyler” shirkati hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkinligi ham aytildi.

Buning hammasi kuni kecha O‘zbekistondagi Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumida ishtirok etib qaytgan Rossiya Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshliq delegatsiya o‘rtasidagi kelishuvlar natijasi ekani ma’lum qilindi.

(Rossiya Sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi)

3 oktabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov, Tashqi savdo aloqalari vaziri Elyor G‘aniev, O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi rahbari Ulug‘bek Rozuqulov va O‘zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov bilan uchrashgan rus vaziri Denis Manturov rossiyalik biznesmenlarning O‘zbekistonga qiziqishi oshib borayotganini alohida ta’kidladi.

- Shunga qaramasdan, O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy hamkorlari qatorida Rossiya o‘tgan yilda birinchi o‘ringa qaytdi. O‘zaro savdo hajmi oshayotgani kuzatilmoqda. Bu o‘sish qog‘ozda qolib ketmasligi va so‘nib qolmasligi uchun uni o‘zaro foydali loyihalar orqali kuchaytirish zarur, dedi Denis Manturov Toshkentda so‘zlagan nutqida.

Rossiya hukumati rasmiysi ikki davlat o‘rtasidagi bu kelishuvlar O‘zbekistonda ochilgan valyuta konvertatsiyasi jarayoni boshlangani tufayli amalga oshayotganini ham qo‘shima qildi.

Aytilishicha, Bosh vazir Abdula Oripov bilan uchrashuv chog‘ida u O‘zbekiston tomonidan joriy qilingan 70 foizli aktsiz solig‘i rossiyalik avtomobil ishlab chiqaruvchilarga jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirayotganini bildirgan.

Vazir Denis Manturovning Bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov bilan uchrashuvi
Vazir Denis Manturovning Bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonov bilan uchrashuvi

General Motors zavodi oldin Rossiyada ham mavjud bo‘lgan: 2008 yilda avtokonsern Sankt-Peterburgda mashina ishlab chiqarishdan voz kechgan edi.

Minpromtorg rahbari Denis Manturov Rossiya farmatsevtika sohasida hamkorlikni kuchaytirishni taklif etdi.

Nodir Otajonov va Elyor G‘aniev bilan muzokaralardan Rossiya hukumati O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi traktorlarini ishlab chiqarish va boshqa texnika uchun ehtiyot qismlarni yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olganini ma’lum qildi. Rossiya sanoatchilari O‘zbekiston Respublikasida neft-gaz, energetika sohasidagi mashinasozlik ishlab chiqarishini boshlash, issiqlik elektrstansiyalarini qurish va takomillashtirishga oid loyihalarni taklif etdi.

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov bilan uchrashuv davomida Denis Manturov O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini texnik jihatdan qayta ta’minlash va zamonaviylashtirish ustida so‘zlagani, Ichki ishlar vazirligi va mamlakat Milliy Gvardiyasiga zarur bo‘lgan mahsulotlarni yetkazib berishni muhokama qilgani e’lon qilindi.

Ta’kidlash joyizki, o‘tgan ikki hafta davomida bu Rossiya ishchi delegatsiyasining uchinchi tashrifidir. O‘tgan haftada Toshkentda Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov, keyin Rossiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachyov bo‘lib qaytgandi.

Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 2016 yilda O‘zbekistondan bo‘lgan import 58,9 foizga asosan yengil sanoat tovarlari, paxta, ipak, gazlama va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobiga o‘sgan.

XS
SM
MD
LG