Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:20

Kechagina qamoqdan chiqqan faol kommunal xizmat islohoti ustida bosh qotirmoqda


Yaqinda qamoqdan ozod etilgan huquq faoli, asl kasbi matematik bo‘lgan ishbilarmon A’zam Turg‘unov O‘zbekistondagi kommunal xizmat sohasi muammolarini "oson va arzon" hal qilish mumkin, degan tashabbus bilan chiqmoqda. U 1996 yilda, birinchilardan bo‘lib, sobiq sovet tizimidan qolgan kommunal xizmat ko‘rsatish muassasasi – JEKni xususiylashtirgani va qisqa muddatda qarzga botgan idorani foydaga kiritganini aytdi.

7 oktabr kuni Qarshi shahridagi 49-sonli Jazoni ijro etish muassasidan ozod qilingan inson huquqlari himoyachisi, “Mazlum” huquqni himoya qilish tashkiloti rahbari A’zam Turg‘unov Ozodlik bilan suhbatda, 1990- yillarning o‘rtalarida O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini boshlaganini hikoya qilib berdi.

U 1996 yilda sobiq sovet tuzumidan qolgan kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini isloh qilishga kirishgan va Toshkent shahrining Qoraqamish dahasida o‘zini o‘zi boshqaruvchi ilk tashkilotni ochgan.

Endilikda, Ozodlikka chiqqach, faoliyatini davom ettirishga urinayotgan Turg‘unov kommunal xizmat sohasidagi bugungi vaziyatni o‘zgartirish, aholi mushkulini oson qilish mumkin, demoqda.

Uning ishonishicha, shaharlarda aholini issiqlik bilan ta’minlashning oson va arzon, hatto, foyda keltirishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlari bor.

Biz A’zam Turg‘unovdan bu sohani isloh qilish mumkin bo‘lgan tashabbusi haqida so‘radik. Suhbatimiz esa, u amalda muvaffaqiyatli ravishda sinagan, hatto, O‘zbekiston rasmiy televideniesi orqali respublikaga ibrat qilib ko‘rsatilgan 1996-1997 yillardagi tajribasidan boshlandi.

Quyida u kishi bilan suhbatni tinglang:

А. Турғунов: Коммунал хизмат муаммосини осон ва арзон ҳал қилиш мумкин!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:26 0:00
Бевосита линк

66 yashar A’zam Turg‘unov 1996 yilda “Manina-M” nomli kommunal xizmat ko‘rsatuvchi xususiy shirkat ochgan.

Ammo, yarim yilda foydaga kirgan shirkat bir yilga yetmay, shahar hokimiyati tomonidan yopilgan. A’zam Turg‘unovning o‘zi esa, xizmat vazifasiga sovuqqonlikda ayblanib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, 2 yarim yil so‘ngra amnistiya akti qo‘llanib, ozod etilgandi.

2008 yilga kelib esa, huquq himoyachisi sifatidagi faoliyati ortidan tovlamachilikda ayblanib, sudlangan va 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Jazo muddati tugashiga 9 oycha vaqt qolganda – 7 oktabr kuni ozod etildi.

XS
SM
MD
LG