Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:17

Diniy idora azonni ovoz kuchaytirgichda aytishga oid xabarlarga aniqlik kiritdi (VIDEO)


Toshkentdagi Minor masjidi, 18 oktabr, 2015 yil
Toshkentdagi Minor masjidi, 18 oktabr, 2015 yil

Musulmonlar idorasi masjidlarda azonni ovoz kuchaytirgichda aytilishiga "yaqin orada" ruxsat berilishiga umid qilinayotganini bildirdi. Shayx Abdulaziz Mansurga ko‘ra, aslida idora O‘zbekistonda ro‘mol o‘rash, azonni ovoz kuchaytirgichlarda aytish, maktablarda "Dinshunoslik" darsini berish kabi masalalarda ruxsat so‘rab, avvalroq prezidentga murojaat qilgan.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda 26 aprel kuni Toshkentdagi “Shayx Zayniddin” (eski “Ko‘kcha”) jome masjidida bo‘lgan imom-xatiblar yig‘ini va unda azonni ovoz kuchaytirgichlarda aytilishiga ruxsat berilishi mumkinligi aytilgani keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur tadbirda qatnashgan manbasiga tayanib xabar qilgan Azon.uz saytining yozishicha, yig‘ilish ishtirokchilar masjidlarda azonni ovoz kuchaytirgichlar vositasida chaqirishga ruxsat beriladimi, degan savolni o‘rtaga tashlagan.

Xabarda manbadan shunday iqtibos keltiriladi:

«Savol-javoblarda aytildiki, Moskvaning Kremlida ham azon aytilyapti. Yoki bo‘lmasa xristian diniga e’tiqod qiluvchilar qo‘ng‘iroqlarini chalishyapti. Hech kimning uyqusi buzilyotgani yo‘q. Qolaversa, Prezidentimizning doimo harakatchan ekanligi, tong saharda turishi, tongda qilingan ish esa barakali bo‘lishligi aytib o‘tildi”.

Manbaning bu so‘zlarini keltirgan Internet sayti "bu taklif imomlar tomonidan bir ovozdan ma’qullangan. Yaqin kunlar ichida bu borada amaliy ishlarga o‘tilishi belgilab qo‘yildi", deya qo‘shimcha qiladi.

Bu xabar ortidan Ozodlikka izoh bergan shayx Abdulaziz Mansurga ko‘ra, aslida Diniy idora bu va yana boshqa masalalar - xotin-qizlarning ro‘mol o‘rashi, maktablarda "Dinshunoslik" darslarini qayta tiklash kabi qator masalalarda ruxsat berilishini so‘rab, prezident Mirziyoev devoniga murojaat qilgan.

- Prezidentimizga yo‘llangan ro‘yxatni o‘zim ko‘rganman. Murojaatnoma u kishining qo‘llariga berilmagan bo‘lsa-da, prezident devoniga topshirilgan. Hozir shunga javob kutayapmiz. Ko‘rib turibsiz, keyingi bir yil ichida shuncha yaxshi o‘zgarishlar bo‘ldi, Xudo xohlasa, bu yog‘iga undan ham yaxshi o‘zgarishlar bo‘ladi, deb umid qilib turibmiz, - dedi, shayx Abdulaziz Mansur.

Quyida diniy idora mulozimi bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin:

Диний идора азонни овоз кучайтиргичда айтишга оид хабарларга аниқлик киритди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:05 0:00
Бевосита линк

Aslida, shu yilning Ramazon oyida Toshkentdagi qator markaziy masjidlarida azon chaqirilganda, Taroveh namozlari o‘qilganda va "Qur’on" tilovat qilinganda ovoz kuchaytirgichlardan foydalanilgani kuzatildi.

Quyida Ozodlik o‘sha kezda Ramazon oyi va shu oy munosabati bilan ro‘zadorlarga berilgan yengilliklar haqida hozirlagan videoni tomosha qilishingiz mumkin:

Рамазонда Мирзиёев берган eнгилликлар учун Каримов руҳига фотиҳа ўқилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:04 0:00

XS
SM
MD
LG