Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:23

Andijonlik ayol: Erimni Moskvada O‘zbekiston MXX xodimlari qo‘lga oldi (FOTO)


Havasbek Alijonov (o‘ngda) Moskva markazida ushlandi.
Havasbek Alijonov (o‘ngda) Moskva markazida ushlandi.

Rossiyada "qochqinlik so‘rovchi" maqomida yurgan andijonlik Havasbek Alijonov 1 noyabr kuniMoskvaning Frunzenskaya metrosi yaqinida noma’lum shaxslar tomonidan ushlandi. Bu haqda Ozodlikka hodisa joyidan Alijonovning turmush o‘rtog‘i xabar qildi. Uning aytishicha, qora kiyim kiygan, millati o‘zbek uch shaxs unga O‘zbekiston maxfiy xizmati hujjatlarini ko‘rsatgan.

Bu xabarni Ozodlikka yetkazgan uning rafiqasi Zulhumor Alijonovaning ishonishicha, qora kiyimda bo‘lgan bu shaxslar O‘zbekiston xavfsizlik xizmati xodimlaridir:

Зулхумор Алижонова:"Эримни МХХчилар олиб кетаяпти!"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:36 0:00
Бевосита линк

- Uch kishi – qora kiyimda, kepka kiyganlar kelib, O‘zbekiston hujjatlarini ko‘rsatishdi. “Frunzenskiy” metrosi, Komsomolskiy prospekt, 31 uyda, “Azbuka vkusa” do‘koni oldida. Ular “Yevroset” magazinidan “Sizlar telefon yutib oldinglar!”, deb chaqirib oldi bizni. Men “Qo‘ying, dadasi. Tuzoq bo‘lishi mumkin”, desam, “Tavakkal”, dedi. Hozir ushlab turishibdi. Erimni olib ketishsa, beshta bola bilan men nima qilaman?! O‘zbek spetsslujbasidanmiz, deyishdi. Mashina kutayapti, dedi Zulhumor.

Alijonovlarni to‘xtatgan shaxslar MXX hujjatlarini ko‘rsatdi
Alijonovlarni to‘xtatgan shaxslar MXX hujjatlarini ko‘rsatdi

Shu payt telefonda gapirayotgan Zulhumorning oldiga kelgan shaxslardan biri “Ozodlikka telefon qildingmi?”, deb savol berdi.

Biroz vaqtdan keyin Zulhumor Alijonova politsiya chaqirtirgani va formadagi odamlar bilan birga “Xamovniki” politsiya bo‘limiga ketayotganini ma’lum qildi.

5 farzandning otasi H.Alijonov anchadan buyon O‘zbekistonda qidiruvda
5 farzandning otasi H.Alijonov anchadan buyon O‘zbekistonda qidiruvda

Andijonlik qochqin Alijonovlar oilasini himoyasiga olgan “Grajdanskoe sodeystvie” tashkiloti faoli Yelena Burtina hodisadan xabar topgani va o‘zbekistonlik er-xotin himoyasiga advokat yuborganini bildirdi.

- Havasbekning xotini menga telefon qilib, aynan hozir uni o‘g‘irlab ketishayotganini aytdi. Men “Grajdanskoe sodeystvie” tashkilotini oyoqqa turg‘izdim, advokat Roza Magomedova jo‘natildi, Svetlana Gannushkina xabar topdi. Qochqin bunday vaziyatda ushlansa dod-voy ko‘tarishi lozim, ularga politsiyaga qo‘ng‘iroq qilishni aytdim. Havasbekda yaqingacha vaqtinchalik qochqinlik maqomi bor edi, muhlati tugashi bilan yangisiga rad javobi berildi. Bu rad javobi ustidan shikoyat qilganmiz. Shu bois, usiz ham Alijonovlar og‘ir vaziyatda – unga hech qanday hujjat ham berilmagan, dedi huquq faoli Yelena Burtina.

Suhbatdosh, har holda, qochqinlik maqomida bo‘lganlarni hibsga olish yoki olib ketishning o‘zi noqonuniy amallar ekaniga ham e’tiborimizni qaratdi.

Ozodlik andijonlik Alijonovlar oilasi bilan bog‘liq vaziyatni anchadan buyon kuzatib keladi.

2013 yilda Zulhumor Alijonova va uning to‘rt farzandi 4 oktabr kuni Bishkekdan Moskvaga uchib kelganlaridan so‘ng oldiniga deportatsiya qilinadiganlar uchun mo‘ljallangan izolyatorda, keyin esa Domodedovo aeroporti tranzit hududida qolganlar. Ularning deportatsiya qilinishiga Moskvadagi “Grajdanskoe sodeystvie” huquqni himoya qilish qo‘mitasi yo‘l qo‘ymagan.

2013 yil, oktabrda, Zulxumor Alijonova bolalari bilan Domodedovo aeroporti hibsxonasida
2013 yil, oktabrda, Zulxumor Alijonova bolalari bilan Domodedovo aeroporti hibsxonasida

Alijonovlar oilasi boshlig‘i Havasbek o‘zbek maxsus xizmatlari ta’qibidan qutulish uchun avvalroq Moskvaga kelgan. Dindor eri bilan birga Moskvada bo‘lgan Zulhumor Alijonova bir muddat avval yaqinlari tomonidan Qirg‘izistonga chiqarib yuborilgan to‘rt farzandini olib kelish uchun Bishkekka yetib borgandi.

O‘tgan yilning oktabrida Rossiyada oilasi bilan qochqinlikda yurgan Havasbek Andijonda qolgan ota-onasining uyini qurollangan “qora niqobli”lar bosganini aytgan edi.

Rossiyada 5 farzandi tug‘ilgan, o‘zi esa yuragida jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan Havasbek O‘zbekiston maxfiy xizmatlari tomonidan qidiruvga berilgani ma’lum.

XS
SM
MD
LG