Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 18:30

Bobomurod Abdullaev ishi bo‘yicha “erk”chi faol ham ayblanmoqda


"Erk" partiyasi faoli Islom Xolboy
"Erk" partiyasi faoli Islom Xolboy

27 sentabrdan buyon MXX hibsida qolayotgan mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullaevning ishi bo‘yicha muxolifatdagi “Erk” partiyasi faoli Islom Xolboy ham ayblanmoqda. Abdullaevning ishi bo‘yicha hozirda uch kishi hibsda. Jurnalistning uch advokatidan birortasi ham hanuzgacha mijozi bilan uchrasha olmadi.

Bobomurod Abdullaevning ishi bo‘yicha “Erk” partiyasining hozirda Turkiyada yashayotgan, asli buxorolik faoli Islom Xolboy ham ayblanayotganini O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov Ozodlikka ma’lum qildi:

- Hozir Turkiyada yashayotgan, muxolifatdagi “Erk” partiyasining a’zosi ekan bu odam. Bu odamning oilasi Buxoroda yashar ekan. Milliy xavfsizlikdan Islom Xolboyning Buxorodagi oilasiga kelishgan. Islom Xolboyning qaysi modda bilan ayblanayotgani bizga hozircha ma’lum emas. Menimcha, u ham 159-modda bo‘yicha bo‘lsa kerak. Biz bu ish bo‘yicha ayblanayotganlar ko‘payotganidan xavotir qilayapmiz. Bu yerda asosiy nishon - Muhammad Solih. Shu ishlar orqali Muhammad Solihni asosiy aybdor qilib qo‘yishmoqchi,- deydi Sur’at Ikromov.

Ikromov bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:16 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Turkiyada yashayotgan muxolifatchi Islom Xolboy bilan bog‘langanida, u Buxorodagi uyiga MXX xodimlari borgani va unga nisbatan qidiruv e’lon qilinganini aytdi:

- Toshkentdan bir-ikkita og‘aynilar telefon qildi. “Seni qidiruvga berishibdi. Suratlaringni osib qo‘yishibdi”, deyishdi. Keyin Buxorodagi qishloqdagi uyimizga MXXdan kelib, onamga “O‘g‘lingizga nisbatan 159-modda bo‘yicha ish ochdik” deganmi, "ochamiz" deganmi, onam yaxshi tushunmagan. Bu narsa Bobomurod Abdullaev bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Men “Usmon Haqnazarov kim?” deb bitta maqola e’lon qilgan edim. Bobomurod bilan men tanish edim. Keyingi 3-4 yilda tanish edik. Balki o‘sha maqolani asos qilishmoqchidir. Lekin u yerda biror narsa yo‘q. Men aslida Bobomurod Abdulaevning qilgan jinoyati yo‘q deb hisoblayman. O‘zbekiston qonunlariga daxl qiladigan, qarshi boradigan biror narsasi yo‘q. U o‘z haq-huquqidan foydalanib yozgan. Faqat o‘sha yerda muhit yomon bo‘lgani uchun taxallus ostida yozgan, - deydi Islom Xolboy.

Muxolifatchi Islom Xolboy jurnalist Bobomurod Abdullaev ishi "O‘zbekiston Xalq harakati" rahbari Muhammad Solihni qoralash maqsadida uyushtirilganini aytadi. Bu haqda quyidagi suhbatda to‘liq tinglashingiz mumkin.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:07 0:00
Бевосита линк

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, Bobomurod Abdullaev ishi bo‘yicha shu paytgacha to‘rt kishi hibsga olingan.

1 oktabr kungi sud ajrimida¸ Bobomurod Abdullaevning Usmon Haqnazarov taxallusi bilan yozgan maqolalari uchun ma’lumotlarni “qo‘riqlanadigan davlat amaldorlari”ga yaqin bo‘lgan Ravshanbek Solaev va Shavkatjon Olloyorovlardan olgani aytilgan.

Inson huquqlari faoli Sur’at Ikromovga ko‘ra¸ bu ikki fuqaro 28 sentabr kuni MXX tezkor guruhi tarafidan qo‘lga olingan.

Shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qo‘lyozmalar instituti tadqiqodchisi 27 yashar Akrom Malikov ham ushlangan.

2017 yilning 27 sentabrida Toshkentda qo‘lga olingan 44 yoshli mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullaev O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 159- moddasining 4 qismida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda (Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) ayblanmoqda.

Nusxasini O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov Ozodlikka taqdim etgan 1 oktabr kungi sud qarorida yozilishicha, "Abdullaev “O‘zbekiston Xalq harakati” funksioneri sifatida shu harakat rahbari Muhammad Solihning ko‘rsatmasi bilan 2011 yildan buyon Usmon Haqnazarov taxallusi bilan Internetda mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga qaratilgan materiallarni tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan".

3 oktabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida "O‘zbekiston Xalq harakati" rahbari Muhammad Solih Bobomurod Abdullaev Usmon Haqnazarov taxallusi ostida maqolalar e’lon qilib kelgan jurnalist ekanini ma’lum qilgan edi.

XS
SM
MD
LG