Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 08:20

“O‘zbekenergo” paxtadagi xodimlari xavfsizligini hududiy boshliqlarga yukladi


Uzbekistan: "Uzbekenergo"
Uzbekistan: "Uzbekenergo"

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati paxta yig‘im-terimiga jalb qilingan xodimlari ustidan nazoratni kuchaytirish haqida hududiy bo‘limlariga maxsus telefonogramma jo‘natdi. Jamiyat rahbariyatining bunday shoshilinch ko‘rsatma berishiga, paxta terimida qatnashayotgan ishchilardan birining oyog‘iga traktor pritsepining shatakka oluvchi uskunasi tushib ketganligi sabab bo‘lgan.

“Ўзбекэнерго” пахтадаги ходимлари хавфсизлигини ҳудудий бошлиқларга юклади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:41 0:00
Бевосита линк

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatining hududiy bo‘limlariga yuborgan telefonogrammasida yozilishicha, Toshkent Issiqlik elektr stansiyasi unitar korxonasining ishchisi 54 yashar T.Nurjataev 22 oktabr kuni Quyi Chirchiq tumanidagi paxta terimi vaqtida og‘ir jarohat olgan.

"O‘zbekenergo" telefonogrammasi
"O‘zbekenergo" telefonogrammasi

Mazkur korxonaning hududiy bo‘limlaridan biri mutasaddisi tomonidan Ozodlikka yuborilgan hujjat nusxasiga ko‘ra¸ Nurjataev Toshkent IESining markazlashgan ta’mirlash sexida 4-razryadli “ogneuporshik” bo‘lib ishlagan:

“2017 yil 22 oktabr kuni taxminan soat 13 larda bir necha kishilar tomonidan traktor pritsepini surish natijasida, ushbu pritsep yonidan o‘tib ketayotgan T.Nurjataevning o‘ng oyog‘iga shataklovchi mexanizm uskunasini(dishlo) yerga tushirish vaqtida kelib urilgan va og‘ir oqibatli baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan”, deb yoziladi “O‘zbekenergo”ning texnik savollar va ekspluatatsiya bo‘yicha direktori X.Abdurahmonov imzosi bilan yuborilgan maktubda.

Shaxsi ochiqlanmasligini so‘ragan Toshkent IES xodimi¸ oyog‘i qattiq jarohatlangan Nurjatevning tuman kasalxonasiga yotqizilganini aytdi.

Telefonogrammada, “barcha TETK, ShETK, bo‘lim va xizmatgohlardan “Paxta-2017” yig‘im-terimiga jalb qilingan xodimlar ustidan nazorat kuchaytirilsin”, deb aytilgan.

Qashqadaryo viloyati tuman elektr tarmoqlari idorasining ismi sir qolishini so‘ragan mulozimi hududiy tarmoqlar boshliqlari paxtaga chiqarilgan har bir xodimning g‘ayriqonuniy ish qilmasligi va baxtsiz hodisaga uchramasligiga nazorat kuchaytirilganini aytadi:

"Masalan, korxonamdan 15 kishi paxta terayotgan bo‘lsa, uning paxta dalasidan biror yoqqa so‘ramay chiqib ketishini va biror noqonuniy ish qilib qo‘ymasligini men nazorat qilishim kerak. Xduo ko‘rsatmasin, biror fojia bo‘lib qolsa, men javob berishimga to‘g‘ri keladi. Bu telefongrammadan ham maqsad shu. Chunki, oxirgi bandida "ushbu telefongramma ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagan mas’ul xodimlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantiraman", deb yozilgan", deydi tuman elektr tarmoqlari idorasi boshlig‘i.

“O‘zbekenergo” mulozimining bu maktubidan katta kompaniyaning barcha tashkilotlari va hududiy bo‘limlari paxta terimiga jalb qilingani anglashiladi.

Toshkent IESining ismi sir qolishni so‘ragan ustasi ham ishchilarning anchasi paxta terimida bo‘lgani bois, stansiyaning o‘ziga ishchilar yetishmay qolganini aytadi:

“Bu yil korxonadan jami 200dan ortiq odam paxta terimida bir vaqtning o‘zida qatnashdi. Hozir shularning yarmi ishga qaytgan, yuzga yaqin odam hozir ham Toshkent viloyati tumanlarida paxta terayapti. O‘zimizning ishlar qolib ketdi, odam kamligidan korxonada ish ko‘payib ketdi, bir amallab eplayapmiz”, dedi usta.

Jizzax viloyatining Arnasoy tumani elektr tarmoqlari idorasining ustasi ham navbatchi xodimlardan tashqari hamma paxta terimida ekanligini aytdi:

“To‘rtta navbatchi ishda xolos. Brigadalar, kontorada ishlaydiganlar hamma paxta terayapti”, dedi usta.

O‘zbekistonda paxta terimi mavsumi tugashi arafasida byudjet tashkiloti ishchilari, o‘qituvchiyu shifokorlarni yana ommaviy terimga jalb etish kuzatilmoqda.

Vaholanki, 21 sentabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yarim tunda videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani va unda 22 sentabr soat 17:00ga qadar paxtaga jalb qilingan talabalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarini ortga qaytarish bo‘yicha topshiriq berilganligi haqida hukumat nashrlari xabar qilgan edi.

Bu topshiriq prezident Shavkat Mirziyoev Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh assambleyasi majlisidan qaytishi bilan berildi. O‘zbekiston prezidenti BMT minbaridan turib mamlakatda bolalar mehnati¸ majburiy mehnatga batamom barham berilgani haqida bayonot bergan¸ ammo o‘quvchi-talabalar¸ qolaversa¸ o‘qituvchi va shifokorlarning ayni bayonot qilingan kunda ham majburan paxta dalasida ekani xalqaro maydonda e’tirozga sabab bo‘lgan edi.

Bosh vazirning bu topshirig‘idan so‘ng, talabalar¸ o‘qituvchi¸ vrach va hamshiralar bir kun ichida o‘z o‘qish va ish joylariga ommaviy ravishda qaytarilgan edi.

Ob-havo soviy boshlagandan so‘ng paxta terimi rejasini bajarishi savol ostida qolgan viloyat va tuman hokimlarining o‘qituvchi va shifokorlarni turli tilxat va tahdidlar bilan paxtaga yuborish holatlari kuzatilmoqda.

Ozodlik suhbatlashgan hokimlik vakillari, byudjet tashkiloti xodimlari va o‘quvchi-talablarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari borligini muntazam inkor qilib keladi.

XS
SM
MD
LG