Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:27

Dindor mahbus onasi o‘g‘lining olatiga qaynoq suv quyilganini iddao qildi (VIDEO)


Muhabbat Xolmatova.
Muhabbat Xolmatova.

OzodMikrofon rukniga Namangandan bog‘langan 60 yashar Muhabbat Xolmatova prezidentdan ikki masalada yordam so‘radi. Uning iddao qilishicha, ishsiz bu ayol shu kunda qamoqda bo‘lgan ikki o‘g‘lining uyida qolgan 5 ta bolasini arang boqmoqda, 2010 yildan beri qamoqdan qolayotgan bir o‘g‘li esa og‘ir qiynoqlarga solingan. IIV Jazoni ijro etish boshqarmasi qiynoq iddaosini rad etdi, ammo Xolmatovaning arizasi ko‘rilib, ijobiy chora ko‘rlishini va’da qildi.

Qamoqxonadagi qiynoq iddaosi

Muhabbat Xolmatovaning ikki o‘g‘li - 1977 yilda tug‘ilgan Alisher Abdujabborov, 1984 yilda tug‘ilgan Shavkat Abdujabborovlar O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 244-moddasi asosida ayblanib, 2010 yilda ozodlikdan mahrum etilgan.

Ayolning iddao qilishicha, hozirda qamoqxonada saqlanayotgan o‘g‘li Alisher Abdujabborov bir necha oy avval Navoiydagi 64/46-qamoqxonada qiynoqqa solingan.

Ayol oktabr oyida, bir yillik tanaffusdan so‘ng, Alisher bilan 3 soatlik uchrashuvga ruxsat berilgani, bu uchrashuv vaqtida o‘g‘lining tanasida qiynoq alomatlarini ko‘rganini aytadi:

- O‘g‘limning old qismiga qaynoq suv quyishibdi. Oyoqlarida qora dog‘larni ko‘rib, so‘ragan edim, aytib berdi. Shu yil yozda Navoyidagi 64/46-qamoqxonada bo‘lgan ekan, bu ish. Yana 4 kishini namoz o‘qigani uchun qaynoq suv bilan kuydirishibdi, o‘g‘lim aytib berdi. Ona bo‘lganim uchun chidamadim, kimga aytay dardimni?! - deya da’vo qildi 60 yashar ayol.

Диндор маҳбуслар онаси ўғлининг олатига қайноқ сув қуйилганини иддао қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:25 0:00

Mahkumlarning qarovsiz bolalari

Xolmatovaning aytishicha, hozir ikki o‘g‘lining ortida qolgan 5 nabirasini ishsiz kelini bilan birga somsa pishirib, sotib boqmoqda.

- Kichik kelinim ikkita qizini tashlab, ketib qolgan. Katta o‘g‘limning 3 bolasi bor. Nabiralarim o‘qiyotgan maktabga somsa olib chiqib sotamiz, shundan kelgan pul va qarindoshlarimizning yordami bilan beshta bolani bir amallab boqayapmiz. Prezidentimizdan iltimos qilardim, avvalo, bolalarim nohaq qamalgan, deb hisoblayman, ularni muddatidan avval chiqarishda yordam bersinlar, bu qinog‘u azoblardan qutqarishda yordam bersinlar! Bundan tashqari, beshta norasidani boqishga borgan sari qiynalayapman, keksa yoshli bir onaman, iltimos yordam beringlar menga! - deydi Muhabbat Xolmatova.

Quyida Xolmatova bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

Диндор маҳбус онаси ўғлининг олатига қайноқ сув қуйилганини иддао қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:57 0:00
Бевосита линк

Boshqarma qiynoq amaliyotini rad qildi

Ozodlik tahririyati Muhabbat Xolmatovaning qiynoqlar haqidagi iddaosi ortidan O‘zbekiston Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga murojaat qildi.

Boshqarma telefoni go‘shagini ko‘targan o‘zini tanishtirmagan xodim Muhabbat Xolmatovaga boshqarmaga murojaat qilishni tavsiya qildi.

"Ayol bizning tashkilotimizga kelsin, ariza bilan murojaat qilsin! Uning shikoyati tekshirilib ko‘riladi. Agar, shikoyati o‘z tasdig‘ini topsa, bu qilingan hatti-harakati ijobiy natija beradi. U ayolga to‘g‘risi aytiladi keyin - haqiqatda shunaqa narsa bo‘lgan yoki bo‘lmaganligi", dedi boshqarmaning o‘zini tanishtirmagan xodimi.

Xolmatovaning Ozodlikka qilgan murojaati tahririyatga kelgan qiynoqlarga oid ko‘plab iddaolardan biridir.

Shu bois, Ozodlik boshqarma xodimidan: "O‘zbekiston qamoqxonalarida qiynoqlar qo‘llanishi haqida sizlarga ham shikoyatlar keladimi, shikoyatlar asosida qamoqxonalarda qiynoqlar qo‘llanilishi aniqlanganmi?" deb so‘radi.

Boshqarma vakili O‘zbekiston qamoqxonalarida qiynoqlar qo‘llanishiga oid iddaolarni rad etdi va boshqa savollarga javob olish uchun tashkilotga borishni tavsiya qildi. Boshqarma xodimi bilan mikrofonsiz suhbat asnosida ma’lum bo‘lishicha, tashkilotda "elektron pochta manzili yo‘q" va rahbarlarga savoli bo‘lgan shaxslar shaxsan boshqarmaga borishi kerak.

Mirziyoev prokuror va sudlar ishidan norozi

O‘zbekiston IIV qoshidagi Jazoni ijro etish boshqarmasiga qiynoqlar iddoasi bilan qilingan murojaatlar, odatan, kutilgan natijani bermasligiga oid shikoyatlar Ozodlikka ko‘plab keladi.

IIV tuzilmasida qiynoqlar qo‘llanishi va bu boradagi shikoyatlarning javobsiz qolishini inson huquqlarini himoya qiluvchi mahalliy va xalqaro tashkilotlar muttasil ta’kidlab keladilar.

Hatto, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning o‘zi shu yil boshidan beri IIV, sud va prokuratura organlari xodimlari bilan o‘tgan uchrashuvlarda qiynoqlar ostida ayblovlar qo‘llanishi, xususan, prokuratura "repressiya organi"ga aylanganini ta’kidlagan edi.

Sud tizimi vakillari bilan o‘tgan uchrashuvida esa o‘z virtual qabulxonasiga sudlar bilan bog‘liq 50 mingdan ko‘proq murojaat tushgani, ulardan 24 mingdan ziyodi fuqarolik ishlari, 11 ming murojaat esa jinoyat ishlari bo‘yicha ekanini aytib, bu tizimni adolatsizlikka uchragan odamlar arzini tinglamayapsiz, deb keskin tanqid qilgan edi.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

Muhim eslatma:OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG