Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 16:17

O‘zbekistonda benzin narxi keskin qimmatladi. Navbat gaz va elektrga...


O‘zbekistonda narx qimmatlashi arafasida benzin taqchilligi yuzaga kelgani xabar qilindi.
O‘zbekistonda narx qimmatlashi arafasida benzin taqchilligi yuzaga kelgani xabar qilindi.

O‘zbekistonda 15 noyabrdan boshlab benzin narxi 1,5 barobarga qimmatladi. 14 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg‘i-energetika resurslari bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan imzolangan. Narx qimmatlashi arafasida O‘zbekistonning barcha viloyatlarida benzin taqchilligi kuzatildi. Ayrim joylarda benzin 5500 so‘mgacha sotilgani aytilmoqda.

Biroq hozircha vazirlar Mahkamasining benzin va dizel yonilg‘isi narxlarini ko‘tarish to‘g‘risidagi qarori rasman e’lon qilinmadi.

Mahalliy nashrlar ijtimoiy tarmoqlarda hukumat qarori nusxasi tarqatilgani va o‘z manbalari, jumladan, "O‘zbekneftgaz" shirkati bergan ma’lumotlarga asoslanib, benzin narxi qimmatlaganini yozmoqda.

Toshkentdagi qator AYoQShlarning xodimlari ham 14 noyabrdan 15 noyabrga o‘tar kechasi narxlar qimmatlashi kutilayotganini mahalliy matbuotga tasdiqlagan.

Sputnik nashrining yozishicha, qarorga asosan shu kungacha 2800 so‘m bo‘lgan Ai-80 benziniga 3800 so‘m, 3000 so‘m bo‘lgan Ai-91 benziniga 4300 so‘m; Dizel yonilg‘isiga 4100 so‘m; EKO dizel yonilg‘isiga 4200 so‘m narx belgilandi.

Podrobno.uz nashri esa viloyatlarda benzin taqchilligi yuzaga kelganini, viloyatlarda AI-80 benzini chayqovchilar tomonidan 4000-5500 so‘mdan sotilayotganini ma’lum qildi.

Nashrning bildirishicha, O‘zbekistonda 2010 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida benzin ishlab chiqarish 26,2 foizga, dizel yonilg‘isi ishlab chiqarish 8,3 foizga qisqargan. Ayni paytda uglevodorodlarni import qilish hajmi 1,3 foizga ko‘paygan.

“Gazeta.uz” esa o‘z xabarida Vazirlar Mahkamasi qarorida 2018 yilning 1 aprelidan tabiiy gaz narxini 10 foizga, elektr quvvati narxini 12 foizga ko‘tarish nazarda tutilganini ta’kidladi.

Nashr dizel yonilg‘isi narxining keskin ko‘tarilganiga ham e’tibor qaratadi. Xabarda qayd etilishicha, dizel yonilg‘isi narxi 72,6 foizga, EKO dizel yonilg‘isi 71 foizga qimmatladi.

“Narxlarning qimmatlashiga yonilg‘i-energetika resusrlarining jahon bahosi ko‘tarilgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda”, deb yozadi “Gazeta.uz”

Benzin narxi oxirgi marta bir yil muqaddam o‘zgargan. 2016 yilning 23 oktabrida O‘zbekistonda benzin narxi o‘rtacha uchdan birga, 2075 so‘mdan 2800 so‘mga ko‘tarilgan.

XS
SM
MD
LG