Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 14:20

Qirg‘iziston "Konstitutsiya otasi"ni Oliy sud 8 yillik qamoq jazosiga hukm qildi


"Tekebaevga ozodlik", deb yozilgan plakat.
"Tekebaevga ozodlik", deb yozilgan plakat.

Qirg‘iziston Oliy sudi quyi instansiyalarning mamlakatdagi eng nufuzli siyosatchilardan biri hisoblangan O‘murbek Tekebaev va muxolifatchi Duyshenkul Cho‘to‘novni 8 yilga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risidagi qarorini o‘z kuchida qoldirdi.

Қирғизистон "Конституция отаси"ни Олий суд 8 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:53 0:00
Бевосита линк

Qirg‘iziston Oliy sudi 21 noyabrda hukmni o‘qib eshittirishidan oldin O‘murbek Tekebaev sudyalarga murojaat qilib:

-Sizlarning qaroringiz inson taqdirini hal qiladigan qaror. Sizlar Tekebaevga hukm chiqarish orqali xalqning sudlarga bo‘lgan ishonchini oqlaysiz yoki bu ishonchni bira to‘la oyoq osti qilib, paymol etasiz. Tekebaevning ishi Qirg‘iziston tarixidagi eng janjalli ish. Uni butun jamoatchilik kuzatib bormoqda. Oliy sudning sudyasi degan maqomga munosib bo‘linglar. Sizlar faqat Konstitutsiyaga va qonunga xizmat qilasiz, -deb aytdi.

Shundan so‘ng hukm o‘qilib, Oliy sud quyi instantsiya sudlarining Tekebaev va Cho‘to‘novni 8 yilga qamash to‘g‘risidagi qarorlarini kuchda qoldirgani ma’lum bo‘ldi.

Sud zaliga yig‘ilgan tarafdorlar hukm o‘qilganidan so‘ng o‘z munosabatlarini “Sharmandalik”, “La’nat bo‘lsin sudlarga”, degan hayqiriqlar bilan ifodaladilar.

Parlamentdagi “Ata Meken” fraksiyasi deputati Natalya Nikitenko sud hokimiyatning “siyosiy buyurtmasini bajardi”, deb fikr bildirdi.

-Hozir Oliy sud sud islohoti tobutining qopqog‘ini mixlab tashladi. Oliy sudga ham ishonch yo‘qolganiga guvoh bo‘ldik. Soliq to‘lovchilar bugungi kunda hokimiyatning siyosiy buyurtmasini bajaruvchilarni boqayapti, -dedi Nikitenko.

Sudlanuvchilarning advokatlari fikricha, jarayonda Tekebaev va Cho‘to‘novning aybsizligi dalilangan, biroq shunga qaramay Oliy sud quyi instansiyalar hukmini o‘zgartirmagan. Advokatlar endi xalqaro sudga murojaat qilishlarini bildirmoqdalar.

Sud hukmi bo‘yicha sudlanuvchilarning qamoqda yotgan har bir kuni 2 kunga hisoblanadi va ularning jazo muddatlarini uchdan birga qisqartiradigan amnistiya qo‘llaniladi. Mana shu holatda Tekebaev va Cho‘to‘novning qamoqda saqlash muddati 4,5 yilni tashkil qiladi.

Tekebaev va Cho‘to‘nov rossiyalik tadbirkordan 1 million dollar miqdorida pora olgan, degan ayblov bilan joriy yil fevralida qo‘lga olingan edi. Tekebaev va tarafdorlari bu ish 15 oktabrda o‘tkazilgan prezident saylovlarida uning qatnashishiga yo‘l bermaslik maqsadida uyushtirilganini aytmoqda.

"Ata Meken" partiyasi lideri, siyosiy doiralarda "Konstitutsiya otasi" deb sifatlanuvchi O‘murbek Tekebaev 20 yildan beri Qirg‘izistondagi eng nufuzli siyosatchilaridan biri edi.

XS
SM
MD
LG