Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 12:18

Qariyalar ortiqcha olgan pensiyalarini davlatga qaytarmaydigan bo‘ldi


O‘zbekistonlik pensioner ayol.
O‘zbekistonlik pensioner ayol.

Bu boradagi farmonni prezident Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 28 dekabrida imzoladi. Mazkur farmonga asosan 65 va undan katta yoshdagi pensionerlar xatolik tufayli belgilangan ko‘rsatkichdan ortiqcha miqdorda olgan pensiyalari uchun qarzlarni davlatga qaytarmaydigan bo‘ldi.

Ortiqcha berilgan pensiyalar bo‘yicha qarzdorlik faqat 2010 yilgacha belgilangan nafaqalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Farmonga binoan 2010 yilgacha pensiyaga chiqqan odamlarning ortiqcha olgan pensiyalar bo‘yicha 2018 yilgacha bo‘lgan qarzdorligi kechiladi.

Davlat organlari xizmatchilarining noto‘g‘ri hisob-kitobi oqibatida belgilanganidan ko‘ra ko‘proq pensiya olgan shaxslar shu kungacha ortiqcha olingan pullarni davlatga qaytarishi kerak. Biroq bu pulni davlatga qaytarish imkoniyati bo‘lmagan qariyalar qarzdor bo‘lib kelayotgan edi.

Bundan tashqari farmonda ortiqcha to‘lab yuborilgan pensiya bo‘yicha qarzdorlikni davlatga qaytarishning yangi mexanizmi ham joriy etildi.

Bundan buyon pensioner pensiya belgilanganidan ortiqcha to‘lab yuborilganini tan olmasa yoki uni qaytarishga rozi bo‘lmasa, mazkur ish sudlarda ko‘rib chiqiladi hamda qarzdorlikni undirish sud qarori asosida amalga oshiriladi.

“Nafaqaxo‘r tuman (shahar) Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining ortiqcha to‘langan pensiya va nafaqalar summasini ushlab qolish haqidagi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, to‘langan ortiqcha summa sud tartibida, aniqlangan vaqtdan uch yildan oshiq bo‘lmagan muddatda undiriladi”, deyiladi farmonda.

"Mehnat faoliyatini olib boruvchi nafaqaxo‘rlarning alohida toifasiga qulaylik yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonda 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab faxriy unvonlariga ega kishilarga pensiyalar to‘liq hajmda to‘lanishi ham nazarda tutilgan.

Ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish va ulardan foydalanish uchun mualliflik mukofoti (gonorar) ko‘rinishida daromad oluvchilar esa mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirmasliklari sharti bilan to‘liq hajmda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.

Bugungi kunda O‘zbekistonning 32 milliondan ko‘proq aholisining 3 millioni pensioner bo‘lib hisoblanadi.Pensiyaga chiqish yoshi erkalar uchun 60 yosh, ayollar uchun 55 yosh qilib belgilangan.

Pnesiyaga chiqish uchun minimal mehnat staji erkaklar uchun 25, ayollar uchun 20 yilni tashkil qiladi.

XS
SM
MD
LG