Shoira va faol jamoatchi Dilorom Ishoqova bilan suhbatimiz jarayonida paydo bo‘ldi sarlavhaga chiqarilgan savol. Javob topildimi-yo‘qmi – cuhbatni tinglab, xulosa chiqararsiz. Balki javobni o‘zingiz ham izlab ko‘rarsiz? Topib qolsangiz ajab emas. To‘ytepa, beqasam choponu Imom Buxoriy – milliy g‘urur haqidagi bahs shulardan, to‘g‘rirog‘i, ular bilan bog‘liq voqealardan boshlandi.