Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 16:22

FVV ro‘yxatidagilar: "Muhiddinjon o‘lmagan, o‘ldi deb yozmanglar"


O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi e’lon qilgan Aqto‘be qurbonlarining taxminiy ro‘yxatiga Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi 20 yashar Muhiddinjon Umarjonov ham kiritilgan.

Vazirlikka ko‘ra, 1998 yil, 14 mayda tug‘ilgan Umarjonov Muhiddinjon Nuriddin o‘g‘li Toshkent shahri Sergeli tumani Quruvchilar mavzesi, Xonobod mahallasi, 20-uy, 13-xonadonda yashaydi.

Ozodlik mobil muxbiri Muhiddinjon Umarjonov yashaydigan mahallaga borib, uning qo‘ni-qo‘shnilari bilan suhbatlashdi.

Ayrim qo‘shnilar Muhiddinjonning Aqto‘be qurbonlarining taxminiy ro‘yxatiga kirganidan bexabar ekanliklarini aytib, "Chet elga ketgan u yigit" deyishdi.

Ozodlik mobil muxbiri Xonobod mahallasi, 20-uy, 13-xonadonga borganida, eshikni ochgan ayol, o‘zini "Muhidddinjonning xolasi" deb tanishtirdi.

"Internetda shunday ro‘yxat chiqibdi, lekin biz jiyanim o‘lganiga ishonmaymiz. O‘lgan, deb yozmanglar uni, noto‘g‘ri gap bu", deya Muhiddinjonning xolasi eshikni yopib qo‘ydi.

O‘zbekiston Favqulloda vaziyatlar vazirligining 20 yanvar kuni e’lon qilgan Aqto‘be qurbonlarining taxminiy ro‘yxatida Umarjonov Muxiddinjon Nuriddin o‘g‘li 52-o‘rinda berilgan.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG