Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:27

OzodMikrofon: Aqto‘be fojiasi takrorlanmasligi uchun Toshkent- Ostana kelishishi kerak


Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida oilalar Aqto‘beda qurbon bo‘lgan yaqinlarining mayyitini kutishmoqda
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida oilalar Aqto‘beda qurbon bo‘lgan yaqinlarining mayyitini kutishmoqda

Qozog‘iston orqali 13 yildan beri Rossiyaga qatnayotgan 42 yashar mehnat muhojiri Qudrat Hakimov Aqto‘be fojiasi kabi voqealar oldini olish uchun yo‘llar xavfsizligi hukumatlar darajasida ta’minlanishi lozim, deb fikr bildirdi. Hakimov so‘nggi 5 yildan beri aynan Chimkent-Samara yo‘lidan avtobusda Rossiyaga borib-kelayotganini aytdi.

Ozodlik bilan suhbatda uning aytishicha, avtobus yo‘li mehnat muhojirlari uchun eng xavfli yo‘ldir, ammo, eng arzon va eng tez yo‘l ham shudir:

- Avtobusda Chimkentdan, masalan, Voronejgacha 450 ming so‘mga yetib olaman. Poezdda esa eng ozi 1 million so‘mga tushadi. Samolyot narxi esa kamida 2 yarim million - 3 million so‘mgacha tushadi. Biz endi pul topgani ketayotgan odamlar eng arzonini tanlaymizda. Aqto‘beda bo‘lgan hodisani eshitib qayg‘uga tushdim. Bu hammamizning boshimizga tushishi mumkin. Nima deymiz endi, biz kichkina odamlar - boshga tushganiga qanoat qilib yashaymiz. Lekin, bizning xavfsizligimizni ta’minlash uchun, shu O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya davlatlari kelishib, Toshkentdan avtobus qatnovini qo‘yish, nahotki, qiyin bo‘lsa?! Buni shu 3 ta davlatning kattalari kelishib olishi kerak, - deydi Qudrat Hakimov.

Quyida u bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:13 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG