Virtual dunyo (Feysbuk) hajvnavis sifatida biladigan Dima Qayum, real dunyo esa, (Farg‘ona viloyat, Rishton tuman bozori) pechka-banka-tuzfurush sifatida biladigan Dilshod Boltaboev 2 fevral kuni o‘zi ishlaydigan bozorda qurgani kutubxona binosini kitobsevarlar va yaqinlari ishtirokida kamtarona tantana bilan ochdi.
Xalq kutubxonasining ochilish marosimida uning qurilishiga hissasini qo‘shgan Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullaev ham ishtirok etdi.
Ozodlik “qutlug‘ bo‘lsin”, “hormang” deyish uchun Dima Qayum-Dilshod Boltaboev bilan bog‘landi.
Ha, aytgancha, gurung yozib olinganidan so‘ng Dima Ozodlikka “Ozodlik aka, kutubxonaga kitob to‘plashga, kutubxonaning qurilishiga o‘z hissasini qo‘shgan barchaga minnatdorchiligimni bildirmoqchi edim, Sizning savollaringizga javob beraman, deb esimdan chiqib qolibdi. Iltimos, qo‘shib qo‘ying”, deb yozdi.
Xo‘p, dedik.