Линклар

Шошилинч хабар
30 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:30

D.Erkinzoda: Pol Deyni haqiqatni aks ettirish yoxud Karimov haykalidan voz kechishga chaqiramiz!


Pol Dey o‘zining "Uchrashuv joyi” deb nomlangan asari modeli qarshisida, 14 fevral, 2007 yil
Pol Dey o‘zining "Uchrashuv joyi” deb nomlangan asari modeli qarshisida, 14 fevral, 2007 yil

Xorijda yashayotgan o‘ndan oshiq o‘zbekistonlik siyosiy faol britaniyalik taniqli haykaltarosh Pol Deyga ochiq maktub bilan murojaat qildi. Ulardan biri - Shvetsiyada yashayotgan faol Dilobar Erkinzoda dunyoga dong‘i ketgan ijodkordan O‘zbekistonni 26 yil boshqargan Islom Karimov shaxsiga ob’ektiv yondashishni so‘radi.

“Markaziy Osiyoda inson huquqlari” assotsiatsiyasi saytida e’lon qilingan ochiq maktubda faollar Deydan Islom Karimov haykalini yasashdan voz kechishni so‘ragan.

“Siz haykal qurib xotirasini abadiylashtirmoqchi bo‘layotganingiz odam tufayli biz yillardan beri vatanimizga borolmaymiz. Islom Karimov hukmronligi davridagi terror tufayli biz o‘z yaqinlarimiz¸ oila a’zolarimiz va do‘stlarimizdan ayrildik. Karimov nazoratidagi xavfsizlik kuchlarining ta’qiblari sanoqsiz o‘zbekistonliklarni “Avliyo Pankras stansiyasidagi uchrashuv joyi” deb nomlangan asaringizda aks etgan yaqinlari bilan qayta ko‘rishish baxtidan mosuvo qildi”¸ deyiladi ochiq maktubda.

Andijondagi qonli voqealar¸ paxta qulligi¸ Karimov oilasining xalq boyliklarini talash ortidan milliardlab boylik orttirgani tasvirlangan ochiq maktub imzochilari¸ Karimov haykali uchun to‘lanadigan haqni “iflos pul” deb atagan.

Quyida Dilobar Erkinzoda bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:

Сиëсий муҳожирлар Пол Дэйдан Ислом Каримов ҳайкалидан воз кечишни сўради
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:06 0:00
Бевосита линк

O‘tgan yil may oyida O‘zbekiston marhum prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva Moskvadagi Islom Karimov nomi berilgan xiyoboniga o‘rnatiladigan haykalni britaniyalik haykaltarosh Pol Dey (Paul Day) yasashini e’lon qilgan edi.

Britaniyalik skulptor xalqaro maydonda inson haqlarini poymol qilib kelgan diktator sifatida tanilgan Islom Karimovga Moskvada o‘rnatiladigan haykalni yasashga rozi bo‘lgani uchun tanqidga uchragan edi.

Britaniyadagi The Times gazetasining yozishicha, Dey tanqidlarga javoban, san’atkor sifatidagi o‘z vazifasi siyosatchilar faoliyati ustidan hukm chiqarish emas, o‘ziga pul to‘lovchi mijozlari buyurtmasini sidqidildan bajarish ekanini bildirgan.

Mustaqil O‘zbekistonning 1-prezidenti xotirasini abadiylashtirish uchun qabul qilingan dastur doirasida Islom Karimovga Toshkent va Samarqandda haykal o‘rnatildi.

2017 yilning 7 mart kuni Turkmanistonda birinchi bo‘lib marhum o‘zbek prezidenti byusti tantana bilan ochilgan edi.

XS
SM
MD
LG