Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:18

Olimlar prezident Mirziyoevga: “Andrey Kubatin O‘zbekiston xoini emas!”


Andrey Kubatin 2017 yilning dekabrida 11 yilga qamalgan.
Andrey Kubatin 2017 yilning dekabrida 11 yilga qamalgan.

Xalqaro ilmiy jamoatchilik prezident Shavkat Mirziyoevdan davlatga xiyonatda ayblanib 11 yilga qamalgan olim Andrey Kubatin ishini o‘z nazoratiga olishni iltimos qildi.

21 fevral kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘i, keyinroq esa maxalliy va xalqaro internet nashrlarda e’lon qilingan murojaatda olimlar Andrey Kubatinning qo‘lga olinishiga xorijlik hamkasblariga o‘zining noyob kitoblar nusxasiga ega bo‘lgan shaxsiy arxivini topshirgani sabab bo‘lgani eslatib o‘tiladi. Kubatin Toshkent davlat sharqshunoslik institutining katta o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.

Olimlarga ko‘ra, o‘z shaxsiy arxivini xorijlik hamkasblarga taqdim etish odatiy xalqaro tajriba hisoblanadi hamda Kubatinning davlatga hiyonat qilishda ayblanishiga sabab bo‘la olmaydi.

“Hurmatli Shavkat Miromonovich, sizdan A.V. Kubatin ishiga shaxsan e’tibor qaratishingizni va Kubatin ishini olib borgan barcha organlar va instansiyalar ishini shaxsiy nazoratingizga olishingizni iltimos qilamiz”, deyiladi ochiq xatda.

Murojaatni AQSh, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Britaniya, Germaniya, Ukraina, Bolgariya kabi davlatlardan bo‘lgan 50 nafar taniqli olim imzolagan.

Bunga qadar O‘zbekistondagi turli davlat organlariga, jumladan, Milliy xavfsizlik xizmati rahbari Rustam Inoyatovga 2017 yilning aprel-may oylaridan boshlab o‘zbek olimlari bir qator murojaatlarni jo‘natgan edilar. O‘zbek olimlari murojaatlaridan eng so‘nggisi, 2018 yilning 18 fevralida prezident Shavkat Mirziyoev nomiga yozilgan edi.

“Dunyoga tanilgan O‘zbekistonning tarixchi akademiklari Edvard Rtveladze va Ahmadali Asqarov va boshqa ziyolilar ham bir necha marta Kubatin Andrey Viktorovichning aybsizligini tushuntiruvchi murojaatlar qilgan edik. Lekin hech qanday ijobiy tomonga o‘zgarish bo‘lmadi, hattoki e’tibor ham berilmadi”, deyiladi o‘sha murojaatda.

Kubatin qalamiga mansub tadqiqotlardan biri.
Kubatin qalamiga mansub tadqiqotlardan biri.

“Kubatin Andrey Viktorovich davlat siriga ega bo‘lgan hech qanday hujjatni qo‘lga kiritishi mumkin ham emas. Buning iloji ham yo‘q. Sababi unda davlat siriga ega bo‘lish vakolati ham, imkoniyati ham yo‘q, bo‘lmagan ham”, deb yozgan o‘zbek olimlari prezident Mirziyoev e’tiborini uning Buxoro viloyatiga qilgan tashrifi chog‘idagi ma’ruzasida MXXni tanqid qilib, 1937 yilni tilga olganiga ham qaratishgan:

“Go‘yo, Kubatin Andrey Viktorovich chet davlatga O‘zbekistonning davlat sirini oshkor qilib, xiyonat qilgan emish. Go‘yo, chet ellik mutaxassisga berilgan kitoblar «panturkizm»ni targ‘ib qilishga olib kelishi mumkin emish. Aynan mana shunday «panturkist» va «turkparast», degan tuturuqsiz va bema’ni ayblovlar bilan ma’rifatparvar o‘zbek ziyolilari 1937 yildan boshlab qamoqxonalarda hayotlari vayron qilindi, Sibirga surgun qilinib, ochlik va kasalliklardan o‘lib ketishdi, qolganlarini esa otib tashlashdi. Aslida esa Turkologiya fani «panturkizm» yoki «turkparastlik» emas. Bunday ayblovlar mustabit Sovet tizimi jo‘sh urgan zamonlarda o‘ylab chiqarilgan repressiv mexanizmning bir unsuri ekanligi butun dunyo olimlari tomonidan tan olingan”, deyiladi murojaatda.

Andrey Kubatin 2017 yil 1 dekabrida sud hukmi bilan 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Hozirgi kunda u Toshkent viloyati Zangiota tumani UYa 64/TX-1 jazoni o‘tash muassasasida saqlanmoqda.

XS
SM
MD
LG