Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 14:18

Qamoqda 18 yil saqlangan Muhammad Bekjon IIB nazoratidan chiqarildi


Muhammad Bekjon AQShdan kelgan rafiqasi Nina Bekjonova bilan Toshkentda. Surat 25 fevralda olingan.
Muhammad Bekjon AQShdan kelgan rafiqasi Nina Bekjonova bilan Toshkentda. Surat 25 fevralda olingan.

18 yil O‘zbekiston qamog‘ida o‘tirgan jurnalist, 64 yoshli sobiq siyosiy mahkum Muhammad Bekjon IIB nazoratidan chiqarildi. Endilikda sobiq mahkum AQShda yashayotgan farzandlari bilan uchrashish uchun chiqish vizasi olish, pensiyaga chiqish, propiska muammosini hal qilish va tortib olingan uyini qaytarib olishni rejalashtirmoqda.

O‘tgan yili qamoqdan ozod bo‘lgach, bir yil davomida Ichki ishlar bo‘limi nazoratida bo‘lgan sobiq mahkum Muhammad Bekjon 22 fevral kuni nazoratdan chiqarildi. Bu haqda Ozodlikka gapirgan Muhammad Bekjonga ko‘ra, u nazoratdan chiqarilgan kunning ertasigayoq Toshkentga sayohat qilgan:

- Ichki ishlar vazirligining Yangibozor tumani bo‘limi xodimlari kelib, meni tabriklab ketishdi, deydi M. Bekjon.

Muhammad Bekjon AQShdan kelgan rafiqasi Nina Bekjanova bilan Urganch-Toshkent poezdida. 23 fevral.
Muhammad Bekjon AQShdan kelgan rafiqasi Nina Bekjanova bilan Urganch-Toshkent poezdida. 23 fevral.

​Ayni paytda Muhammad Bekjon 19 yildan beri ko‘rmagan va hozirda AQShda yashayotgan farzandlari bilan uchrashish uchun chiqish vizasi olish harakatida. Uning aytishicha, nazoratdan chiqarilishi bilan chiqish vizasi olish uchun hujjat topshirgan:

- Hujjatlarni topshirdim, Xudo xohlasa 20 kundan keyin borib, anig‘ini bilaman. Men bolalarimni 19 yildan beri ko‘rmayapman. Borib ko‘rib kelishim kerak. Faqat kelinoyingiz kelgan, u mening yonimda. Endi vizani to‘g‘rilab bersa, shu yoqqa borib kelish uchun hujjat to‘g‘irlamoqchiman. U yoqda qolish niyatim yo‘q. Albatta qaytib kelaman. U yoqda nima qilaman, deydi M. Bekjon.

Sobiq mahkum qamoqdan chiqqach bir yil davomida Xorazmda akasining uyida yashadi va unga yangi pasport berilgan payti akasining uyiga vaqtincha qaydga qo‘yilgan. Biroq, suhbatdoshga ko‘ra, uning hozirgi paytda O‘zbekistonda na biror turar uyi va na doimiy propiskasi bor:

- Menda hozir propiska muammosi paydo bo‘ldi. Men oldin Toshkentda turganman. U erdan mening ayolimning pasportini olib, uydan chiqarib yuborishgan. Hozir endi propiskaga turish uchun necha ming dollarga joy sotib olishim kerak ekan. Aslida mening doimiy propiskam Toshkentda bo‘lishi kerak. Meni bu yerdan hech kim propiskadan o‘chirmagan. Lekin hozir menda na propiska bor, na uy bor, deydi M. Bekjon.

Hozirda Muhammad Bekjon Toshkentdagi uyini qaytarish uchun ham harakat qilayapti.

- Uy borasida portalga yozganimda, keyin ko‘rib chiqamiz deyishgandi. O‘sha paytda nazoratda bo‘lganman. Hozir yana boraman. Uyni noqonuniy tortib olgan. Chiqarib, haydab yuborishgan, deydi M. Bekjon.

64ga kirgan Muhammad Bekjonning aytishicha, qamoqdan chiqqach pensiyaga chiqish uchun harakat qilgan, biroq bir yil davomida qilgan harakatlaridan biror natija bo‘lmagan:

- Pensiya yoshiga kirganimga 4 yil bo‘layapti ( O‘zbekistonda pensiya yoshi erkaklar uchun 60 yosh qilib belgilangan -Tahr.) Hujjatlarimni topa olishmayapti. Arxivda yo‘q deyishdi. Bitta Aviasozlik zavodidan qog‘oz kelgan. Boshqa joydan topa olishmapti. Hatto armiyada xizmat qilganimni ham topa olishmadi harbiy komissariatdagilar. Yo‘q deyishayapti, deydi M. Bekjon.

Muhammad Bekjon bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Муҳаммад Бекжон назоратдан чиқарилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:57 0:00
Бевосита линк

Muhammad Bekjon dunyodagi eng uzoq muddat qamoqda o‘tirgan jurnalist hisoblanadi.

Muhammad Bekjon muxolifatdagi "Erk" demokratik partiyasi rahbari Muhammad Solihning ukasi va «Erk» gazetasining sobiq bosh muharriridir.

Muhammad Bekjon 1999 yildagi Toshkent portlashlari ortidan Kievdagi uyidan o‘g‘irlab ketilgan va portlashlarga aloqadorlikda aybdor, deb topilib, ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Mahkamada u o‘ziga qo‘yilgan ayblarni rad etgan va tergov paytida qiynoqqa solinganini bildirgan.

2011 yili ozodlikka chiqishiga bir oy qolganida unga yangi ayblar qo‘yilib jazo muddati 4 yilu 8 oyga uzaytirilgan edi. Bu muddat tugashi bilan Muhammad Bekjon Zarafshondagi jazoni ijro etish maskanidan ozod qilindi.

Муҳаммад Бекжон: Сиëсий ўзгаришлар бошланди дейишга ҳали эрта
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:27 0:00

XS
SM
MD
LG