Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:32

Peterburgda ochildi deb e’lon qilingan O‘zbekiston konsulligi ochilgani yo‘q (VIDEO)


Peterburgdagi Bosh konsullik joylashgan manzil
Peterburgdagi Bosh konsullik joylashgan manzil

2 mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida mamlakat Bosh konsulligi ish boshlaganini e’lon qildi. 5 mart kuni konsullik manziliga bevosita borgan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari idoraning ish boshlamaganiga guvoh bo‘ldi.

2 mart kuni Sankt-Peterburgda O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ish boshlagani to‘g‘risida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida xabar paydo bo‘ldi.

“Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini boshladi. Uning konsullik okrugiga Rossiya Federatsiyasining Shimoliy-g‘arbiy federal okrugi kiradi. Bosh konsulxona joylashgan manzili: Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeysk ko‘chasi, 4-A uy”, deyiladi rasmiy xabarda.

Vazirlik Peterburgdagi O‘zbekiston bosh kunsuli etib Mehriddin Xayriddinov tayinlanganini ham e’lon qildi.

Peterburgda yashayotgan “o‘z grajdanlari huquqlarini himoya qilish va ularga huquqiy yordam berish”¸ shuningdek “mintaqadagi migratsiya oqimini nazoratga olish” yangi konsullikning asosiy vazifasi sifatida ko‘rsatildi.

Bu bayonotdan uch kun o‘tib Ozodlikka Peterburgdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, shaharning Admiralteyskaya tumanidagi “Baltiyskaya” va “Texnologicheskiy institut” metro bekatlari yaqinidagi binoda joylashgan konsullik hozircha ish boshlamagan.

5 mart kuni konsullik eshiklari yopiq edi
5 mart kuni konsullik eshiklari yopiq edi

O‘zbekistonning Moskvadagi Bosh konsulligining Ozodlik gaplashgan o‘zini tanishtirmagan xodimi:

- 2 mart kuni bizga Sankt-Peterburgda konsullik ish boshladi¸ deb aytildi. Anchadan beri tayyorgarlik bo‘lgan edi, ular o‘z binosiga ko‘chib o‘tibdi, lekin kompyuterlashtirish va boshqa jihatlar bo‘iycha hali joylasha olmagan. Nega bunaqa ekanini biz bilmadik¸ biz faqat buyruq bajaramiz, dedi jumladan.

Peterburgdagi konsullikning amalda qachon ish boshlashi noma’lum qolayotgani bois¸ bu rasmiy Shimoliy-g‘arbiy federal okrugdagi o‘zbekistonlik muhojirlar sertifikat masalalari bilan Moskvadagi elchixonaga murojaat qilishi kerakligini bildirdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida Peterburgdagi konsullik telefoni sifatida ko‘rsatilgan raqamlarga 5 mart kuni qilingan qo‘ng‘iroqlarga hech kim javob bermadi.

Konsullikka qarashli diplomatik davlat raqamlariga ega avtomobil
Konsullikka qarashli diplomatik davlat raqamlariga ega avtomobil

5 mart kuni Ozodlik suhbatlashgan Sankt-Peterburgdagi bir necha o‘zbek muhojiri konsullikning ochilmaganiga guvohlik berdi:

- Rost, 4-Krasnoarmeskiy ko‘chasiga joylashdi. Lekin nomiga ochilgan - eshiklari qulf. Ikki etajli eski binoda joylashgan, 77-politsiya bo‘limi hududiga kiradi, dedi ismini oshkor etmagan o‘zbek muhojiri.

Расман очилган¸ амалда очилмаган консуллик
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:25 0:00

Rossiya shimoliy poytaxtida O‘zbekiston konsulxonasini ochish to‘g‘risida prezident Shavkat Mirziyoev 2017 yil 19 iyul kuni maxsus qaror qabul qilgan edi.

Joriy yil 23 fevralida Moskvaga kelgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuv chog‘ida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yaqin orada Bosh konsullik ish boshlashini e’lon qilgan edi.

- Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligimiz allaqachon ochildi. 2017 yilda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi yordamida Rossiyaning yana 4 federal okrugida konsulliklar ochilishi masalasi ijobiy hal etildi. Rossiya hukumati qarori bilan Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon va Rostov-Don shaharlarida O‘zbekiston konsulliklari ochiladi, degan edi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri.

Peterburg¸ Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar soni bo‘yicha Moskvadan keyingi 2-o‘rinda turadi - migratsiya ekspertlari hisob-kitobicha¸ bu hududda 750 mingga yaqin o‘zbekistonlik muhojir bor.

XS
SM
MD
LG