Линклар

Шошилинч хабар
02 ноябр 2024, Тошкент вақти: 00:39

Moskvada o‘zbek migrantlari ilk MMA klubini ochdi (VIDEO)


Moskvada ilk o‘zbek MMA klubi ochildi.
Moskvada ilk o‘zbek MMA klubi ochildi.

Amir Temur tavalludining 682 yilligiga bag‘ishlab Moskvada o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari va talabalari uchun birinchi aralash yakkakurash jang san’atlari (MMA) klubi ochildi. "Barlos MMA Team" klubini tashkillashtirgan o‘zbek migrantlari O‘zbekistonda ham aralash jang san’atlariga e’tibor ko‘proq qaratilishi kerak, demoqda.

2018 yilning 8 aprel kuni Rossiya poytaxtining Tulskaya metro bekati yaqinida o‘zbekistonlik migrantlar va talabalar uchun birinchi aralash yakkakurash jang san’atlari bo‘yicha sport klubi ish boshladi.

Klub tashabbuschisi va boshqaruvchisi, 30 yashar Sarvarbek Sherbo‘taev asli Toshkent viloyatining Angren shahridan.

Sarvarbek Ozodlik bilan suhbatda birgina Moskvada aralash jang san’lari bo‘yicha 20-ga yaqin qirg‘iz va 2-ta tojik jangovar klublari mavjudligi, ammo shu paytgacha birorta o‘zbek sport klubi bo‘lmaganini ma’lum qildi:

- Qirg‘izistonlik bolalar, xususan, Oybek Musaev boshqarayotgan klubga, keyin tojikistonliklarning "Akbar" klubiga bordim shug‘ullanish uchun. Ammo, birorta o‘zbek klubini topa olmadim! Biz tashkillashtirgan klub Moskvada birinchi, ammo Rossiyada birinchi emas, bilishimcha. MMA rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shish maqsadida, qolaversa, muhojirlikda yurgan o‘zbekistonlik vatandoshlarimizni bekorchi yo‘llarga kirmasligi, vaqtini mazmunli o‘tkazishi va kelajakda sportda o‘z yo‘lini tanlashi uchun buni ochdik, - deydi Sarvarbek.

Moskvada o‘zbek mehnat muhojirlari ochgan ilk MMA klubi
Moskvada o‘zbek mehnat muhojirlari ochgan ilk MMA klubi

U Moskvadagi birinchi o‘zbek MMA klubi Amir Temur tavalludining 682 yilligida ochilganini alohida e’tiborga sazovor, deb hisoblaydi.

- Klubimiz nomi “Barlos MMA Team”. Bilasiz, “Barlos” – Amir Temurning 92 elatidan birining nomidan olingan. MMA oxirgi bir necha yil ichida misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib ketdi. MMA-ga bo‘lgan qiziqish jangchi Konnor MakGregor bokschi Floyd Meyvezer bilan boks tushgani aralash janglarga bo‘lgan qiziqishni media va reklama yordamida juda oshirib yubordi. O‘zbekistonda rivojlangan “jangovar sambo” yoki “kikboksing”dan bollar MMAga o‘tib, o‘zlarini ko‘rsatishmoqda. Lekin davlat tomonidan unga yanada ko‘proq e’tibor berilsa bo‘lardi, chunki Sovet davridan mentalitetimizda MMA - bu “qoidasiz janglar” degan fikr qolib ketgan. MMA-da o‘ziga yarasha juda qattiq qoidalari bor, deydi Sarvarbek Sherbo‘taev.

U “Barlos MMA Team” aslida mehnat migrantlari uchun ochilgani va unda havaskor jangchilar mashq qilishi mumkinligini bildirdi.

Москвада илк ўзбек ММА клуби очилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:26 0:00

Sarvarbek mashqlar haftasiga uch marta – seshanba, payshanba va shanba kunlari kechki soat 8-dan 10-gacha bo‘lishi va MMA mashqlarini muhojir yigit va Moskvada tahsil olayotgan talabalar uchun Jamshidbek ismli o‘zbekistonlik malakali murabbiy olib borishini aytdi.

- Bizning mijozlarimiz asosan mehnat muhojirlari bo‘lgani sababli, ularning moddiy holatidan kelib chiqish kerak. Boshqa klublarda mashqlar oyiga o‘rtacha 4-5 ming rubl. Muhojirlarimiz uyga pul jo‘natishi kerakligini hisobga olib, oyiga 2,5 ming rubl qildik. Bu pullarning asosiy qismi murabbiy maoshi va zal arendasiga ketadi. Jami 12ta mashq bo‘ladi, uni Jamshidbek olib boradi. U O‘zbekistonda MMA turnirlarida ko‘p qatnashgan, o‘zi muhojir bo‘lib turib, Moskva shahridagi katta turnirlarda ham chiqishga tayyorlanmoqda, dedi Sarvarbek.

"Barlos" o‘zbekcha klub bo‘lishiga qaramasdan, unga millat, elat, diniy mansublik yoki irq bo‘yicha qabul qilinmasligi va istagan erkak odam qatnashishi aytildi.

Aralash yakkakurash sport klubi tashabbuschilari hozircha ayollar uchun mashq o‘tkazishga imkon yo‘qligi, ammo kelajakda - muhojir ayollar MMA-ga qiziqish bildirsa – ayollar bo‘limi ochilishi mumkinligini ham inkor etmadi.

Suhbat so‘nggida Sarvarbek Sherbo‘taev klubning ochilishiga O‘zbekistondagi “BUKA” sport anjomlari ishlab chiqaruvchi tashkilot homiylik qilgani va o‘zbekistonlik taniqli MMA jangchisi Mahmud Murodov yordami tekkanini minnatdorchilik bilan esladi.

Сарвар Шербўтаев: ММАга кўпроқ эътибор беришларини сўрардим!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:13 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonlik MMA ishqibozi “Barlos MMA Team” klubi yaqin kelajakda O‘zbekiston bayrog‘i ostida katta MMA turnirlariga malakali jangchilarni yetishtirib bera olishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston MMA Federatsiyasi 2018 yilning mart oyida ochilgan. Federatsiya rahbari etib Sunnat Ilyosov tayinlangandi.

Hozirda MMA sport turi bo‘yicha O‘zbekistondan Murod Xonto‘raev, Mahmud Murodov, Anvar Boynazarov, Nursulton Ro‘ziboev va boshqa ko‘plab o‘zbek MMAchilari xalqaro maydonda yirik natijalarni qayd etib kelmoqda.

Mixed Martial Arts (“Aralash yakkakurash jang san’atlari”) yoki MMA, yakkakurashning turli texnika, maktab va yo‘nalishlarini o‘zida birlashtirgan va keyingi yillarda ommalashib borayotgan sport turi.

O‘zbeklarning MMA klubi "Barlos" urug‘i nomi bilan ataladi
O‘zbeklarning MMA klubi "Barlos" urug‘i nomi bilan ataladi

Avvaliga “Qoidasiz jang” deb nomlanib kelingan MMA, 1995 yildan buyon “aralash yakkakurash” nomini oldi.

Boks, jiu-jitsu, pankration, dzyudo, kurash turlari, karate, kik-boksing, sambo va boshqa yo‘nalishlar usullarini qo‘llash mumkin bo‘lgan MMA, bugungi kunda asosan ko‘ngillilar va bu sport turi ishqibozlari sayi-harakatlari evaziga rivojlanmoqda.

“Shafqatsiz” va “qonli” deb nomlanishiga qaramasdan, 1993 yildan buyon MMA rasmiy musobaqalarida 4 kishi ringdagi jang davomida olingan jarohatlardan vafot etgani qaydga olingan.

XS
SM
MD
LG