“5 yildan buyon yozmagan joyim qolmadi, Prezident portaligacha yozdim”, - dedi OzodMikrofon bilan suhbatda toshkentlik huquqshunos Gulnora Oqilova. Rossiyada ishlayotgan ikki o‘g‘lini O‘zbekistonga qaytarib, ular bilan birgalikda Maishiy xizmat uyi qurish va qurilajak ishxonada ham o‘g‘illarini, ham boshqa bir necha o‘n kishini ish bilan ta’minlashni o‘ylagan Oqilovaning aytishicha, 5 yildan buyon tuman va shahar darajasidagi tegishli idoralardan na “yer yo‘q”, degan konkret javob oldi, na masalasi hal bo‘ldi.