Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:31

Kosmonavt Jonibekov: Rashidov o‘zbeklarning koinotga uchishini istagandi! (VIDEO)


Vladimir Jonibekov
Vladimir Jonibekov

O‘zbekistondan birinchi bo‘lib fazoga parvoz qilgan uchuvchi-kosmonavt Vladimir Jonibekov 12 aprel - “Kosmonavtlar kuni”da o‘zbekistonliklarga o‘z tabriklarini yubordi. Orbitada bo‘lish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan birinchi o‘zbek kosmonavti Ozodlikka eksklyuziv intervyu berdi.

Vladimir Jonibekov - birinchi o‘zbekistonlik kosmonavt!

Vladimir Jonibekov - 1942 yilda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan.

Aviatsiya general mayori, ikki karra Sovet ittifoqi Qaxramoni, Mug‘o‘liston Respublikasi Qaxramoni, Fransiyaning Sharaf Legioni ordeni va besh karra Lenin ordeni sohibi, uchuvchi-kosmonavt.

Birinchi kosmik parvozini 1978 y. 10—16 yanvarda "Soyuz-27" KK (kema komandiri) (O. G. Makarov bilan birga) va "Salyut-6" — "Soyuz-26" (ekipaj Yu. V. Romanenko va G. M. Grechko) — "Soyuz-27" orbital majmuasida bajargan. 1985—88 yillarda Kosmonavtlar tayyorlash markazi (KTM)da kosmonavtlar otryadining komandiri, 1988 yildan KTM Nazariy va hozirga qadar tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i.

Besh marotaba uchuvchilar guruhi kapitani lavozimida fazoga uchgan Jonibekov kosmosda 145 sutkadan ko‘p vaqt bo‘lgani xali xam rekordligicha qolmoqda.

Vladimir Jonibekovning nafaqat kosmonavt, balki rassom sifatida tanilgani ko‘pchilikka noma’lum.

Uning eskizlari asosida soatlar kolleksiyasi va birqancha pochta markalari yaratilgan.

Uning kosmos mavzuidagi ba’zi rasmlari badiiy ko‘rgazmalarda namoyish qilingan.

Pomir-Oloy tog‘laridagi cho‘qqi, koinotdagi kichik sayyoralardan biri, Toshkent viloyatining Shirin shahrida va Moskva viloyatidagi maktab "Vladimir Jonibekov" nomiga atalgan.

Toshkentdagi Kosmonavtlar xiyobonida Jonibekovga byust o‘rnatilgan (1984).

Hozirda 76 yoshga kirgan Vladimir Aleksandrovich Gagarin, Kaluga, Cherkessk (Rossiya); Arqaliq, Jezqazg‘an, Leninsk (Qozog‘iston); G‘azalkent, Chirchiq (O‘zbekiston); Xyuston (AQSh), Ulan-Bator (Mongoliya) shaharlari faxriy grajdanidir.

Vladimir Jonibekov Ozodlik bilan suhbatda koinot va yerdagi hayoti to‘g‘risida gapirib berdi.

Космонавт Жонибеков: Рашидов ўзбекларнинг коинотга учишини истаганди!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:02 0:00

"O‘zbekiston nufuzi ortib bormoqda!"

- Uchuvchi-olimlar ham turli irim-sirimlarga ishonadimi?

- “Soyuz-T13”-da 5-chi marotaba uchishdan oldin, bosh konstruktorimiz Valentin Glushko savol berib qoldi: “13 raqamini o‘zgartiramiz, balki?” Akademik, Bosh konstruktor “13 raqami rejamizni buzmasmikan”, deb qo‘rqib turardi! Xudo bor! Men bu so‘zlarni ming yillar oldin aytganlardan o‘zimni aqlliroq deb hisoblamayman. Shunday kuch borki, biz uni tushuntirib bera olmaymiz.

- Siz o‘zbekistonliklardan koinotga parvoz qilgan birinchi uchuvchisiz...

- Sharof Rashidovich koinotga o‘zbeklardan ham uchishlarini rosa istardi. Biz nomzod izlay boshladik. Xohlovchi nomzodlar uncha ko‘p emasdi. Asosan 5 odam, ularning deyarli hammasi vrach edi. Toshkent shahar 1-sonli shifoxona vrachlaridan birini Tibbiyot-biologiya muammolari instituti xira ko‘rishi va bosh suyagida jarohati borligi tufayli rad etdi. Shu tariqa, nomzodlarning hammasini sog‘ligi tufayli inkor etildi. Qolaversa, jangovar aviatsiyada o‘zbeklar juda ko‘p ham emasdi. Harbiy bo‘lmagan odamni esa Kosmonavtlarni tayyorlash markaziga joylashtirishning iloji yo‘q edi. Ammo shu bahonada biz Toshkentda Suvorov nomidagi aviatsiya bilim yurtini tashkil etishga erishdik.

- O‘zbekistonning fazoni kashf etishda qanday hissasi bor?

- Toshkentda Konstruktorlik byurosi mavjud edi va uni akademik Shavkat Vohidov boshqarardi. O‘zbekistonda bu tuzilma Oy, Zuhro, Marsda tuproq tahlilini oluvchi barcha moslamalarni yaratib kelgan. Ular Toshkentda yasalar, Parkent tog‘larida, qoya joylarda sinovdan o‘tardi.

Amerikaliklar Oyga qilgan safarlaridan sayyora yuzasidan olingan 400 kiloga yaqin tuproq keltirishdi. Toshkentda yasalgan parmamiz esa 2 metr chuqurlikni kovlab, tuproqni ehtiyotkorlik bilan, aralashtirmasdan trubkaga spiralsimon joylashtirib, Yerga olib keldi. Bunday noyob ishlarni boshqa hech kim qila olmagan. Shu tariqa bizning qo‘limizda 2 metr chuqurlikdan olingan Oy tuprog‘i kesigi bor!

Koinotga borib qaytganimdan keyin meni O‘zbekistonga, Fanlar Akademiyasiga taklif qilishdi. Axir biz u yerda paxta ekib, yetishtirib kelgandik. Navlardan biri o‘ta noyob chiqdi: tola uzunligi 78 mm ekan. Mutaxassislardan biri shunda “Vladimir, bilasizmi, mana shu ko‘rimsiz paxta niholi kelajakda “Salyut” stansiyasiga ketayotgan harajatlarni to‘liq qoplashi mumkin”, dedi.

- Koinotni qumsamaysizmi?

- Bir vaqtlar shunday bo‘ldi. Hozir yoshim to‘g‘ri kelmaydi...

- O‘zbekistonliklarga o‘z tilaklaringizni bildirsangiz.

- Respublikaga ravnaq topishiga tilakdoshman. Men katta o‘zgarishlar bo‘layotganini ko‘rayapman, yana koinot masalalari bo‘yicha qo‘mita tuzilayotgani quvonarli hol. O‘zini hurmat qiladigan davlatga zarur bo‘lgan bu o‘zgarishlar ko‘plab sohalarni qamrab olayotgani ko‘rinib turibdi. O‘zbekiston nufuzi ortib bormoqda. Xudo quvvatlasin!

XS
SM
MD
LG