O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida 11 aprel kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda uyushma raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. Yig‘ilishda Sirojiddin Sayyid uyushmaning yangi raisi sifatida tanishtirildi. Shu kuni o‘tkazilgan selektor majlisida Bosh vazir Abdulla Aripov Yozuvchilar uyushmasiga pul o‘tkazmagani uchun Xalq banki rahbarini koyidi.
Yozuvchilar uyushmasi bilan bog‘liq bu yangiliklarga munosabatini uyushmaning Sovet davridan buyon a’zosi Sharof Ubaydullaevdan so‘radik.