Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:26

Imomlar "jaholatga qarshi kurashish" uchun yoshlar bilan futbol o‘ynamoqda (VIDEO)


“Oramizda domlalar bor. Ularning nasihatlarini eshitib, gaplariga amal qilib, so‘kinishni, birovlarning diliga ozor berishni to‘xtatdik. Sabrli va iymonli bo‘lishga o‘rgandik”.

Bu gapni Botkendagi stadionlardan birida futbol o‘ynayotgan zargar Asanbek Amanbaev aytdi.

Имомлар "жаҳолатга қарши курашиш" учун ёшлар билан футбол ўйнамоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:02 0:00

Qirg‘izistonning Botken viloyatida imomlar yoshlarga islom dini asoslarini to‘g‘ri tushuntirish va ularni ekstremistik guruhlarga qo‘shilib qolishining oldini olish bo‘yicha yangicha uslublarni qo‘llay boshladi. Yoshlar bilan til topishish, ularga o‘z amru ma’ruflarini yetkazish maqsadida viloyatdagi imomlar futbol musobaqalarini uyushtirmoqda.

Imomlar uyushtiruvchigina bo‘lib qolmay, balki o‘zlari ham yoshlar bilan futbol o‘ynamoqda.

- Biz bu yerga kelib, yigitlar bilan futbol o‘ynaymiz. Bekorchilikdan turli noto‘g‘ri yo‘llarga, jinoyatchilikka kirib ketmasliklari uchun sport bilan shug‘ullantirayapmiz. Shu asnoda iymon, insof, ota-onaga, odamlarga hurmat kabilarni ham o‘rgatayapmiz. Avvalari futbol o‘ynaganlarida bir birlari bilan janjallashib, so‘kinishib ketar edilar. Hozir esa ancha muloyim bo‘lib qolishgan. Bir birlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishayapti, qo‘qisdan oyoqlariga tepib qo‘yishsa, “uzr, kechiring”, degan so‘zlarni aytishayapti. Shunday yo‘llar bilan dinimizning naqadar toza ekanini o‘rgatayapmiz, - dedi Botken viloyat qozisi o‘rinbosari Nuridin Mamasabirov.

Боткенлик имомлар даъват учун креатив усулларни қўлламоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:45 0:00

Imomlarning futbol maydonida mohirlik bilan to‘p tepishi va tanaffus paytida din arkonlaridan so‘zlashlari nafaqat yoshlarni, balki kattalarni ham qiziqtirib qo‘ydi. Shuning uchun bunday futbol o‘yinlariga katta yoshdagi odamlar ham kela boshlagan.

- Faqat yoshlar emas, turli sohada ishlovchi katta yoshdagi odamlar ham kelishayapti. Tanaffus paytida yoki futboldan keyin imomlarimizning dinimiz haqida gapirib berayotgan gaplari hammamizni to‘g‘ri yo‘lga boshlayapti, - dedi Botkendagi banklardan birida ishlovchi Manas Nazirov.

Botken viloyat qozisi o‘rinbosari Nuridin Mamasabirov futbol o‘yinlarini uyutirishdan maqsad nafaqat dinni tushuntirish, balki yoshlarni boshqalarning fikrini hurmat qilishga, o‘zgalarga nisbatan toqatli bo‘lishga o‘rgatish ekanini aytdi.

- Futbol o‘yinlarida o‘z huquqini himoya qila olmaydigan yoshlar ham bor ekan, boshqalarning ustidan hukmronlik qilishni istaydigan zo‘ravonlar ham bo‘lar ekan. Biz o‘z huquqini himoya qila olmaydigan yoshlarni ruhlantirib, rag‘batlantirib, zo‘ravonlarni odob ahloqqa chaqirayapmiz. Bundan maqsad odamlar o‘zaro birodar, o‘zaro teng va birdam ekanini tushuntirishdir. Biz shunga harakat qilayapmiz. Yoshlarning ham bu masalalarga qiziqishi katta bo‘layapti,- dedi Nuridin Mamasabirov.

Qozi o‘rinbosarining aytishicha, yoshlarni jinoyatchilik va zararli oqimlarga qo‘shilib qolishining oldini olish nafaqat huquq-tartibot tuzilmalarining, balki din ulamolarining ham burchidir.

XS
SM
MD
LG