Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:15

81 yoshli Elmurod Choriev Surxondaryodan O‘shga velosipedda yo‘lga chiqdi (VIDEO)


Elmurod Choriev Surxondaryodan Toshkentgacha bo‘lgan masofani 8 kunda bosib o‘tdi. Surat bloger Sanjar Said tomonidan taqdim etildi.
Elmurod Choriev Surxondaryodan Toshkentgacha bo‘lgan masofani 8 kunda bosib o‘tdi. Surat bloger Sanjar Said tomonidan taqdim etildi.

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida istiqomat qiluvchi 81 yoshli Elmurod Choriev sayohat qilish uchun velosipedda Qirg‘izistonga qarab yo‘lga chiqdi. Elmurod Choriev 8 kun yo‘l yurib Toshkentga 26 aprelda yetib kelgan.

81 ёшли Элмурод Чориев Сурхондарёдан Ўшга велосипедда йўлга чиқди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:39 0:00

Bloger Sanjar Said Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Elmurod Choriev bilan qilingan qisqa suhbat videosini e’lon qildi.

Videoda oqsoqol bir kunda yo‘lning past-balandligiga qarab 70−80 kilometrdan 120−130 kilometrgacha masofani bosib o‘tayotganini aytgan.

Elmurod Choriev Qirg‘izistonga kelib O‘sh shahrini ziyorat qilish istagida ekanini bildirdi.

-1958 yilda Andijon shahrida ochilgan bir yillik savdo kursida tahsil olganman. O‘shanda uch do‘stim bilan Qirg‘izistonning O‘sh shahriga sayohatga borganmiz. Andijondan yuz kilometr masofada bo‘lsa kerak, O‘sh shahri. Yana O‘shga bormoqchiman. Balki, Qirg‘izg‘istonning boshqa shaharlariga ham borarman, -dedi Elmurod Choriev.

(Video bloger Sanjar Saidning shaxsiy ruxsati bilan chop etilmoqda)

81 ёшли Элмурод Чориев Сурхoндарёдан Ўшга велосипедда йўлга чиқди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:13 0:00

Elmurod Choriev dastlab Surxondaryodan Xitoygacha borishini rejalashtirgan ekan. Biroq viza va boshqa xarajatlar qimmatga tushgani uchun safarini Qirg‘izistonda yakunlashga qaror qilgan.

Elmurod Choriev tongda yo‘lga chiqib, tunda yetib borgan qishloq yoki shahrida oddiy odamlarning uyida tunab qolayotganini aytdi.

-Shu kungacha hech kim menga tunash uchun joy bermay qo‘ygani yo‘q. Aksincha, mehmon qilishayapti, -dedi oqsoqol.

Keyingi paytda o‘zbekistonlik keksa yoshdagi qator odamlarning velosipedda sayohatga chiqqani to‘g‘risida xabarlar matbuotda e’lon qilinib turilibdi.

Buxoro viloyatining Peshku tumanida istiqomat qiluvchi 70 yoshli Muhammad Qudratov 7 apreldan velosipedda O‘zbekiston bo‘ylab sayohatini boshladi.

2017 yilning iyunida Namanganning Chortoq tumanida yashovchi 75 yashar Husan Hojiboev velosipedda Haj safariga yo‘lga chiqqan edi.

2 iyunda yo‘la chiqqan Husan Hojiboev 9 iyunda O‘zbekistonning Buxoro va Turkmanistonning Lebap viloyatlari orasidagi Farob chegara postigacha yetib borgan, lekin pasportida vizasi yo‘qligi sabab chegaradan o‘tolmay, ortga qaytishga majbur bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG