Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:29

Blogerlar denovlik dehqonlarning "o‘t ketayozgan uyini o‘chirishga" hissa qo‘shdi


Деҳқонлар далада картошка ва пиëзини ташлаб кетмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:05 0:00

Dehqonlar dalada kartoshka va piyozini tashlab ketmoqda

Ozodlikka Surxondaryoning Denovidan o‘tgan hafta kelgan videolarda kartoshka va piyoz yetishtirgan mahalliy dehqonlarning shikoyati aks etgan.

Ozodlik Denovdagi vaziyatni o‘rganar ekan, video olinganidan buyon o‘tgan bir hafta ichida ahvol yaxshi tomonga o‘zgarganini, bunda mahalliy blogerlarning hissasi katta ekanligini aniqladi.

Bir hafta oldin 200 so‘mga ham birov olmayotgan piyozni «O‘zbekoziqovqatxolding» 1200 so‘mdan sotib olishga qaror qildi.

Деҳқонлар далада картошка ва пиëзини ташлаб кетмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:05 0:00

"Dehqonlar piyozini tashlab ketvorayapti"

Ozodlikka kelgan videolardan birinchisida dala chetiga to‘kib qo‘yilgan uyum-uyum kartoshka aks etgan. Hosilning egasi urug‘lik kartoshkaning kilosini 4-5 ming so‘mdan sotib olgani, yangi hosilga esa, xaridor yarim pulini ham bermayotganini aytadi.

Блогерлар деновлик деҳқонларнинг "ўт кетаёзган уйини ўчиришга" ҳисса қўшди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:06 0:00
Бевосита линк

Yana bir videoda adog‘i ufqqa borib tutashadigan piyozpoya. Hosilning egasi bo‘lgan dehqon yigit piyozini birov 200 so‘mdan ham so‘ramayotganini, ba’zi dehqonlar hatto hosilini tashlab ketvorganini aytadi.

Bozorda necha pul?

Ayni paytda, Ozodlik Denov shahri bozorida kartoshkaning kilosi 2000, piyozning kilosi esa, 500 so‘mdan 800 so‘mgacha ekanligini aniqladi.

Asosan g‘alla va meva yetishtirishga ixtisoslashgan, kartoshka-piyoz ekilmaydigan Boysun tumanida ham narxlar deyarli Denovdagiday ekanligini Ozodlik muxbiri shu tuman hokimligi mulozimidan so‘rab bildi.

Video muallifi va dehqon nima dedi?

Shundan so‘ng videoni yuborgan denovlik bloger bilan bog‘landik.“Vaziyat o‘nglanib qoldi. Narxlar o‘sa boshladi”, - dedi u.

Blogerning yordami bilan denovlik dehqonlardan biri bilan gaplashdik. 10 so‘tix yerga piyoz ekkan bu dehqon vaziyatning o‘nglanganini tasdiqladi.

“O‘tgan kuni xabar keldi. Piyozni 700 so‘mdan, kartoshkani 1500 so‘mdan sotib olisharmish”, - dedi dehqon.

10 so‘tix yeridan 5-6 tonna piyoz yig‘ib olishni mo‘ljallab turgan bu dehqon, hali bir kilo ham piyoz sotmaganini, lekin ko‘ngli to‘q ekanligini bildirdi. “Yomg‘ir tinmayapti. Piyoz xo‘l. Sal qurisin, sotaman",- dedi u.

Dehqonning aytishicha, 700 so‘mlik narx piyozni yetishtirishga ketgan harajatlarini qoplab, 3-4 so‘m foyda qolishiga ham imkon beradi.

Viloyat hokimi Telegram orqali: Surxondaryo bu yil 35000 tonna piyoz eksport qiladi

Ozodlik denovlik dehqonlarning bozori kasod bo‘la boshlagani haqida mahalliy matbuotda birinchi bo‘lib denovlik yana bir bloger Shokir Sharipov bong urganini aniqlab, undan vaziyatni sharhlab berishni iltimos qildi.

Sharipov ham vaziyat o‘nglana boshlaganini e’tirof etar ekan, viloyat hokimi Erkin Turdimovga murojaat qilganini aytib berdi.

- Hokim bilan uning Telegrami orqali bog‘landim. “Hokim buva, odamlar qiynalib qoldi, ruhiy tushkunlikka tushib qoldi. Narx 200 ga, 100 so‘mgayam tushib qoldi. Birov olmay qo‘ydi piyozni”, deb yozdim. Keyin menga hokim javob berdi, dedi Shokir Sharipov va Ozodlikka hokimning Telegram orqali bergan javobini taqdim qildi. Mana o‘sha javob:

Denov Shokir:

Forwarded message:

Surxon [5/10/18]

Eksportga ruxsat suragan edik,taklifimiz ma’kullandi.kamida 35000tn piyoz eksport kilamiz. Bu bozorga uzini ijobiy natijasini kursatadi deb uylayman.

«O‘zbekoziqovqatxolding»dan xushxabar

Ma’lum bo‘lishicha, Shokir Sharipovdan olingan ma’lumotlar va videolarga (Ozodlikka kelgan videolar emas) tayanib, denovlik dehqonlarning tashvishlari to‘g‘risida mahalliy saytlar ham xabar qilgan.

Bu xabarlar ortidan «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi rasmiy saytida 15 may kuni mana bu xushxabar e’lon qilindi:

“Xolding kompaniya tarkibiga kiruvchi “O‘zagroeksport” AJ tan narxi 1 kg 590 so‘m bo‘lgan piyozni Surxondaryo viloyatidagi dexqon va fermer xo‘jaliklaridan munosib bo‘lgan 1 kg 1 200 so‘mdan xarid qilib oladi”.

Bu xabarda kartoshkaga oid gap yo‘q.

Hokimlik oldinroq pastroq narx belgilagani aytildi

Ayni paytda «O‘zbekoziqovqatxolding»ning xushxabariga soya soladigan boshqa bir xabar ham bor. Denov tuman hokimligiga yaqin bir manbaning Ozodlikka bildirishicha, hokimlik 7 may kuni (Ozodlikka shikoyat kelishidan bir hafta oldin) piyozni dehqonlardan 700 so‘mdan sotib olishga qaror qilgan. (Yuqorida gaplashganimiz dehqonning gapini eslang)

Hokimlikka beriladigan savollar

Bas, shunday ekan, nima uchun bu yangilikni dehqonlar o‘z vaqtida bilmadi?

Eng muhimi, piyoz «O‘zbekoziqovqatxolding» e’lon qilgan 1 200 so‘mdan sotib olinadimi yoki 700 so‘mdanmi?

Bu savollarni berish uchun Denov tuman hokimligi bilan 17 may kuni bog‘lanib bo‘lmadi. Shu kuni nafaqat hokimlik, balki tumandagi boshqa tashkilotlarning ham statsionar telefonlariga tushish imkonsiz bo‘ldi.

Denovlik bloger Shokir Sharipovning fikricha, kartoshka-piyoz bilan bog‘liq vaziyat kun tartibiga boshqa savollarni ham chiqarmoqda.

"Vaziyat nega ertaroq o‘rganilmadi, vaziyatga to‘g‘ri baho berib, yetishtirilayotgan mahsulot hajmi hisobga olinib, eksport qilishga tegishli choralar nega ertaroq ko‘rilmadi? Axir,oqibatda, piyoz hosilining bir qismi nobud bo‘ldi, narx tushib ketgani uchun ba’zi dehqonlar piyozni yerda qoldirib ketgan hollar bo‘ldiku?!"- deb yozdi Telegram orqali denovlik bloger.

XS
SM
MD
LG