Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 06:17

Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri ortidan sobiq mer, deputat va 99 bojxonachi qamoqqa olindi (VIDEO)


Sobiq bosh vazir Sapar Isaqov (chapda) va Bishkekning sobiq meri Kubanichbek Qulmatov.
Sobiq bosh vazir Sapar Isaqov (chapda) va Bishkekning sobiq meri Kubanichbek Qulmatov.
Қирғизистон собиқ бош вазири ортидан собиқ мэр, депутат ва 99 божхоначи қамоққа олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:45 0:00

Bir kunda uch nafar "sobiq" qamoqqa olindi

Bishkekda 5 iyun kuni sobiq bosh vazir Sapar Isaqov sud hukmi bilan ehtiyot chorasi sifatida hibsga olinganidan ikki soat o‘tgach poytaxt Bishkekning sobiq meri va Qirg‘iziston bojxona xizmatining sobiq boshlig‘i Kubanichbek Qulmatov ham qamoqqa olindi.

6 iyun kuni parlamentdagi hukmron Sotsial-demokratlar fraksiyasi deputati O‘smo‘nbek Artiqbaev ham milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan hibs qilingani ma’lum bo‘ldi.

Ularning barchasi Bishkekdagi issiqlik stansiyasini modernizatsiya qilish bilan bog‘liq jarayonda katta miqdordagi korrupsiyada ayblanmoqda.

Собиқ бош вазир Сапар Исақовнинг қамоққа олиниши
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:01 0:00

Kim nimada ayblanyapti?

Sobiq bosh vazir Sapar Isaqov korrupsiyaga yo‘l berganlikda;

Bishkek sobiq meri Kubanichbek Qulmatov issiqlik stansiyasi modernizatsiyasi va Kalis O‘rdo‘ mavzesidagi maktab qurilishi uchun ajratilgan mablag‘dan noqonuniy foydalanishda;

Deputat O‘smo‘nbek Artiqbaev Energetika vaziri bo‘lib turganida issiqlik stansiyasi modernizatsiyasi masalasida Xitoyning TVEA shirkati bilan Qirg‘iziston manfaatlariga zid keluvchi shartnomani imzolaganlikda ayblanmoqda.

Бишкекнинг собиқ мэри Қулматовнинг қамоққа олиниши
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:19 0:00

Siyosatshunos: Bu qama-qamalar siyosiy-ijtimoiy vaziyatga ta’sir ko‘rsata olmaydi

Hibs qilinganlarning barchasi sobiq prezident Almazbek Atambaevning yaqin va ishonchli odamlari hisoblanadi. Shuning uchun ayrim siyosatchilar bu holatni Atambaevni siyosiy maydondagi ta’sirini bartaraf etishga qaratilgan harakat sifatida izohlamoqdalar.

Lekin siyosatshunos, professor Almazbek Akmataliev amaldorlarning qo‘lga olinishini prezident Jeenbekov e’lon qilgan korrupsiyaga qarshi urushning boshlanishi sifatida qabul qilish lozim, degan fikrda.

-Bu qama-qamalarning siyosiy-ijitmoiy vaziyatga hech qanday ta’siri bo‘lmaydi. Sobiq prezident bilan amaldagi prezidentning o‘rtasidagi munosabatlar allaqachon buzilgan. Jeenbekov prezident sifatida o‘z siyosatini olib bormoqda. Bu hibslarni korrupsiyaga qarshi urush doirasidagi harakatlar sifatida qabul qilish kerak, - dedi Almazbek Akmataliev.

Siyosatshunos: Ayrim shubhalar bor

Biroq siyosatshunos Emil Juraev sobiqlarga ochilgan jinoyat ishlarining shubhali jihatlari borligiga e’tibor qaratdi:

- Sapar Isaqovga bog‘liq jinoyat ishida ayrim ma’lumotlarning aniqligiga shubha bor. Masalan, katta miqdordagi korrupsiya haqida so‘z borayapti, ammo hibsga olinganlar bu korrupsiyaga aynan qaysi jihatdan aralashgani, qanday bosqichda qanday ishlarni qilgani to‘g‘risida isbot-dalillar aytilmadi, -dedi Emil Juraev.

Korrupsiyada ayblanib qamalgan 99 bojxonachi

Prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov bir necha oy avval korrupsiyaga qarshi shafqatsiz urush boshlanishini e’lon qilgan edi. So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, korrupsiyaga qarshi urush bojxona va huquq-tartibot tuzilmalaridan boshlangan.

5 iyun kuni bojxonadagi korrupsiya yuzasidan 2018 yil davomida 99 nafar bojxonachi, jumladan, Markaziy bojxonaning sobiq rahbari Nurbek Aybashev va Davlat boj xizmatidagi boshqarmalardan birining sobiq rahbari Zamirbek Niyazaliev qamoqqa olingani xabar qilingan edi.

Ayblovlarga asos bo‘lgan 385 million dollar

Bishkek Issiqlik elektr stansiyasi Sapar Isaqov bosh vazir bo‘lib turgan 2017 yilda 385 million dollarga modernizatsiya qilingan edi.

Biroq qish mavsumining eng ayozli kunlarida yangi ta’mirdan chiqarilgan issiqlik elektr stansiyasida favqulodda holatda avariya yuz berib, Qirg‘iziston poytaxti aholisi o‘n kundan ko‘proq sovuqda qolgan.

Shundan so‘ng parlament va huquq-tartibot tuzilmalari tekshiruv o‘tkazib, stantsiya ta’miriga ajratilgan 385 million dollar mablag‘ nimalarga sarflanganini aniqlay olmagani ortidan jinoyat ishi ochilgan edi.

Prezidentning "ishonchli odam"lari

Saprar Isaqov va Kubanichbek Qulmatov sobiq prezident Almazbek Atambaevning eng yaqin odamlaridan biri sifatida ko‘riladi. O‘smo‘nbek Artiqbaev Atambaev asos solgan Sotsial-demokratlar partiyasidan parlamentga deputat bo‘lgan.

2017 yilda Bosh vazir lavozimiga saylangan Sapar Isaqov joriy yilning 19 aprelь kuni Qirg‘iziston parlamenti Hukumatga ishonchsizlik bildirish to‘g‘risida qaror qabul qilgani ortidan iste’fo berishga majbur bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG