Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:37

AQShda tashlab yuborilgan salfetka yordamida 32 yillik qotillik jumbog‘i yechildi


AQShning Vashington shtatida 32 yil oldin sodir bo‘lgan zo‘rlash va qotillik jumbog‘i uloqtirilgan salfetka, DNK testlari hamda genetik genealogiya yordamida echildi.

Zo‘rlash hamda qotillikda ayblanayotgan 66 yoshdagi Geri Hartman sudi dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.

1986 yilning 26 martida Vashington shtatidagi Takoma shahrining 12 yoshli turg‘uni Mishella Uelch parkda ikki singlisi bilan o‘ynayotib bedarak yo‘qolgan edi.

2006 yilga kelib politsiya xodimlari jinoyat sodir etilgan joydagi jismlarda qolgan DNKni aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Ammo bu DNK mamlakatdagi ma’lum jinoyatchilar ma’lumot bazasidagi DNKlarga mos tushmagan.

Oradan 12 yil o‘tib, genetik genealogiya tufayli mazkur ishda ilgari siljish bo‘ldi.

Hozirgi kunga kelib genetik genealogiya bo‘yicha yirik ma’lumot bazalari hamda arxivlar yaratilgan.

Bunday ma’lumot bazalariga 23andMe hamda Ancestry.com shirkatlari yordamida o‘z oilasi tarixi va genealogiyasini o‘rganayotgan shaxslar ham hissa qo‘shib keladi.

Takoma politsiyasi yetakchisi Don Ramsdell genetik genealogiya haqida:

- Genetik genealogiya DNK texnologiyasi yordamida noma’lum profillarni biror oila a’zoziga solishtirgan holda sub’ektlarni aniqlaydi, - deydi u. - Buning ortidan ommaga ochiq saytlar yordamida an’anaviy genealogiyadan foydalanib oila daraxti tuziladi.

Mazkur texnologiya yordamida Mishella ishi ustida ishlayotgan politsiya xodimlari ikki aka-ukani aniqlagan.

Bu shaxslar 1986 yildagi yoshi va yashash joyi tufayli politsiya e’tiboriga tushgan.

Gumonlanuvchilarni politsiya kuzata boshlagan va ularning DNKsini olish uchun qulay fursat kutgan.

Yaqinda Geri Hartman Vashington shtatidagi restoranlardan birida ovqatlangan.

Hartman uni qo‘shni stolda kuzatib o‘tirgan politsiya xodimlarini payqamagan.

Politsiya xodimlari gumonlanuvchi ishlatib bo‘lib uloqtirgan salfetkani olib, laboratoriyaga yuborgan.

Natijada Hartman DNKsi Mishella Uelch tanasida topilgan DNKga mos kelishi aniqlangan.

Ushbu ish tafsilotlari jamoatchilikka ma’lum bo‘lar ekan, Pirs okrugi tergovchisi Mark Lindkuist jinoyatchilarni ogohlantirdi.

- Hozir shunday zamonki, jinoyat sodir etilgan joyda DNKsini qoldirgan jinoyatchilar o‘zlarini politsiyaga topshirsa bo‘ladi. Ularni baribir qo‘lga olamiz, - dedi u.

Joriy yilning aprel oyida genetik genealogiya yormdamida 1970-80 yillarda 12 odamni o‘ldirishda, 50 odamni zo‘rlashda hamda o‘nlab o‘g‘irlikka qo‘l urishda ayblangan va “Oltin shtat qotili” nomi bilan ma’lum bo‘lgan qotil ekanligi gumonlangan shaxs qo‘lga olingan edi.

XS
SM
MD
LG