Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:45

Saraton tanada tarqalishiga olib keluvchi 11gen aniqlandi


Kanadaning Alberta universiteti tadqiqotchilari tanada saraton tarqalishi oldini olishda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan genlarni aniqladi.

Nature Communications ilmiy jurnalida chop etilgan maqolada e’tirof etilishicha, yangi aniqlangan genlarga to‘siq qo‘yish 99,5 foiz holatlarda tirik hujayralarda saraton metastazi oldini olgan.

Maqola mualliflaridan biri Jon Lyuis:

- Saratonga chalingan barcha bermorlarning 90 foizi metastaz tufayli vafot etadi. Ushbu izlanishimiz bilan metastazni to‘xtatishning 11 potensial uslubini ko‘rsatib berdik, - dedi.

Tadqiqot mualliflari qush embrioni yordamida saraton hujayralari o‘sishi va tarqalishini kuzatgan.

Tajriba davomida sochto‘g‘nog‘ich shaklidagi qisqa RNK (shRNA) vektorilari saratonli hujayralarga kiritilgan.

Natijada, bu RNKlar muayyan genlarga yopishib, ularning harakatga kelishiga to‘sqinlik qilgan.

Buning ortidan ushbu saratonli hujayralar embrionlarga kiritilgan.

Natijada, mazkur hujayralar saraton birikmalarini hosil qilgan va qaysi hujayralarda metastaz yo‘qligini ko‘rsatib bergan.

Maqola mualliflaridan biri Konstantin Stoletov:

- Saratonning zich koloniyalarini topdik, natijada metastaz uchun barcha yo‘llar bekildi, - dedi u. - Buning ortidan ularni ajratib olib, qaysi gen ekanligini aniqlashga hamda gen metastaz uchun chindan mas’ul ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldik.

Shu yo‘l bilan Lyuis boshchiligadi guruh metastazda rol o‘ynovchi 11 genni aniqlagan.

Endilikda ular metastazga aloqador genlarni dorilar yordamida to‘xtatish ustida bosh qotiradi.

Shuningdek, keyingi yillarda inson hujayralari bilan tajribalar o‘tkaziladi.

Tadqiqotni Kanada saraton jamiyati hamda Alberta saraton jamg‘armasi moliyalashtirgan.

XS
SM
MD
LG