Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 10:24

Eski pasport muddati yana 1 yilga uzaytirilishi mumkin. Hukumat qarori kutilmoqda.


Samarqandda pasport olish uchun navbat
Samarqandda pasport olish uchun navbat

Ichki ishlar vazirligidagi manbaga ko‘ra, O‘zbekistonda eski (nobiometrik) pasportlarning amal qilish muddatini kamida yana bir yilga uzaytirish rejalanmoqda. Muddatni uzaytirishni so‘rab, hukumatga murojaat qilingan va hozirda bu boradagi qaror kutilayapti. Eski pasportlarning amal qilish muddati joriy yilning 1 iyulidan boshlab tugashi kerak edi.

Muddatni kamida 1 yilga uzaytirish rejasi

Hozir hukumat qarori kutilayapti. 1 iyulgacha e’lon qilinadi. Eski pasportlar muddati kamida yana bir yilgacha uzaytirilishi mumkin

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mulozimlaridan biri Ozodlik bilan mikrofonsiz suhbatda aytishicha, vazirlik eski pasport muddatini uzaytirishni so‘rab hukumatga murojaat qilgan va hukumatning bu boradagi qarori 1 iyulgacha e’lon qilinishi kutilmoqda.

“Vazirlik tegishli tashkilotlar bilan birgalikda eski pasport muddatini uzaytirishni so‘rab, hukumatga murojaat qilgan. Hozir hukumat qarori kutilayapti. 1 iyulgacha e’lon qilinadi. Eski pasportlar muddati kamida yana bir yilgacha uzaytirilishi mumkin”, dedi IIV mulozimi.

IIV rasmiylari pasport uzaytirilishi borasida Ozodlikka rasmiy izoh bermadi.

IIV mulozimining qo‘shimcha qilishicha, pasport muddatini uzaytirish rejasi hozircha matbuotdan sir saqlanmoqda.


Jarima haqidagi e’lon va turnaqator navbatlar

“Agar bu haqda e’lon qilinsa, yana odamlar bemalollashib qoladi. Pasport stollardagi turnaqator navbatlar bir kunda yo‘qoladi. Odamlarimiz har bir ishni oxirgi kunga taqab qilishni yaxshi ko‘rishadi. 2011 yildan buyon pasport almashtirilayapti. Lekin oxirgi 2-3 oy hamma pasport almashtirish uchun yopirilib kelishdi” deydi vazirlik mulozimi.

Joriy yil aprelida IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi nobiometrik pasportlarni almashtirish muddati 2018 yil 1 iyulda tugashi va bu muddat ichida eski pasportini yangi biometrik pasportga almashtirmaganlar uch minimal oylik miqdorigacha jarimaga tortilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Ushbu e’londan so‘ng mamlakatning barcha hududlaridagi pasport bo‘limlari oldida turnaqator navbatlar paydo bo‘ldi.

Baribir to‘lay olmaganidan keyin shtraf qo‘yishni nima keragi bor.

“Odamlarni bittagina shtraf bilan qo‘rqitish mumkin ekan. Shu paytgacha bemalol yurgan odamlar, shtrafni eshitgach, pasport stollarga yopirilib kelishdi. Hozir pasporti almashtirilmaganlar soni jami 10 foizcha qolgan. Bu kichkina raqam, lekin 1 iyuldan boshlab shtraf qilish boshlansa, odamlarning shtrafni to‘lashga qurbi yetmaydi. Baribir to‘lay olmaganidan keyin shtraf qo‘yishni nima keragi bor. Shular inobatga olingan. Boshida 3 barabar edi shtraf, uni deputatlar yordamida yarim barobargacha tushirishdi. Hozir muddatning uzaytirilishiga faqat pasport stollar yoki personallashtirish markazining ulgurmasligi jiddiy sabab emas. Bu yerda odamlarning moliyaviy imkoniyati ham hisobga olinayapti”, dedi IIV mulozimi Ozodlik bilan 25 iyun kungi suhbatda.

Эски паспорт муддати тугаяпти¸ паспорт столларида ур-йиқит
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:56 0:00

Aholiga pasportni almashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyat berish masadida Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda uning tumanlardagi bo‘limlari 26 maydan boshlab, har kuni (yakshanba ham) tongi soat 9da emas, balki 8 da ish boshlashni yo‘lga qo‘ydi.

Shunga qaramay ayrim viloyatlarda pasport stoli oldida navbatlar nihoyatda ko‘pligi sababli ayrimlar 1 iyulgacha ham pasportini almashtirishga ulgurmasligi mumkin.

Pasport stollardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, pasport almashtirish uchun ariza topshirganlar soni keskin oshgani sabab pasportni tayyorlash muddati ham uzaygan.

Pasport almashtirish uchun yana uch oy kutish kerak ekan. Buni qanday tushinish mumkin?

Odatda 10 ish kunida berilishi kerak bo‘lgan pasport aksar viloyatlarda, jumladan, Namangan pasport stollarida oylab kutilmoqda.

Namangan shahridagi pasport bo‘limidagi navbat. Surat 23 iyun kuni olingan.
Namangan shahridagi pasport bo‘limidagi navbat. Surat 23 iyun kuni olingan.

“Namangan shahri pasport stolida odamlar sarson, pasport almashtirish uchun yana uch oy kutish kerak ekan. Buni qanday tushinish mumkin? Pasport almashtirish uchun to‘lov qilishingiz kerak. To‘lov qilish uchun pasport stoli schet nomer beradi, buni bir kun kutasiz. To‘lov qilish uchun ham kamida 4-5 soat kutasiz. Keyin ariza blanka olish uchun yarim kun kutasiz. Hamma to‘lov va arizani to‘g‘rilab olib kirsangiz, «uch oydan so‘ng kelasiz» deydi. 2018 yil 1 iyulda eski pasportlarning amal qilish muddati tugaydi, deb elon qilingan, lekin yangi biometrik pasportni olish uchun 2018 yil sentabr oyida borarkanmiz. O‘shanda eski pasportni topshirib, yangisini almashish uchun suratga tushgani navbat kelar ekan", deydi namanganlik mushtariy ismini ochiqlamaslik sharti bilan.

​O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2015 yil 6 fevral kuni e’lon qilgan qarorga ko‘ra, joriy yilning 1 iyulidan boshlab o‘zbekistonliklarning eski (nobiometrik) turdagi pasporti muddati tugaydi.

O‘zbekistonda 2011 yilning yanvaridan boshlangan biometrik pasportga o‘tish jarayoni 2015 yilning dekabriga qadar to‘la yakunlanishi ko‘zda tutilgan edi.

Dastlab eski rusumdagi pasportlarning 2015 yil 31 dekabrigacha amalda bo‘lishi e’lon qilingan.

Keyinchalik Vazirlar Mahkamasi eski pasportlarning mamlakat ichidagi amal qilish muddatini 2018 yil 1 iyuligacha uzaytirdi.

Lekin xorijda eski pasport bilan yurgan O‘zbekiston fuqarosi amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa, undan vataniga qaytish uchun uchinchi mamlakatlar hududi orqali tranzit o‘tishlari uchun bir martalik hujjat sifatida foydalanishi mumkin.

XS
SM
MD
LG