Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 04:33

Atambaev Raim millionning lavozimiga qayta tiklanishini "o‘ch olish" deb baholadi


Raim Matraimov
Raim Matraimov

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambaev “Raim million” degan nom bilan tanilgan Raim Matraimov sud hukmi bilan yana lavozimiga tiklanganini amaldagi hukumatning siyosiy opponentlardan “o‘ch olish amaliyoti” sifatida baholadi.

Atambaev Bishkek shahar Birinchi May tuman sudi Matraimovni lavozimiga tiklash to‘g‘risida 25 iyulda qabul qilgan qarorga munosabat bildirar ekan: “Afsuski, prezident Jeenbekovga shaxsan va 31 martdagi ommaviy chiqishimda qilgan ogohlantirishlarim hamda maslahatlarim e’tiborga olinmadi... Siyosiy opponentlarga qarshi korrupsiyaga nisbatan ishonchli kurash niqobi ostida olib borilayotgan repressiyalar davlatni va u e’lon qilgan korrupsiyaga qarshi kurashni diskreditatsiya qilmoqda”, deb bildirdi.

Sobiq prezident fikricha, Raim Matraimovning ishga qayta tiklanishi yangi prezident Jeenbekov davrida korrupsiyada ayblanib qamoqqa olingan Atambaevning eng yaqin maslaqdoshlari – sobiq bosh vazir Sapar Isaqov, bojxonaning sobiq boshlig‘i Quvanichbek Qulmatov, Bishkek shahar sobiq meri Albek Ibraimov va boshqalarni obro‘sizlantirish va “o‘ch olish” harakatidir.

Qirg‘iziston bojxona xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan Raim Matraimov 2017 yilda Almazbek Atambaev prezident sifatida eng oxirgi ish kunini yakunlayotgan paytda ishdan olingan edi. O‘sha paytdagi Bosh vazir Sapar Isaqov buyrug‘ida Matraimov hukumat ishonchini yo‘qotgani uchun lavozimidan bo‘shatilgani qayd etilgan.

Siyosiy tahlilchi Almazbek Akmataliev sobiq prezident Atambaevning bayonoti tushunarsiz ekanini aytadi:

-Uning bojxona boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib tayinlanishida shaxsan Atambaevning hissasi bor. Agar Raim million korruptsioner bo‘lsa, nega Atambaev uni olti yil lavozimida saqlab turdi? Nega uning boyishiga Atambaev sharoit yaratib berdi? Mana shu savollar ochiq qolmoqda, -dedi tahlilchi.

Qirg‘iz parlamentining sobiq deputati Meerbek Miskenbaev esa Atambaevnining so‘zlarida jon bor deb hisoblaydi:

-Sapar Isaqovni Raim millionni ishdan olganlari uchun qamadilar. Bojxona boshlig‘i Qulmatovni ham Matraimovning ishlarini fosh etgani uchun qamashdi. Amaldagi prezident Jeenbekovning korrupsiyaga qarshi kurashayotgani to‘g‘risidagi gaplari ertak xolos,-dedi sobiq deputat.

Qirg‘izistonlik faollarning asosiy qismi Raim Matraimovning sud tomonidan lavozimiga qayta tiklanishini mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashga berilgan katta zarba, prezident siyosatiga xoinlik sifatida baholamoqdalar.

Qirg‘iziston hukumati hozircha sudning bu qaroriga munosabat bildirmadi. Hukumat matbuot ximzatining bildirishicha, hozircha qaror ma’muriyatga yetib kelmagan.

“Qarorni hukumatga yetib kelganidan so‘ng munosabat bildiriladi. Hukumatning yuqori sud instansiyalariga shikoyat arizasi kiritish huquqi bor”, dedi hukumat matbuot kotibi Chingiz Esengulov.

XS
SM
MD
LG