Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:34

O‘zbek muhojiri: 27 yoshdagi akam 50 yoshni urib qo‘yganga o‘xshaydi!


Nazmiddin Saipovning hozirgi va burungi ko‘rinishi
Nazmiddin Saipovning hozirgi va burungi ko‘rinishi

Qozog‘istonda bundan 9 yil oldin dom-daraksiz ketgan samarqandlik 28 yashar Nazmiddin Saipovni yaqinlari qidirmoqda. Yo‘qolgan muhojirning Ozodlikka ulangan ukasi Fazliddin bir necha kun oldin akasining tirikligi to‘g‘risida Taroz shahridan xabar chiqqanini gapirib berdi.

"Akam daragi Telegram tarmoqlari orqali chiqdi!"

2009 yilning o‘rtalarida Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kelayotgan Nazmiddin Saipov qozoq chegarachilari tomonidan ushlab qolingan va o‘shandan boshlab u bilan aloqa uzilgan.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan Nazmidinning ukasi Fazliddin 9 yil davomida ota-onasi, yaqinlari izlamagan va murojaat qilmagan joyi qolmaganini bildirdi.

Fazliddin akasining Qozog‘istondan Telegram kanallari orqali yuborilgan fotosuratini ham Ozodlikka taqdim etdi.

27 yashar Nazmiddin Saipovning Tarazda olingan oxirgi fotosurati
27 yashar Nazmiddin Saipovning Tarazda olingan oxirgi fotosurati

- Bu odam - mening akam, 1990 yilda Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Nurbuloq qishlog‘ida tug‘ilgan. Nazmiddin Xudoyberdievich Saipov. 2009 yilgacha akam Rossiyaning Vladivostok shahrida ishlab, O‘zbekistonga poezdda ketyatuvdi. 2009 yil 12 sentabr kuni O‘zbekistonga akam kirib borishi kerak edi, ammo kirmadi – mana 9 yil bo‘lyapti. Biz u tushib qolgan stansiya Sariog‘ochdan Chimkentgacha bo‘lgan joylarni ko‘p izladik. Bir necha kun oldin Telegram kanali orqali xabar topdik: qo‘shnimiz ko‘rib qolibdi – Nazmiddin Taraz shahrida qiynalib yuribdi ekan. Xabar tarqatgan odamlar qo‘qonlik bolalar ekan – “O‘zi gapirmaydi, qo‘rqib, u yoq-bu yoqda yuradi. Yaqinda qochgan va hozir bir shofyorning uyida yashayapti, biz qarab turibmiz, kelib olib ketinglar”, deb yozdi bizga. Biz bordik ikki kunda, ammo o‘sha shofyor odamning uyidan topa olmadik. “O‘zbekistonga ketaman, deb chiqib ketdi u!”, deyishdi. Uning hozirgacha qaerda ekanini bilmayapmiz, - dedi akasini izlayotgan Fazliddin.

Fazliddin unga Telegram orqali akasini izlashda ko‘maklashayotgan Qozog‘istondagi o‘zbek muhojirlariga alohida rahmat aytib, u Qozog‘iston hukumati va O‘zbekiston mutassadilari yordamisiz daragi chiqqan akasini topish qiyin bo‘layotganini ma’lum qildi.

Фазлиддин Саипов: Акамни охирги маротаба Таразда кўришган!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:15 0:00
Бевосита линк

Shu orada Saipovlar Nazmiddin masalasida deyarli barcha rasmiy idoralarga murojaat qilib ko‘rgan, ammo natija bo‘lmagani oydinlashdi.

- Onam qand kasal bo‘lib qoldilar – yordam berganlarni yaxshiligini unutmaymiz, akamni topishda yordam berishsin! Portalga, mahalla va tuman, undan yuqori organlarga murojaat qildik, Toshkent prokuraturasiga, o‘ziga ishongan qozog‘istonlik odamlargayam pul berib izladik – foydasi bo‘lmadi. Akam 27 yoshda endi – suratda 50 yoshni urib qo‘yganga o‘xshaydi! Qiynalgan va tanib bo‘lmaydigan bo‘lsa ham, akamni kulib turadigan odatidan tanisa bo‘ladi, deya ko‘ziga yosh oldi Fazliddin Saipov.

Nazmiddin Saipovning Qozog‘istonda dom daraksiz ketishidan oldingi fotosurati
Nazmiddin Saipovning Qozog‘istonda dom daraksiz ketishidan oldingi fotosurati

Ozodlik bilan suhbatlashgan Nazmidinning yaqinlaridan yana biri - xolavachchasi Gulmamad qullikka tushib qolgani taxmin qilinayotgan bo‘lasi qattiq kaltaklangan bo‘lishi va es-hushi biroz joyida bo‘lmasligi mumkinligini taxmin qildi.

- Akam 9 yil uni tushirib qoldirgan melisanikida ishlagan, u yerdan qochib chiqqandan keyin Tarazda bir shofyornikiga kelib ishlagan. Qo‘qonlik bollar uni o‘shanikida ko‘rgan va “Meni izlashyapti ekan!”, deb chiqib ketgan.O‘sha paytda qozog‘istonlik shofyor odam aytibdiki “Uni kallasi joyida emas – qattiq urgan buni, miyasida sotryaseniesi bor”, degan. Shu sababli bizni eshitayotganlar – yordam qilinglar, demoqchimiz, dedi Gulmurod.

Taraz politsiyasi: Qo‘limizdan kelgan yordamni ko‘rsatamiz!

Qidiruvda bo‘lgan Nazmiddin og‘ir iqtisodiy qiyinchilik tufayli Rossiyaga chiqib ketganida 16 yoshda edi.

Oilada o‘rtancha farzand bo‘lgan Nazmiddin Saipov hozirda Qozog‘istonning Taraz shahrida yoki uning yon atrofidagi qishloq-ovullarda bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Ozodlik Jambul viloyati politsiya bo‘limiga Nazmiddin Saipov masalasida murojaat qilib ko‘rdi.

Taraz shahri Qidiruv bo‘limi boshlig‘i Medet Mirzaqulov Ozodlik so‘roviga Qozog‘iston yoki xorij davlati vatandoshlari Taraz shahri Ichki ishlar bo‘limiga rasmiy xat bilan murojaat qilishlari mumkinligini bildirdi.

- Bizga, Jambul viloyati Taraz shahri Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i nomiga rasmiy xat bilan murojaat qilishsa, albatta, qo‘limizdan kelgan yordamni beramiz, - deya va’da berdi hozircha Nazmiddin Saipov qidiruvi masalasida hech qanday ariza tushmaganini bildirgan Taraz shahri qidiruv bo‘limi boshlig‘i.

Ozodlik Radiosi 1990 yilning 5 martida Samarkand viloyati, Nurobod tumani, Nurbuloq qishlog‘ida vatandoshi Saipov Nazmiddin Xudoyberdievichni ko‘rgan-bilganlarni Ozodlik tahririyati yoki +7(999)0822392 (WhatsAp,IMO, Telegram) raqamiga murojaat qilishlarini so‘raydi.

Walk Free Foundation tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoda 40 milliondan ziyod odam qullikda saqlanmoqda.

Qullik bo‘yicha birinchilikni Afrika, Osiyo va Tinch Okeani mintaqalari egallab kelmoqda.

Walk Free Foundation birgina Qozog‘istonning o‘zida 75 mingdan ziyod qullik sharoitida qolayotgan odamlar borligini qayd etib keladi.

XS
SM
MD
LG