Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 02:35

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston tarixida taekvando bo‘yicha birinchi jahon chempioni Denis Shokin yutqazdi


O‘zbekiston tarixidagi taekvando bo‘yicha birinchi jahon chempioni Denis Shokinni Osiyo chempioni unvonidan mahrum etgan eronlik sportchi Sayid Rajabiy.
O‘zbekiston tarixidagi taekvando bo‘yicha birinchi jahon chempioni Denis Shokinni Osiyo chempioni unvonidan mahrum etgan eronlik sportchi Sayid Rajabiy.

Indoneziyada o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida 21 avgust kuni O‘zbekiston sportchilari yana uchta medalni qo‘lga kiritdi.

Milliy Olimpiya qo‘mitasining bildirishicha, 62 kilo vazn toifasida og‘ir atletikachi Adhamjon Ergashev umumiy hisobda 298 kg toshni ko‘tarib bronza medalni oldi.

Taekvondo bellashuvlarida ayollar o‘rtasida +67kilo vazn toifasida finalga chiqqan Svetlana Osipova qozog‘istonlik Deniz Kaneselga yutqazib qo‘ydi va bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Осиё ўйинлари: Ўзбекистон тарихида таэквандо бўйича биринчи жаҳон чемпиони Денис Шокин ютқазди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:57 0:00
Бевосита линк

Taekvondo bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi musobaqada +80kg vazn toifasida Dmitriy Shokin finalda birinchi o‘rin uchun bo‘lgan musobaqada eronlik Sayid Rajabiyga mag‘lub bo‘ldi hamda kumush medal sohibiga aylandi. Bu bilan Shokin ikkinchi marta Osiyo chempioni bo‘lish sharafidan o‘zini mahrum etdi.

2015 yilda O‘zbekiston tarixida taekvando bo‘yicha Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbek sportchisi bo‘lgan Dmitriy Shokin 2016 yilda Filippinning Manila shahrida o‘tgan Osiyo chempionatida Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritgan edi.

Aytib o‘tish lozimki, Osiyo o‘yinlari tarixida birinchi marta 20 avgust kuni ushu taulu bo‘yicha O‘zbekiston birinchi marta medal oldi. Ushu taulu vakili Darya Latisheva12 sportchi bilan bellashib, kumush medalga sazovor bo‘lgan.

O‘zbekiston sportchilari shu kungacha XVIII Osiyo o‘yinlarida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza - jami10 ta medalga ega bo‘ldi.

Oltin medalni 19 avgust kuni 74 kilo vazn toifasidagi erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov olgan. U qozog‘istonlik Daniyar Kaysanovga qarshi bellashdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozonib Osiyo chempioni bo‘ldi.

Erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov bu bilan ikki karra Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi. U 2014 yili Inchxonda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida ham O‘zbekiston jamoasiga ilk oltin medalni olib kelgandi.

Bundan avvalroq 65 kilo vazn toifasida ishtirok etayotgan erkin kurashchi Sirojiddin Hasanov mongoliyalik Batmagnai Batchuluunni mag‘lubiyatga uchratib, bronza medalga sazovor bo‘lgan.

Sirojiddin Hasanovning bronzasi O‘zbekiston sport delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritgan ilk medal bo‘ldi.

22 avgust kuni o‘zbek sportchilari Osiyo o‘yinlarida suvda suzish, qilichbozlik, taekvando, grek-rim kurashi, og‘ir atletika, sport gimnastikasi, velosport, slalom, akademik eshkak eshish, o‘q otish va tennsi bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etadilar.

Taekvondo bo‘yicha mashxur sportchilardan biri Nikita Rafalovich, tennis bo‘yicha yana bir mashxur sportchi Denis Istomin bugungi musobaqalarda qatnashadi. Bu ikki sportchi O‘zbekiston jamoasiga yana medallar keltirishi mumkin.

XVIII Osiyo o‘yinlariga Indoneziya poytaxti Jakarta hamda Sumatra orolidagi yirik shaharlardan biri Palembang mezbonlik qilmoqda.

18 avgustdan 2 sentabrgacha davom etadigan o‘yinlarda 45 mamlakatdan jami 9 704 nafar sportchi 42 ta sport turi bo‘yicha 476 ta medal uchun kurashadi.

XS
SM
MD
LG