Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 02:37

Osiyo o‘yinlari: O‘zbek futbolchilari yutqazdi, futbol murabbiysining saviyasi keskin tanqidga uchradi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi.

Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqalari chorak finalida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyaga 4:3 hisobida yutqazdi.

Endi O‘zbekiston jamoasi o‘yinlardagi ishtirokini to‘xtatadi. Janubiy Koreya esa yarim finalga yo‘l oldi.

Осиё ўйинлари: Ўзбек футболчилари ютқазди, футбол мураббийсининг савияси кескин танқидга учради
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:53 0:00

Futbolchilarning chorak finaldagi mag‘lubiyati O‘zbekistonning eng asosiy rasmiy miinbari bo‘lgan O‘zA tomonidan keskin tanqid qilindi.

“Ravshan Haydarov raqibga qarshi taktika tanlashda muammolarga duch keldi. Natija esa o‘zingizga ma’lum, Janubiy Koreya yarim finalda, biz esa uyga qaytamiz. Alam qiladigani, jamoamizning salohiyati bundan ko‘prog‘iga qodir edi. Faqat yana o‘sha eski muammo – murabbiylarning saviyasi tufayli og‘zimizdagi oshni oldirib qo‘ydik”, deyiladi O‘zA maqolasida.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi chorak finalgacha o‘tkazilgan to‘rtta o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan edi. O‘zbekiston jamoasi raqiblar darvozasiga 13 marta gol urgan holda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Biroq chorak finalda o‘zbek futbolchilari bu dahlsizlikni saqlab qololmay, Janubiy Koreya jamoasiga 4:3 hisobida yutqizdi.

“Sir emaski, Ravshan Haydarov tavakkalchi murabbiylar toifasiga kirmaydi. Ushbu mutaxassis xalqimizning “yetti o‘lchab bir kes”, maqoliga qattiq amal qiladiganlardan. Bu esa har doim ham qo‘l kelavermaydi.

To‘g‘ri, odatda o‘zini hurmat qilgan mutaxassislar g‘olib chiqqan tarkibni bo‘lar-bo‘lmasga o‘zgartiraverishmaydi. Buning yaxshi jihati, futbolchilar o‘yindan o‘yinga bir-birini yaxshiroq tushunib boradi. Lekin, masalaning ikkinchi tomoni ham borki, bundan ko‘z yumib bo‘lmaydi.

Raqib jamoa murabbiylari muntazam bir xil tarkib va taktikada harakat qiladigan jamoaga qarshi qanday o‘ynash kerakligini yaxshi o‘zlashtirib olishadi”, deb yozadi O‘zA muxbiri.

Maqola yakunida “Yana necha yil Xirosimadagi yorqin g‘alabamizni eslab yurar ekanmiz?!” degan savol qo‘yiladi.

Xirosimadagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston futbol jamoasi Xitoyni 4:2 hisobida yengib, tarixda birinchi marta Osiyo chempioni bo‘lgan edi.

Aytib o‘tish lozimki, bundan 24 yil oldin - 1994 yilda Yaponiyaning Xirosima shahrida o‘tkazilgan 12-Osiyo o‘yinlarida Uzbekiston 10ta oltin, 11 ta kumush, 19 bronza-jami 40 medal olib 42 mamlakat orasida 5-o‘rinni egallagan edi.

Ayni paytda Indoneziyada o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida esa O‘zbekiston sport delegatsiyasi 28 avgust holatiga ko‘ra, 6ta oltin, 13ta kumush va 12ta bronza, jami 31 medalga egalik qilib, Osiyo o‘yinlarida 45 davlat orasida 11 -o‘rinda bormoqda.

Ozodlik radiosi futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi murabbiysi Ravshan Haydarov bilan bog‘lanish va undan bu maqolaga munosabat so‘rash imkoniyatiga ega bo‘lmadi.

Biroq O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi O‘zAdan farqli o‘laroq o‘zbek futbolchilari mag‘lubiyatiga boshqacharoq munosabat bildirdi.

“Sizlar qo‘ldan kelgancha harakat qildingiz. Buni barcha ko‘rdi! Maydonda boringizni berib o‘ynadingiz va biz buni qadrlaymiz. Albatta, biz sizni final o‘yininda ko‘rishni juda-juda istagandik. Ammo, bu futbol. Unda g‘alaba va mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. Shunday ekan, kayfiyatni tushirmang yigitlar! Hayot davom etadi”, deyiladi Milliy Olimpiya qo‘mitasining futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga qilgan rasmiy murojaatida.

Medal bo‘yicha umumjamoa hisobi

Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi jami 31ta medalga egalik qilmoqda. Ulardan 6tasi oltin, 13 ta kumush va 12ta bronza. To‘qqizinchi kun musobaqalaridan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi medallar bo‘yicha umumiy reytingdagi 10-o‘rindan 11-o‘ringa tushib qoldi.

O‘zbekistonning reytingdagi avvalgi o‘rinlarini 9ta oltin medalni qo‘lga kiritgan Tailand (8-o‘rin) va 8 ta oltin medalga egalik qilayotgan Hindiston (9-o‘rin) va 27 avgustda 11- o‘rinda bo‘lgan, lekin o‘sha kuni 7-oltin medalni qo‘lga kiritgan Qozog‘iston (10-o‘rin) egalladi.

Mazkur reytingning birinchi uchligini Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya egallamoqda.

Medalchilar

Oltin medallar: Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash) Nikita Rafalovich (taekvando), Mo‘minjon Abdullaev (erkin kurash), Shahboz Abdujabborov va Shahboz Xolmurzaev (akademik eshkak eshish). Denis Istomin (tennis), Ruslan Nuriddinov (og‘ir atletika)

Kumush medallar: Dmitriy Shokin (taekvando), Darya Latisheva (ushu taulu), Rustam Assakalov (grek-rim kurashi), Doston Yoqubov (og‘ir atletika), Niyoz Po‘latov (taekvando), Sardor To‘lqinxo‘jaev va Alisher Turdiev (akademik eshkak eshish), Oksana Chusovitina (gimnastika), Omadoy Otaqo‘zieva (og‘ir atletika), akademik eshkak eshish bo‘yicha sakkiz kishilik ekipaj ( Alisher Yarov, Dostonjon Baxriev, Islom Mambetnazarov, Dostonjon Xursanov, Shohjahon Najmiev, Otamurod Rahimov, Shehroz Hakimov, Zafar Usmonov, Anatoliy Krasnov), Murod Xolmurodov (velosport), Bahriniso Babaeva (karate), Sabina Tashkenbaeva, Nurinisso Usmonova, Dildora Rahmatova va Asal Ikromova jamoasi (badiiy gimnastika).

Bronza medallar: Sirojiddin Hasanov , Magomed Ibragimov, Davit Modzmanashvili (uchalasi ham erkin kurash bo‘yicha), Nigora Tursunqulova (taekvando), Adhamjon Ergashev (og‘ir atletika), Svetlana Osipova (taekvando), Akademik eshkak eshish bo‘yicha to‘rtlik musobaqasi jamoasi, Sadriddin Saymatov (karate), Suhrob Xodjaev (bosqon uloqtirish), Barno Mirzaeva (karate), Abdumalik Salimov (penchak silat), Rustam Djangabaev (og‘ir atletika).

XVIII Osiyo o‘yinlariga Indoneziya poytaxti Jakarta hamda Sumatra orolidagi yirik shaharlardan biri Palembang mezbonlik qilmoqda.

18 avgustdan 2 sentabrgacha davom etadigan o‘yinlarda 45 mamlakatdan jami 9 704 nafar sportchi 42 ta sport turi bo‘yicha 476 ta medal uchun kurashadi

XS
SM
MD
LG