Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:40

Moskvada 11 yurtdoshi ustiga mashina haydagan shaxs hibsga olindi (VIDEO)


Qirg‘izistonlik Chingiz Anarbek uulu Moskvada trotuarda ketayotgan odamlar ustiga mashinasida yurvorgan
Qirg‘izistonlik Chingiz Anarbek uulu Moskvada trotuarda ketayotgan odamlar ustiga mashinasida yurvorgan

Moskvaning Kuzminskiy tuman sudi asli qirg‘izistonlik 20 yashar taksichi Bekjan Sarbishevni 8 noyabrga qadar hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi. Rossiya grajdanligini olgan Bekjan 9 sentabr tongida 11 kishini o‘z mashinasida qasddan bosib ketganlikda ayblanmoqda. Xabarlarga ko‘ra¸ jabrlanuvchilardan bittasi o‘lgan, to‘rttasi og‘ir ahvolda va yana olti kishi o‘rtacha jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi e’lon qilgan rasmiy xabarga ko‘ra¸ 9 sentabrga o‘tar kechasi “Marino” metro bekati yaqinida joylashgan “Aura” kafesida ziyofat qilayotgan bir guruh qirg‘izistonlik o‘rtasida janjal chiqqan.

“Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, mojaro “Aura” tunggi klubida sodir bo‘lgan. Janjal ishtirokchilari ko‘chaga chiqqanida ulardan biri mashinasida qolganlarni bosib ketgan”, deyiladi Qirg‘iziston IIV rasmiy xabarida.

Ushbu jinoyatni sodir etganlikda ayblanib Rossiya grajdani 21 yashar Bekjan Sarbishev hodisa joyida hibsga olingan.

Qirg‘iz politsiyasi jarohat olgan 11 kishidan o‘ntasi qirg‘izistonliklar ekani, ulardan biri – 1997 yilda tug‘ilgan A.Abdisamat o‘g‘lining shifoxonada vafot etganini ma’lum qildi.

Politsiyada so‘roqqa tutilgan Bekjan Sarbishev jabrlanganlar o‘zini kafe tashqarisida kaltaklaganidan so‘ng ular ustiga mashina haydaganini aytgan.

Bekjonning onasi Jildiz Ibraimova o‘g‘lining o‘z singlisini himoya qilish uchun janjalga aralashganini iddao qiladi.

- Biz o‘sha kafeda yaqinlarimiz bilan edik. Soat tunggi 2-larda uyga ketdik, yoshlar esa qoldi. O‘g‘lim singlisi va uning dugonalariga qarab qoldi. Keyin bir guruh bolalar qizlarga tegajog‘lik qilib, ularni himoya qilgan o‘g‘limni uribdi. O‘g‘lim ichmaydi, chekmaydi, u 2-guruh nogironi, yaxshi eshitmaydi. O‘g‘limni ertalab soat 6 da qo‘ng‘iroq qilganidan beri ko‘rganim yo‘q. Tergovchilar ham o‘g‘limni bu bolalar to‘dalashib urganini tasdiqlamoqda, dedi ayblanuvchining onasi.

Jildiz halok bo‘lgan bolaning yaqinlari bilan uchrashib ulardan kechirim so‘ragani va jasadni Qirg‘izistonga yuborishda ko‘maklashayotganini bildirdi.

Tergov qo‘mitasining bildirishicha¸ ekspertiza xulosasi ayblanuvchi Bekjan Sarbishevning voqea paytida mast bo‘lmaganini tasdiqlagan.

Moskva politsiyasining Ozodlik bog‘langan rasmiysi Sarbishevni kaltaklagan va uning singlisiga tegajog‘lik qilgan shaxslarning ham bezorilik moddasi asosida javobgarlikka tortilganini bildirdi.

Ayni paytda, Ozodlik suhbatlashgan o‘zbek va qirg‘iz mehnat muhojirlari bu kabi hodisalar moskvaliklar orasidagi migrantlarga qarshi kayfiyatni kuchaytirayotganidan tashvish bildirdi.

Bundan bir necha oy oldin qirg‘izistonlik yana bir taksichi Chingiz Anarbek uulu Moskva markazida piyodalar ustiga mashina haydagani oqibatida bir necha odam¸ jumladan meksikalik futbol ishqibozlari tan jarohati olgan edi.

O‘tgan hafta Moskva metrosining jasadi Kurskaya bekatidan politsiya xodimini o‘ldirganlikda ayblanib yana bir asli qirg‘izistonlik Nurlan Muratov qo‘lga olindi.

Bu voqealar ortidan 9 sentabr kuni Moskvadagi qirg‘iz diasporasi kengashi yig‘ilishida Rossiya poytaxtidagi tunggi klub va kafelarda nazoratni kuchaytirish va migrantlar tomonidan qonun va tartib-qoidalarni ijro etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etish masalasi muhokama etildi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, hozirda Moskvada qirg‘izistonliklar boshqarayotgan 50 ziyod kafe-restoran va tunggi klublar mavjud.

XS
SM
MD
LG