Линклар

Шошилинч хабар
01 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:32

Alisher Usmonov Alibaba bilan birga Rossiyada ulkan Internet- bozor "qurmoqchi"


Alisher Usmonov rafiqasi Irina Viner bilan
Alisher Usmonov rafiqasi Irina Viner bilan

Alisher Usmonovning “MegaFon” va USM Holdings kompaniyalari Alibaba Group, RFPI jamg‘armasi bilan hamkorlikda Rossiyada ulkan Internet magazin yaratishga kirishishini RBKga bildirdi. Kuzatuvchilar yangi qo‘shma korxona “Yandeks.Market” va Sberbankning Internet bozoridagi yakka hokimligiga chek qo‘yishi mumkinligini aytmoqda.

11 sentabr kuni “MegaFon”, Mail.Ru Group, Alibaba Group, RFPI jamg‘armasi hamkorligida elektron kommertsiya sohasida yirik qo‘shma korxona tuzishga kirishishi to‘g‘risida e’lon qilindi.

Asosiy tashabbuschi va investor bo‘lib chiqayotgan “MegaFon” va Mail.Ru egasi, milliarder Alisher Usmonov Alibaba Group asoschisi milliarder Jek Ma bilan hamkorlik Rossiya iqtisodiyotida katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligini bashorat qildi:

- Elektron savdo-sotiq sohasidagi global lider bilan hamkorlik Rossiya iqtisodiyotidagi raqamli islohotlar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikni hisobga olsak, ishonamanki, bu kelishuv Rossiya-Xitoy hamkorligidagi katta salohiyatga ega bo‘ladi.

Alisher Usmonov elektron kommersiya uchun Rossiyada keng yo‘l ochilgani va u juda daromadli biznes ekaniga e’tibor qaratdi.

Xitoylik biznesmen Jek Ma Alibaba Group shirkatini 1999 yilda tuzgan
Xitoylik biznesmen Jek Ma Alibaba Group shirkatini 1999 yilda tuzgan

Asli o‘zbekistonlik milliarder yangi savdo maydonchasi xalqaro sanksiyalar tufayli jiddiy inqirozga yuz tutayotgan Rossiya kompaniyalari uchun yangi bozorlarga yo‘l ochishiga ishonch bildirdi.

Sharqiy iqtisodiy forum doirasida Xitoyning Alibaba Groupi bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, yangi korxona AliExpress Russia deb nom oladi. Shirkat aksiyalarining katta qismi (aksiyalarning 48%) Alibaba Groupda qoladi, MegaFonga 24%, Mail.Ru Group-ga — 15% va RFPI-ga — 13% ulush berilishiga kelishildi. Ya’ni rossiyalik shirkatlar AliExpress Russia-ning 52 foiziga egalik qilib keladi.

Hamkorlar yangi kompaniyaning boshlanish narxini 2 mlrd AQSh dollariga baholamoqda.

Alibaba Group yangi loyihaga o‘zining Rossiyadagi biznesi – AliExpress va TMALL hamda barcha moliya aktivlarini topshiradi. Mail.Ru mazkur biznesga o‘zining mablag‘i va Pandao Xitoy tovarlari bozorini taqdim etadi.

Mutaxassislar AliExpress Russia Rossiyada eng yirik onlayn-savdo bozoriga aylanishini bashorat qilmoqda. Bu qo‘shma korxona yaqindagina Yandeks-Market, OZON.ru va Sberbank bilan hamkorlikda ishga tushirilgan internet-savdo loyihasining asosiy raqobatchisiga aylanishi aytilmoqda.

Alisher Usmonov, yangi onlayn-bozorni o‘ziga tegishli ijtimoiy tarmoqlar – VKontakte, Odnoklassniki va Mail.ruga singdirmoqchi ekani taxmin qilinmoqda. Usmonovning media- va Internet imperiyasi bir oylik auditoriyasi, ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, birgina VKontakteda 97 million, Odnoklassnikida esa 71 million odamni tashkil etadi.

Bugunga kelib Rossiyada e-commerce savdosi umumiy savdo hajmining 5 foizinigina tashkil etishi aytiladi, vaholanki rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 10-15 foizdir.

Qo‘shma korxona 2019 yilning birinchi choragi oxirlariga to‘liq ishga tushishi rejalashtirildi.

Biroq, ekspertlar onlayn-savdo gigantlarining paydo bo‘lishi mayda va o‘rtahol Internet-magazinlar kasodiga olib kelishi mumkinligidan ham ogog‘lantirmoqda.

Bundan 5 yil oldin Alisher Usmonov Apple kompaniyasining 100 million dollarlik aksiyalarini sotib, Xitoy texnologiya kompaniyalari, jumladan Alibaba-ga pul tikkan edi.

Eslatib o‘tamiz, kelib chiqishi chustlik bo‘lgan Alisher Usmonov 9 sentabr kuni Toshkentda o‘zining 65 yillik yubileyini nishonladi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonga Usmonovni qutlashga olamning turli chekkalaridan o‘nlab oligarxlar, davlat va jamoatchilik arboblari yig‘ildi.

Undan oldinroq esa O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Alisher Usmonovni "El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlagandi.

XS
SM
MD
LG