Линклар

Шошилинч хабар
31 октябр 2024, Тошкент вақти: 04:27

FarDU talabalari: Domlamiz bizni kaltaklab, uyat so‘zlar bilan so‘kadi (VIDEO)


ФарДУ талабалари: Домламиз бизни калтаклаб, уят сўзлар билан сўкади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:06 0:00

FarDU talabalari: Domlamiz bizni kaltaklab, uyat so‘zlar bilan so‘kadi

Farg‘ona Davlat universitetining Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti talabalari o‘qituvchi Shohob Tilavoldiev ustidan shikoyat qilishdi. Talabalarga ko‘ra, Tilavoldiev ularni turli bahonalar bilan haqorat qilib, kaltaklaydi.

Universitet rektori Ravshan Maqsudov Ozodlik bilan suhbatda podpolkovnik Shohob Tilavoldievning ustidan avval ham shikoyat tushganini bildirarkan, u bilan tushuntirish ishlari o‘tkazilganini aytdi.

Farg‘ona Davlat universitetining Chaqiriqqacha harbiy ta’lim (ChHT) fakulteti 2-kurs talabalari nomidan Ozodlikka yo‘llangan videoda harbiy kiyimdagi erkakning talabalarni haqorat qilib, urayotgani tasvirlangan.

Video 39 sekund bo‘lib, tasvirda bir necha talabaning ko‘chada tik turgani ko‘rinadi. Videoning boshidan-oxirigacha faqat uyat so‘zlar eshitiladi va harbiy kiyim kiygan erkak ikki talabani uradi.

- Nimaga kech qolayapsan?, deb harbiy kiyimli erkak birinchi talabaga bitta shapaloq tushiradi va uni so‘kadi:

- Q...imni yemisanmi? B...d.

- Bir haftadan beri qaytarilayapti. D...b, b..d.

- Basharangni yorib qo‘yaman, b...d. Idi na x...

Talaba: Har kuni sho‘ttamanku.

- Har kuni sho‘ttasan, kech qolib, b..d.

Shundan so‘ng harbiy kiyimli erkak ikkinchi talabani tergashga o‘tadi.

- O‘, b..d uyqudan tura olmaysanmi? Eshshak, b..d, deb harbiy kiyimli erkak ikkinchi talabaning yuziga uradi.

Ozodlik videoni jo‘natgan 2-kurs talabalaridan biri bilan suhbatlashdi. Uning aytishicha, video joriy yilning 11 sentabr kuni universitet hovlisida tasvirga olingan. Videoda talabalarni so‘kib, urayotgan harbiy kiyimdagi erkak esa, ularning kurs komandiri, zahiradagi podpolkovnik Shohob Tilavoldiev bo‘ladi.

“Tilavoldiev bizni har kuni uradi. Talabalarga xuddi mahbuslar kabi munosabat qiladi. Talabalarning onasidan so‘kadi. Hayfsan bersin, ogohlantirsin. Lekin nimaga so‘kadi? Nimaga uradi bizni? Har kuni shu ahvol. Tarsillatib urib tashlaydi. Jonimizga tekkach, yashirincha videoga olishga majbur bo‘ldik”, deydi Harbiy fakultet 2-kurs talabasi ismini ochiqlamaslik sharti bilan.

Ozodlik podpolkovnik Shohob Tilavoldiev bilan telefon orqali bog‘landi. U talabalarni so‘kayotganini tan oldi, biroq urishini inkor qildi:

- Umuman darsga kelmagan bolalar bor. Shularga biz har kuni hayfsan berayapmiz, boshqa berayapmiz. Da, ba’zi paytda so‘kib berayapmiz. Lekin hech kimni haqorat qilganimiz yo‘q, boshqa qilganimiz yo‘q, deya Shohob Tilavoldiev telefon go‘shagini qo‘yib qo‘ydi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:08 0:00
Бевосита линк

Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti talabasining Ozodlikka aytishicha, yaqinda Tilavoldievdan kaltak yegan talabalardan birining ota-onasi universitetga kelib, rektor Ravshan Maqsudovga shikoyat ham qilgan.

Rektor Ravshan Maqsudov Ozodlik bilan suhbatda podpolkovnik Shohob Tilavoldiev ustidan shikoyat tushganini tasdiqlab, Tilavoldiev bilan bu borada tushuntirish ishlari o‘tkazilganini aytdi.

Shuningdek, Maqsudov ushbu universitetga rektor bo‘lib kelganiga 5 oy bo‘lgani va oliygohdagi muammolarni birin-ketin hal qilayotganini qo‘shimcha qildi:

- U ChHT (Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti.- tahr.) butunlay boshqatdan yangi ko‘rib chiqilayapti. Attestatsiyalar ketayapti. Bu yerdagi o‘qituvchilar hali ishda qoladimi, qolmaydimi, bunisi dargumon. Bir 80-90 foizi yangilanadi. Men rektor bo‘lib, kelganimdan keyin menga juda ko‘p jalabalar tushdi shu fakultet bo‘yicha. Biz shu ChHTni o‘rniga solamiz. O‘rniga solsak, bu narsalar bo‘lmaydi. Bu narsalarning bo‘lishi umuman mumkin emas. Mana yangi fakultet rahbari keldi. Hozir birgalikda hammasini joy-joyiga qo‘yapmiz.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:34 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasi rahbarlarining so‘kong‘ichligi yoki urong‘ichligi keng tarqalmagan. Har holda Ozodlikka bu borada shikoyatlar kam keladi.

Lekin mamlakatda rahbar shaxslarning o‘z qo‘l ostidagi xodimlarini bo‘ralab so‘kishi hatto urishi ko‘p uchraydi. Ozodlik bu haqda muntazam xabar berib keladi.

Jumladan, joriy yil 5 sentabr kuni Samarqand viloyati bo‘yicha gaz ta’minoti filiali boshlig‘inining o‘rinbosari Akpar Bahriev o‘z qo‘li ostida bo‘lgan mutaxassis xodimlarni bo‘ralab haqorat qilayotgani yozilgan audiofayl Ozodlik tahririyatiga kelib tushdi.

“O‘ztransgaz" aksiyadorlik jamiyatiga qarashli hududiy filial boshlig‘ining o‘rinbosari o‘z xodimlari, jumladan, korxona muhandisi Botir To‘raevni bir yarim soat davomida yuzlab marta haqorat qiladi.

Ozodlik tahririyatiga kelib tushgan va hokimning ovozi deb iddao qilinayotgan telefon suhbatlaridan birida hokim fermerning o‘zini, uning onasini, enasini uyat so‘zlar bilan qattiq haqorat qilgan.

Fermer bu audioyozuvni Ozodlik radiosiga taqdim qildi. Hokim fermerni haqorat qilganini tan olib, kechirim so‘radi.

Ammo, hozirga qadar biron bir korxona rahbarining jinoiy javobgarlikka tortilgani O‘zbekistonda kuzatilmagan.

XS
SM
MD
LG